"Kitob amal al-raxomat" Yaxshilikka boshlaydigan qo`llanma", yana "Marmarning xizmati haqida kitob" nomi bilan yuritiladi). "Kitob fi sana al-asturlob" ( "Astrolyabiya san`ati va uning dalillari haqida kitob"). Bu asarning bir nushasi Berlinda 5793 raqam bilan saqlanmoqda. "Jadval al-Farg`oniy". Al-Farg`oniyning bu asari Hindistonda saqlanmoqda. Shu o`rinda bir narsani ta`kidlab o`tish lozim. Ilmiy asarlar odatda adabiy asarlarga qaraganda tezroq eskiradi. Hatto bizning zamonamizda yaratilgan ilmiy kitoblarning ba`zilari eskirib qolganligi sir emas. Ular tarixiy, ilmiy qimmatga ega bo`lib qolishganu, lekin qayta nashr etishni taqozo etilmaydi. Ammo Farg`oniy kitoblari XII, VI, XX asrlarda qayta-qayta chop etilganligi ular nihoyatda o`lmas ekanligidan dalolat beradi. Al-Farg`oniy o`rta asr matematika g`oyalarining yirik bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, matematikaning bir qancha kategoriyalari va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazarda hal etish yo`llarini qidirdi va bu sohada o`ziga xos maktab yaratdi.
O`rta asrlarda astronomiya kundalik turmushda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, doimo rivojlanib borishi lozim bo`lgan fan hisoblangan. Barcha qishloq xo`jalik ishlari, bepoyon cho`llardan kimsasiz savdo korxonalariga yo`l ko`rsatishi samoviy yoritkichlar orqali Farg`oniy kabi buyuk olimlarimiz bu sohada tinimsiz tadqiqotlar olib borganini anglab yetishimiz qiyin emas. Shunday qilib, buyuk ajdodlarimizning boy merosi jahon, Yevropa uyg`onish davridagi va undan ancha keyingi davrlardagi umumbashar madaniyat rivojiga sezilarli hissa qo`shdi. Asarlarning iqlimlar nazariyasiga ko`ra qilingan geografik bo`limi ayniqsa diqqatga sazovordir. O`zbek tilida "iqlim" so`zi ikki ma`noda ishlatiladi. Biri har bir joyga xos bo`lgan ob-havo sharoitlari yig`indisini bildiruvchi "issiq iqlim", "salqin iqlim", " o`rtacha iqlim", "quruq iqlim", "nam iqlim" ma`nosida. Bu ilmiy tushunchalar bo`lib, asosan tabiyot va geografiya fanlariga kirib ketgan, Ikinchi ma`nodagi "iqlim" so`zi xalqimiz orasida juda qadimdan ma`lum bo`lib kelgan, o`rta asr olimlarining asarlarida ko`p ishlatiladigan so`zdir.
Quyida ikkinchi ma`nodagi "iqlim" to`g`risida fikr yuritamiz. "Iqlim" so`zi aslida yunoncha "klimat" so`zidan olingan bo`lib, "yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan qiyaligi" degan ma`nodadir. Shunday qiya joylashganligi sababli yer yuzining turli joylari turlicha isiydi, natijada tabiati ham har xil bo`ladi. Shunga ko`ra yunon olimlarining asarlarida, jumladan, mashhur geograf Erotosfenning kitobida dunyo yetti qismga bo`lingan va har biri "klimat" deb atalgan. Yunon olimlarining kitoblari arab tiliga tarjima qilinganda "klimat" so`zi ishlatilgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, dunyoning yetti qismga bo`linishi qadimgi yunon fanining xizmati emas, bu O`rta Osiyo va Xurosondan chiqqan tushunchadir. Buning qisqacha tarixi Abu Rayhon Beruniyning "al-Tafhim", "Qonuni Mas`udiy" va "Geodeziya" kitoblarida quyidagicha bayon etilgan.
"Yerning turli toifadagi kishilar yashaydigan joylariga qarab qismlarga bo`linishi har millat qoshida har xildir", Qadim zamonning afsonaviy qahramoni Afridun dunyoni uch qismga taqsimlagan: bir o`g`liga Sharq (Xitoy va Turk yerlari)ni, ikkinchisiga Rum va Mag`rib (Kichik Osiyo bilan Afrikaning shimoliy g`arbi)ni, Uchinchisiga-o`rta yerlar (Eron, Turon, Hind)ni ajratib bergan ekan. Yunonlar ham Yerni uchga bo`lib, sharqdagi katta qismiga Osiyo, g`arbdagi kichikroq qismlariga Uruba (Yevropa) va Libiya (Liviya, Shimoliy Afrika) deb nom berganlar. Qadimgi eronliklar esa yetti iqlimga bo`lgan edilar: har bir qismni "kishvar" deb ataganlar. "Kishvar" forscha "had" ma`nosidagi so`zdir. Go`yo chegara belgilar bir biridan ajralib turgandek, bu qismlar ham bir-biridan bo`lak-bo`lak holda demoqchi bo`lganlar, ularning birinchisi-vosita, u ham bo`lsa Eron shahridir (Irok, Fors, Ekiboya, Xuroson), lekin ular uni vosita bo`lsin uchun sanashda to`rtinchi o`ringa qo`yganlar. Mana ularning tasviri va bir-biridan ajralib turishi. Hindlar esa Yerni to`qqiz bo`lakka-kondalarga taqsimlaganlar. Beruniyning yuqoridagi ma`lumotlaridan bunday hulosa chiqarish mumkin: turli xalqlar siyosat, boshqarish, aholi va diniga qarab yerni azaldan "rayonlashtirib" kelganlar.
Yerning yetti qismiga bo`lish tartibi avvalo Eron, Afg`oniston, Hindiston va O`rta Osiyo xalqarida qo`llanib, so`ngra g`arbiy osiyo xalqlariga, ulardan yunonlarga o`tgan. O`rta asr boshlarida bu "yetti qism" tushunchasi yana sharqqa qaytib kelib "yetti iqlim” nomi bilan atalgan. Provardida bu tabiiy astronomik va geografik tushunchaga aylangan. Shunday qilib, sharq geografiyasida ham dunyoning tabiati turlicha bo`lgan qismlari "iqlim" so`zi bilan atalgan. Hozirgi fan tili bilan ataganda, "iqlim" tushunchasi "tabiat zonasi", "landshaft zonasi" degan ma`noga birmuncha mos keladi. Dunyoning yetti iqlimi g`arbdan sharqqa qarab, gorizontal ravishda paralellar bo`ylab cho`zilgan turli geografik zonalardan iborat. Bu iqlimlarning chegaralari va ularga qarashli mamlakatlar to`g`risida o`nlab kitoblar yozilgan, turli-tuman jadvallar chizilgan. Turli olimlarning "iqlim" haqidagi fikrlari ba`zan bir-biridan farq qiladi, ammo iqlimlar to`g`risida eng maqul va oqil ma`lumotlarni Abu Rayhon Beruniy kitoblaridan topishimiz mumkin.
"Geodiziya" kitobida iqlimlar bunday ta`riflangan: albatta, bu taqsimlashning tabiiy sharoitlar holatiga, xay`at ilmi qonunlariga hech qanday aloqasi yo`q. Bu insonlar suratlari, ahloqlari, til va dinlari turlicha bo`lishiga asosan bir-biridan farq qiladigan mamlakatlar bo`yicha yoki xalqlarini bo`ysundirishi sababli bo`lgandir. Ammo yunonlar va boshqa shular kabi mag`rib ahllari uringan hamma narsalarida to`g`riroq va haqiqatga yaqinroq yo`llarni qo`llaganlari uchun ular Mashriq bilan Mag`rib orasida muvozanat qilish yo`liga tushib, ittifoqo tog`lar, dengizlar va shu ikkalasiga shamolning esadigan yerlari jihatidagina ixtilof borligini topganlar. Shimoliy qutb tomoniga va undan yurishda ahvolni mulohaza qilganda havoning issiq va sovuqligi, quyosh va yulduz(kavkab)larning azimut ustidan og`ishi, qutb va uning atrofidagi yulduzlarning yuqoriga ko`tarilishi va o`sha yurishga muvofiq kechaning kunduzga o`zgarishida ixtilof borligini topganlar. Ular odam yashaydigan yerni aniqroq bo`lgan ixtilofga muvofiq, shu (u ham bo`lsa kecha va kunduz orasidagi) bir-biriga ro`baro` bo`lgan chiziqlar bilan yetti iqlimga bo`lganlar.
U chiziqlar mashriqda ma`mur yerlarning eng uzog`idan tortib, mag`ribning oxiriga boradi. Ular birinchi iqlimning o`rtasidan boshlab uning eng uzuni o`n uch soat bo`ladigan kuni, ikkinchi iqlimning o`rtasini eng uzuni o`n uch yarim soat bo`ladigan yozning kuniga ilashtirdilar. Shunday qilib, iqlimning o`rtasini yarim soatdan oshirib-oshirib borib eng uzuni 16 soat bo`ladigan yoz kuniga ilashtirdilar. Beruniyning "at-Tafhim" kitobida iqlimlar to`g`risida maxsus bob bor. "Geodeziya" kitobida esa yetti iqlimning mukammal sxemasi bayon etilgan. Beruniyning kitobida iqlim-zonalar quyidagicha taqsimlangan.
Iqlimlar Janubiy chegara Shimoliy chegara Eng uzun kun Birinchi iqlim 12° 40 " 20° 27 " 12 s 45 m
Ikkinchi iqlim
20° 27 " 27° 30 " 13 s 15 m
Uchinchi iqlim
27° 2O " 33° 38 " 13 s 45 m
To`rtinchi iqlim 22° 28 " 38° 54 " 14s 15m
Beshinchi iqlim
38° 54 " 43° 22" 14s 45 m
Oltinchi iqlim 43° 22 " 47° 12 " 15s 15m
Yettinchi iqlim 47° 12 " 50° 20 " 15s 45m
Beruniy o`z asarlari ro`yxatida iqlimlarning taqsimlanishi to`g`risida yozgan asarlarini ham ko`rsatgan. Bu asarlar "Shaharlarning uzunlik va kenglik ma`lumotari to`g`risidagi kitoblarim" degan sarlavha ostida berilgan. Yoqut Beruniyning iqlimlar taqsimlanishi to`g`risida 1030-yilda yozgan asarining o`z qo`li bilan ko`chirgan nusxasini ko`rganligini va o`qiganligini aytgan. Afsuski, bu kitoblarning qo`lyozmalari jahonning biron bir kutubxonasida topilgani yo`q. Ular yo`qolib ketgan bo`lishi ham mumkin. "Qonuni mas`udiy" Beruniyning eng katta asari bo`lib, uning beshinchi maqolasi, IX va X boblari iqlim-zonalarga bag`ishlangan. "Iqlimlar bayoni muhim narsa. Bu to`g`rida ixtilof bo`lmasligi kerak. Holbuki nusxalarini ko`chirishda buzilgan jadvallar ko`p" degan Beruniy. Beruniyning aytishicha, ba`zilar "iqlim" deb nohiya va rustoqiy tushunadilar, "Haqiqatan, kenglik bo`ylab (janubdan shimolga) yurganda (iqlimlar) tuprog`i, suvi, noz-ne`matlari va xalqi jihatidan farq qiladi. Agar iqlimlar yettiga bo`linsa, o`rtasi to`rtinchi iqlimdir. Iqlimlar o`rtasida yarim soatdan farq bor.Bir iqlimning o`zi boshi bilan oxiri o`rtasida chorak soatdan farq qiladi. (Qonuni Masudiy).
Beruniyning yozishicha, ekvatorning o`zida va atrofida, undan janubda ham mamlakatlar bor. Oy tog`lari (Markaziy Afrikaning baland tog`lari) Nil manbai, zanjirlar mamlakati, Sarira (Sumatra oroli), Zova (Yava) oroli, Sarandib kabilar shular jumlasidandir. Birinchi iqlimga quyidagi mamlakatlar kiradi: Yaman, Ummon, Janubiy Hindiston, Hindixitoy. Ikkinchi iqlimga Mag`rib (Marokash), Ifriqiy (Tunis, Liviya), Misr va Asvon, O`rta Arabiston, Makron, Sid, O`rta Hindiston, Janubiy Xitoy. Uchinchi iqlimga Afrikaning eng shimoli, Iskandariya va Nil deltasi, Falastin, Iordaniya, Suriya, Iroq, Fors (Janubiy Eron), Seyiston, Shimoliy Hindiston. To`rtinchi iqlimga Zuqoq (Gibraltar), Andalus (Janubiy Ispaniya), Gretsiya Orollari, Rum (Kichik Osiyo), Ozarbayjon (Tabriz), Daylam va Tabariston (Kasbiy janubi), Xuroson, Balx va Toxoriston (Termiz atroflari), Badaxshon, Qobul, Kashmir, Tibet, O`rta Xitoy. Beshinchi iqlimga Galasiya (Shimoliy Ispaniya), Shimoliy Rum, Armaniya, Darbaid, Xazar dengizi (Kaspiy), Xorazm, Buxoro, So`g`d (Samarqand), Shosh (Toshkent), Farg`ona, Isfijob (Chimkent-Sayram), Qashqar. Oltinchi iqlimga Frank (O`rta Yevropa), Xazarlar (Volga etagi), Turklar mamlakati. Yettinchi iqlimga Varang (Baltika), Saqlab (slavyan)lar yeri, ruslar yeri, Bulg`or va Suvor (O`rta Volga), bajanak va g`uzlar yeri kiradi. Sharq olimlari chizgan ba`zi geografik kartalarning yon tomonida iqlim ko`rsatkichlari ham bor, paralellar Orasiga ularning qaysi iqlimga qarashli ekanligi yozilgan. Qadimgi Sharq geograflari bayon qilgan iqlimlarning chegaralari hozirgi tabiiy geografik zonalarga to`g`ri keladimi? To`g`ri kelmaydi, albatta.
Hozirgi tabiat zamonlarining chegaralarini aniqlashda va tabiiy geografik rayonlashtirishda yer yuzasining rel`efi, iqlimi, tuproq, o`simliklari va hokazolar e`tiborga olinadi. Ilgarigi "iqlim" fanlari esa ancha sxematik chizilgan, chegaralari asosan to`g`ri chiziq bilan tasvirlangan: relef, iqlim, tuproqlar, o`simliklar e`tiborga olingan. Shunga qaramay, yerni iqlimlarga bo`lish, ya`ni yer yuzasini geografik zonalarga ajratishning bu dastlabki bosqichi o`sha zamon geografiyasida ma`lum bir tartib o`rnatishga yordam beradi. Biz mazkur iqlimlarga tarixiy tushuncha debgina qarashimiz kerak. Bu "yetti iqlim" ichidagi odamlar yashaydigan obod joylar "Ma`mura" yoki "Rubhi maskun" deb atalgan. "Ma`mura" so`zi "Boburnoma"da ham ishlatilgan. Masalan, "Farg`ona viloyati beshinchi iqlimdandir. Ma`muraning kanorasida vaqih bo`libtur", Rubhi maskun so`zi ishlatilishining sabab shuki, olimlar sharqiy yarimsharni 4-chorak (rubh)ga bo`lganlar, shuning uchun bir choragi obod, aholi joylashgan joy deb hisoblangan. Bu tushuncha hozirgi geografiyaga to`g`ri kelmasada, sharq geografiyasi tarixi uchun muhim ahamiyati bor.
Ahmad Farg`oniyning "Astronomiya asoslari haqida kitob" asarida Ovropa uyg`onish davridagi va undan ancha keyingi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol o`ynaydi. Asarning iqlimlar nazariyasiga ko`ra bayon qilingan geografik bo`limi diqqatga sazovordir. Mamlakat va shaharlarning nomlariga qaraganda Farg`oniy Xorazmiyning geografik asari bilan tanish bo`lgan yoki u ham al-Xorazmiy foydalangan manbalardan foydalangan. Chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir xil geografik bo`lim bunday atalgan: "Yerdagi ma`lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi narsalar haqida".
