O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix13.08.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#139309
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 


56 
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish 
sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, ya'ni mehnat 
xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli 
faktorlar ta'siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko'pgina 
fizik va kimyoviy faktorlar ta'sirida yuz beradi. Bunday xavfli faktorlarni yuzaga 
kelishi texnologik jarayonlarning harakatiga, shu jihozlarining konstruksiyasiga 
mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog'liq 
bo'ladi. Xavfli faktorlar yuzaga kelish harakteriga bog'liq holda real va yashirin 
bo'lishi mumkin. Real xavf aniq ko'zga ko'rinarli tashqi belgilari bilan 
xarakterlanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi kismi, ko'tarilgan yuk va 
boshqalar. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va shu jihozlarida yashirin 
nuqsonlar, nosozliklar bo'lishi bilan xarakterlanib, ma'lum bir sharoitda xavfli 
holatga avariyaga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, 
iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalaridan 
noo'rin, ya'ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining 
xato va noto'g'ri harakati kabilar ham kiradi. Ishlab chiqarishda 
jarohatlanishlarni oldini olish bu murakkab kompleks muammo hisoblanib, 
birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik 
talablariga katta e'tibor berishni talab etadi. 
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni 
ta'minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi: 
а) Texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash
б) Xavfdan himoyalanishning injener – texnik vositalardan foydalanish; 
в) Xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish; 
г) Ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo'yicha malakali o'qitish; 
д) Xavfsiz ish joyi va ish sharoitini takomillashtirish. 
Yuqorida ta'kidlangan tadbirlar amalda kompleks holda qo'llanilgandagina 
ijobiy natijalarga to'liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, 


57 
birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chiqish sabalarini o'rganishni talab 
etadi. 
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog'liq holda xavfli faktorlardan 
himoyalanish usullari ikki xil: aktiv va passiv turlarga bo'linadi. 
Aktiv himoya xavfli faktorlarni hosil bo'lishini yoki uning ta'sir darjasini 
kamaytirishga yo'naltirilgan bo'ladi. 
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan 
tadbirlar majmuidan bo'lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan 
foydalanish, xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalardan foydalanish yo'llari 
orqali amalga oshiriladi. 
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar jumlasiga to'siqlar, saqlash 
qurilmalari, blokirovkalash moslamalari, signalizasiya, masofadan boshqarish 
jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin