47
Kompressorlar binoni isitish va issiq suv bilan ta‘minlash quyosh
qurilmalari issiqlik uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg‗i tizimi tarkibiga
kirib, is‘temolchini quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik ehtiyojini qismini
qoplashga xizmat qiladi. Issiqlikni tо‗la qoplash xizmat qilish kerak.
Gelioqurilmaning tо‗g‗ri ishlash uchun ma‘lum
bir shartlarni bajarish
zarur. Tizimni ish holatida saqlash bо‗yicha, asosiy qoidalardan biri tashqi muhit
ta‘siri ostida bо‗lgan panellarni davriy ravishda tozalab turishdan iborat. Bundan
tashqari proflaktik kuriklarni о‗tkazish amaliyoti mavjud. Bunga tutashish
joylari, muftalar, birikmalar va boshqalarni tekshirish kiradi. Shu bilan birga,
qurilmaning samarali ishlashini ta‘minlovchi nazorat qurilmalari harorat
datchiklari va klapanlar ishlarini tekshirish zarur. Kuzgi qishgi mavsum oldidan
tekshirish о‗tkazish va zarur bо‗lsa, birlamchi konturda
antifirizni almashtirish
zarur. Uncha katta bо‗lmagan gelioqurilmalardan foydalanishda (misol uchun,
shaxsiy uylarda) foydalanuvchining o‘zi davriy ravishda tizimini texnik
quriqdan о‗tkazilishi mumkin. Katta qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan
ixtisoslashtirilgan tashqilotlar shug‗ullanishi mumkin.
Quyosh radiatsiyasi - amaliy jixatdan qaraganda tugamaydigan va
ekalogik sof , Yer yuzasida esa-1,2 × 10
14
kVt ga teng. Yerga yetib keladigan
quyosh energiyasining yillik
umumiy miqdori 1,05 × 10
18
kVt soatni tashkil qiladi, shu jumladan quruq
yuzasiga
yetib
keladigan miqdori 2 × 10
17
kVt soatni tashqil etadi. Yetib keladigan
quyosh energiyasi 1.5% bо‗lgan qismidan ekologik muhitga hech kanday zarar
yetkazmagan holda foydalanish mumkin.
Tropik zonalarda va sahrolarda quyosh nurlari oqimining sutkalik о‗rtacha
intensivligi 210’250 Vt/m
2
(18’21,2 MDt/m
2
ga teng, Markaziy Osiyoda
130’210 Vt/m
2
)ga, maksimal kattaligi esa 1000 Vt/m
2
gacha yetadi. О‗rta Osiyo
respublikalarida yillik quyosh nurlari miqdori 2700’3035 soatni tashqil etadi.
Kavkaz orti respublikalarida 2130’2520 soatni, Ukrainada va Moldaviyada
2000’2080 soatni tashqil etadi. Bir yilda 1 kv.m
gorizontal yer sirtiga
48
tushadigan quyosh energiyasi miqdori Ashxabodda 1720 Vt/soat, Odessada
1345 Vt/soat , Moskvada 1015 Vt/soatga teng keladi. Geliotexnika qurilmalari
yordami bilan shu energiyaning 10-15 foizidan foydalanish mumkin.
Isroilda esa quyosh nurlanishining tushayotgan oqimi yuqori zichligi
tahminan 2000 Vt/ m
2
ni tashqil qiladi. Shu bilan birga mamlakat tabiiy
energetika
resuslariga ega emas; elektr energiyasi va yoqilg‗i kо‗mir neftni
import qilish asosida olinadi. Hozirgi paytda mamlakat elektr energiyasi
generatsiyalashgan quvvati tahminan 6,5 GVt ni yoki aholi jon boshiga qariyib 1
kVt ni tashqil qiladi-bu kattalik so‘nggi yillarda kо‗tarildi, chunki hayotning
barcha sohalarida elektr energiyasiga ehtiyoj kuchaydi. Bunday hol quyosh
energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi ishlanmalarga turtki berishi tabiiy.
Bundan tashqari ulkan chо‗l hududlarining mavjudligi (mamlakat
butun
hududining tahminan 60 foizni tashkil qiladi) mazkur maydonlarni energetika
quvvatlarini olish uchun qullash imkoniyatlarini izlab topishga majbur qiladi.
Quyosh issiqlik energiyasidan binolarni isitish uchun muvaffaqiyatli
qо‗llanilmoqda. quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan yoki suyuqlikning
harorati (50
0
S atrofida) pol ichida isituvchi yoki «ventilyator zmeyevik» turli
tizimlarida foydalanish uchun yetarlidir. Oddiy issiq
suv radiatorlarini qullash
maqsadga muvofiq emas, chunki kollektordan chiqishdagi ishchi harorat yetarli
darajada past (80
0
S atrofida). quyosh isitgichning asosiy afzalligi shubhasiz past
qiymatligidir. Shunga qaramasdan agar qо‗shimcha (rezerv) qurilmani uz
vaqtida ishga solinmasa, binodagi issiqlik zahirasi yо‗qolishi mumkin. Chunki
yilning sovuq davrida issiqlikka bо‗lgan talab yuqori bо‗ladi. Boshqa kamchiligi
«ventilyator zmeyevik» Odatda, isitish qurilmasi issiq suv ta‘minoti tizimi bilan
boshqaruvchi moslama orqali birlashtiriladi. Boshqaruvchi moslama issiq suvga
talab bо‗lganda qurilmani ishga tushiradi yoki harorat past bо‗lganda isitish
tizimini foydalaniladigan issiq suv bilan ta‘minlaydi.
Energiya tejashining
boshqa yо‗li bu markaziy issiqlik ta‘minoti tizimida quyosh isitish
qurilmalaridan foydalanish. Bunday holda yig‗uvchi yuza maydoni 500 m
2
dan
katta bо‗lishi kerak bо‗ladi.