Bundan so`ng u iqlimning hammasi ulardan mamlakatlar, viloyatlar va shaharlar bilan tavsiflangan. Shuni ham aytish kerakki, o`rta asrlarda arab tilida yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi al-Xorazmiyning "Kitob ul-arz" asari edi. Unda al-Xorazmiy yetti iqlimdan dengizlar, mamlakatlar, tog`lar, daryolar, ko`llar va shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni tubi ma`muraning eng g`arbiy chegarasidan, ya`ni Afrikaning Atlantika okeani qirg`og`iga yaqin joylashgan orollardan boshlab eng sharqiy chekkasigacha, ya`ni tinch okeanidan Yaponiya oroligacha davom ettiradi. Tavsif kengligi yo`nalishda ekvatorial yerlardan to shimoliy qutb yerlarigacha davom etadi. Quyida "Kitobu surat al-arz" kitobidagi zijlardan namuna keltiramiz.
Iqlimning al-Farg`oniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy o`zining tavsiflash usulida Ptolomey an`anasiga asoslangan bo`lsa, Farg`oniy hindlarning an`anasiga asoslanib, rubhi ma`murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi. Muso al-Xorazmiy Buxoro, Samarqand, Ho`jand va Marvni beshinchi iqlimga, Xorazmni oltinchi iqlimga kiritgan bo`lsa, Ahmad Farg`oniy Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkentni beshinchi iqlimga kiritadi. Bir iqlim ikkinchi iqlimdan avvalo geografik kengliklar bilan chegaralanganligi tufayli u joy haroratini ham ifodalagan. Ahmad Farg`oniy har bir iqlimdagi kunduz kengligi, uning o`zgarish qonunlari va osmon qutbining balandligini ham aniqlagan. Ahmad Farg`oniyning astronomiyaga oid kitobi oxirida turli joylarning geografik hisob-kitoblari jadvali ham berilgan. Farg`oniyning jadvalida boshlang`ich meridianlar va iqlimlarning chegaralari batafsil bayon etilgan. Farg`oniy jadvalida avvalo sharq tomondagi viloyatlar ko`rsatilib, g`arbga tomon birin-ketin bayon etilgan. Uning iqlimlar tavsifida uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi va yYettinchi iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda Markaziy Osiyo va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Ammo birinchi iqlim mashriqdan, Sin mamlakatining chegarasidan boshlanadi. So`ngra Hulzum dengizini kesib o`tib, Xabash mamlakatidan va Nili Misrdan o`tadi. Keyin bu iqlim Mag`rib yerlari tomon yoyilib Barbar Adad Shaharlar nomi Tul (meridian) Arz (parallel) Hatiistvo ekvatorning ortidagi shahar nomlari.
65°00" 8° 00" Rafoto shahri, dengiz bo`yida Birinchi iqlim uning paralleli
16°27"
11 Nubaning shahri Dunkula 53° 00" 14° 30"
43 Zag`ova 60° 15" 11° 00"
48 Tono 44° 30" 10° 45"
72 Silxilmoso shahri
Ikkinchi iqlim uning paralleli 31° 00" 21° 00" 76 Jarmi, Xabash mamlakatining (markaz) shahri 41° 40" 19° 40" 95 Tayos, Kulzum dengiz bo`yida 58° 00" 17° 00" 30 mamlakatining janubidan o`tadi va Mag`rib dengiziga yetadi. Ikkinchi iqlim sharqdan boshlanadi. So`ngra Mag`rib, Makron, Sind, O`rta Hindiston, Janubiy Sin mamlakatlaridan o`tadi. Qulzum dengizining kesib o`tib "Biyoboni Suxdon"dan o`tadi. Uchinchi iqlim sharqdan boshlanadi va Tibetdan so`ngra Xurosondan o`tadiki, bunda Hirot, Marvarud, Marv, Sarxos, Tus shaharlari bor. Undan so`ng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Daylali, Bay, Isfaxondan o`tadi.
