O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


I Yer po`stining kimyoviy tarkibi. (% hisobida)



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə12/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

I Yer po`stining kimyoviy tarkibi. (% hisobida)

Kimyoviy elementlar

F.U.Klark bo`yicha (1888 y)

A.P.Vinogradov bo`yicha (1962 u)

1. Kislorod

46,28

47,0

2. Kremniy

28,02

29,5

3. Alyuminiy

8,14

8,05

4. Temir

5,58

4,65

5. Kalsiy

3,27

2,96

6. Magniy

2,77

1,87

7. Kaliy

2,47

2,50

8. Natriy

2,43

2,50

9. Titan

0,33

0,45

10. Fosfor

0,10

0,093

Jami

99,32

99,6

Klark ushbu xulosaga kelish uchun Yer sharining turli qismlaridan olingan 880 tog` jinslari namunalarini tahlil qilgan. 1924 yilda Yer po`sti 50 kimyoviy jinsdan tarkib topganligini qayd qiladi. 1923 yilda A.E.Fersman - uni hurmati uchun yer po`sti tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini "klark" deb atashni tavsiya qiladi.

Landshaftlar geokimyosini o`rganishda A.I.Perelmanning xizmati katta. U biosferaning yadrosini "landshaft" deb hisoblaydi. Landshaftlarda kimyoviy elementlar sintezi chirish, to`planish va chiqib ketish, kirib kelish orqali namoyon bo`ladi. Landshaftlardagi geoximik holat tub jinslar tarkibiga va biostromga bog`liq. Landshaftlar kimyosi modda va energiyaning kichik geografik aylanma harakatining mag`zi - mohiyatini ochib beradi (yog`inlar-bug`lanish, yer usti - yer osti oqim va kirim-chiqim, eol oqimlar). Bu oqimlar landshaftda ro`y bersa-da, katta aylanma harakatning bir bo`lagidir. Ayni landshaft suvlarida oqib yuradigan elementlarni tipomorf elementlar deyiladi. Nam tropik o`rmonlarda Si va Al, vodorod ionlari, tundra, tayga uchun tipomorf - temir va vodorod ionlari, dashtda - kalsiy, cho`lda xlor va oltingugurt, kalsiydir (Perelman, 1990, 174-b). Landshaftlar geokimyosini o`rganish landshaftlarni samarali tashkil qilish uchun muhimdir.



Landshaftlar geofizikasi - landshaftshunoslikdagi yo`nalish bo`lib, landshaftda sodir bo`ladigan fizik jarayonlarni o`rganadi. Ayniqsa landshaft komponentlari o`rtasida modda va energiya almashuvi, uni bir holdan ikkinchi holga o`tishini. Landshaftlar energetikasi va optikasini o`rganish bo`yicha alohida stansionarlar tashkil qilingan. Keyingi yillarda bu borada kosmik usul qo`llanilmoqda. Landshaftlar geofizikasi bo`yicha bosh tadqiqot usullaridan biri - balans usulidir (GES, 1988, 322-bet).

Aslida bu yo`nalish A.A.Grigoryev g`oyasi asosida yuzaga kelgan bo`lib, u landshaftlarning fizik sifatlarini o`rganishga qaratilgan. Landshaftlarning mahsuldorligi issiqlik va namliklikning nisbati bilan bog`liq. Shu jihatdan ham bu boradagi izlanishlar ahamiyatlidir. Landshaftlarda suv muvozanatini samarali tashkil qilish amaliy ahamiyatga ega. Bu mavzuda "Landshaftlar fizikasi" iborasini ishlatish ma'qul (D.Armand, 1967), chunki "geo", landshaftdagi nemischa "land"- yerda ham bor. Gap shundaki landshaftlarni o`rganishda tarixiy va funksional yondashuvlar o`rtasida qarama-qarshiliklar bor. Geografiyaning geofizik tarmoqlari (gidrologiya, iqlimshunoslik, qisman geomorfologiya va bevosita landshaftshunoslik) fizika fanidan kuchli qurol oldi - bu funksional yondashuvdir. Uning mohiyati shundan iboratki tabiatdagi bitta unsurning holati, boshqa unsurning ta'siri oqibatidir, qaysiki ular omil sifatida qaraladi, tabiiy komplekslarning holati esa unga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlarning (gelio dinamika) hosilasidir. Bu holat zamoniydir, zamon o`zgarishi bilan ularning o`zgarishi muqarrar. Funksional holat modda va energiyaning muvozanatiga bog`liq. Shu sababli landshaftlar fizikasini o`rganish amaliy ahamiyatga ega.



