LandshaftIar monitoringi (geosistem monitoring). Bu yerda tabiiy va insoniyat ta'sirida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib borish va tegishli tavsiyalar berish ko`zda tutiladi. Inson ta'sirida turgan landshaftlarni qanday o`rganish kerak, qaysi ko`rsatkichlarni aksariyat inobatga olish kerak, hanuzgacha to`la hal qilinmagan.
Yuqorida qayd qilingan muaommolar faqat ayrimlaridir. Bu muammolarni yechish nazariy va amaliy izlanishlarni talab qiladi.
O‘zbekistonda, butun O‘rta Osiyodagi kabi, o‘lkaning tabiiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik g`oyalarning bu jarayon bilan bevosita bog`liq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yo‘nalishda amalga oshib, takomillasha bordi.
Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional-landshaftshunoslik yo‘nalishlaridir.
Dostları ilə paylaş: |