To`rtinchi iqlim sharqdan boshlanadi, unga Xo`jand, Shosh, Farg`ona, Samarqand, Balx, Buxoro shaharlari kiradi. So`ngra Iroq, Shom, Zug`or, Misrdan o`tadi. Beshinchi iqlim sharqdan Yajuj mamlakatlaridan boshlanadi. So`ng Xurosonning shimolidan o`tadi. Unda Toroz savdogarlar shahri bor. Navokat (Novqat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turarband (O`tror-Aris) va Ozorbayjon, Bardaha (Barda), Nashave (Naxchivon) shaharlari bor. Oltinchi iqlim sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan o`tadi. So`ng Xazar mamlakatidan (shimoliy Kavkaz va quyi Volga bo`yi) Jurjon (Kaspiy) dengizining o`rtasidan kesib o`tadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi. Yettinchi iqlim sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so`ng turkiy mamlakatidan o`tadi. So`ngra Rum dengizini (Qora dengiz) kesib o`tadi va Saqlablar (Slavyanlar) mamlakatidan o`tadi va g`arb dengizida (Atlantika) tugaydi. Ahmad Farg`oniy tomonidan iqlimiy asoslangan iqlim tushunchasi keyinchalik Yevropa olimlari tomonidan e`tirof etildi. Keyingi asrlarda iqlim tushunchasi o`rniga tropik, subtropik, ekvatorial, arktika, antarktika, qutblar, sovuqlik qutbi singari tushunchalar vujudga kelgan bo`lsa ham, Ahmad Farg`oniy tomonidan asos qilib olingan qoidalar yangicha ahamiyat va mazmun kasb etmoqda.
Hozirda ham yer shari iqlim xususiyatlari bilan farq qiladigan o`lkalarga-iqlim mintaqalariga bo`lingan. Iqlim mintaqalari atmosfera umumiy sirkulyatsiyaning quyidagi yirik zonal mintaqalari mavjudligiga asoslanib ajratilgan:
1) Past bosimli ekvatorial zona; quyosh yer sharida eng baland
ko`tariladigan joylarni o`z ichiga oladi; yil mavsumlarida quyosh holatiga
qarab, geografik ekvatordan ba`zan shimolga, ba`zan janubga o`tadi;
2) Baland bosimli ikki subtropik zona; bu zonalarda passatlar ekvatorga tomon esadi; issiqlik ekvatorning o`zgarishiga qarab,shimolga yoki
janubga tomon siljiydi;
3) O`rtacha kengliklarda past bosimli ikki zona: bu yerlarda tez-tez
siklonlar bo`lib turadi, troposferaning yuqori qatlamlarida havo oqimlari
ko`pincha g`arbga qarab esadi;
4) Baland bosimli ikki qutbiy zona.
Asosiy iqlim mintaqalarida atmosferaning zonal sirkulyatsiyasi ko`pincha yil bo`yi bir xil bo`ladi:
1) Ekvatorial iqlim mintaqasida quruq davrlar deyarli bo`lmaydi va yog`in juda ko`p yog`adi;
2) Tropik iqlimli ikki mintaqa: bu mintaqalar yog`in yog`ishiga monelik qiladigan passatlar va subtropik antitsiklonlar ta`sirida tarkib topadi va iqlimning, asosan quruqligi bilan farq qiladi.
3) O`rtacha kenliklardagi ikki mavsumlari bir-biridan keskin farq qiladigan mintaqa, iqlim kontinental, yog`ingarlik tropik mintaqadagidan ko`proq bo`ladi;
4) Arktika iqlimi antarktika iqlim mintaqalari: bu yerlarda iqlim juda sovuq va yog`ing`archilik kam bo`ladi;
5) Ikkita subekvatorial mintaqa yoki ekvatorial musson iqlim mintaqalari, bu mintaqalar ba`zan past bosimli ekvatorial zona ta`sirida, ba`zan esa passatlar ta`sirida bo`ladi va sernam va quruq mavsumlari bilan farq qiladi;
6) Ikkita subtropik iqlim mintaqasi, bu mintaqalar yozda subtropik antitsiklonlar ta`sirida, qishda esa o`rtacha kenglik siklionlari ta`sirida bo`ladi. Atmosfera sirkulyatsiyasining har bir zonal qismida ma`lum zonal tipdagi havo oqimlari-ekvatorial, tropik, o`rtacha kenglik, arktik (antarktika) havo massalari tarkib topadi.
Daryolar, ko`llar, suv omborlari va kanallarda suv sathini o`lchab, yozib boradigan eng zamonaviy "Valdеy" yoki okеan va dеngizlar suv sathini o`lchaydigan "Rordantsa" tipidagi qurilmalar al-Farg`oniy kashf etgan "Miqyos an-Nil" qurilmasidan andoza olib tayyorlangan.