Landshaftlar ekologiyasi yo‘nalishi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotda, siyosiy, ijtimoiy nashrlarda, turli ommaviy axborot vositalarida "Ekologiya", "Ekologik vaziyat", "Ekologik fojia", "Ekologik tanazzul", "Ekologik xavfsizlik" kabi ekologiya so‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Vaholanki, ekologiya atamasining fanga kirib kelganiga 130 yildan oshdi. Uni birinchi bo‘lib, 1866-yilda Charlz Darvin ta’limotining targ‘ibotchisi, ekologiya fanining rasmiy asoschisi hisoblangan nemis zoologi Ernst Gekkel (1834-1919) kiritgan edi. Ammo bu atamaning 100 yildan ortiq vaqt o‘tishi bilan yanada yangi kuch bilan e’tirof etilishi va keng ommalashib ketishi, asosan, ikki narsaga bog‘liq edi. Birinchisi, ushbu atamaning nihoyatda muvaffaqiyatli tanlanganligi bo‘lsa, ikkinchisi XX asrning ikkinchi yarmida tabiat-jamiyat tizimida insonning tabiatga ta’siri ortib ketganligi va tabiatda mavjud bo‘lgan modda va energiya almashinishi jarayonida turli xil nomutanosibliklarning yuzaga chiqa boshlashi bo‘ldi. Buning oqibatida inson yashab turgan tabiiy muhit turli chiqindilar bilan ifloslana boshladi, organizmlar, shu jumladan, insonning hayoti uchun ham tahdidli bo‘lgan murakkab vaziyatlar hosil bo‘la boshladi. Insoniyat oldida o‘zi yashab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish, mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli va murakkab ilmiy-amaliy muammolar ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu muammolarning yechimini izlashda ekologiya fanining ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolgan edi. Haqiqatdan ham, ko‘pgina taniqli ekolog olimlar (Y.Odum, 1975; R.Dajo, 1975; R.Riklefs, 1979 va boshqalar)ning ta’kidlashi bo‘yicha ekologiya − tirik organizmlarning yashash sharoitlarini va ularning o‘zaro hamda yashash muhiti bilan aloqadorliklarini o‘rganadigan fandir. Ekologiyaning ham barcha fanlar qatori o‘ziga xos tushunchalari, ilmiy g‘oyalari va tadqiqot metodlari bordir. Hozirgi kunda dolzarb hisoblangan va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni to‘g‘ri hal etishda ekologiya g‘oyalarini hisobga olish, uning tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish boshqa bir qator tabiiy fanlar, jumladan, landshaftshunoslik uchun ham samarali natijalar berishi mumkin. Aslini olganda, ekologiya fanining ham, landshaftshunoslikning ham o‘rganish obyektlarida va tadqiqot usullarida ma’lum o‘xshashliklar mavjud. Bunday o‘xshashliklardan eng asosiysi shundaki, ekologiya fani organizmlar bilan ularning atrof-muhiti orasidagi aloqadorliklarni komponentlar orasidagi modda va energiya almashinish jarayonini o‘rganish orqali aniqlaydi. Bu usul geotizimlardagi ichki jarayonlarni o‘rganishda, geotizimlarning "yashashini" yoki ularning tabiatda bajaradigan maxsus faoliyatini o‘rganishda eng asosiy usul bo‘lib qoldi. A.A.Krauklis (1979) ning yozishicha, eksperimental-landshaft tadqiqotlarini yo‘lga qo‘yish va o‘tkazishda ham ekologik tadqiqotlar tajribasi katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ekologiya fani bilan landshaftshunoslikning o‘xshashlik tomonlaridan yana biri shundaki, bu ikkala fan ham o‘z tadqiqot obyektini tizim deb qaraydi. Boshqacharoq qilib aytganda, ekologiya ekotizimlar haqidagi, landshaftshunoslik esa geotizimlar haqidagi fandir. Ammo tizimli yondashish ekologiyaga landshaftshunoslikka nisbatan oldinroq kirib kelgan. Ekotizim tushunchasiga birinchi bo‘lib asos solgan olim ingliz botanigi A.Tensli (1935) ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. 1970-yillarning boshlarida V.B.Sochava tomonidan geotizimlar haqidagi ta’limotning ishlab chiqilishi esa bu ikki fanni yanada bir-biriga yaqinlashtirib qo‘ydi. Natijada bir qator tabiiy geograflar (D.L.Armand, I.P.Gerasimov, A.G.Isachenko, V.S.Preobrajenskiy va b.) ekologiya bilan geografiyaning, ekotizim bilan geotizimning o‘xshashliklari, farqlari, o‘zaro nisbatlari haqida fikr yurita boshladilar. Ularning ko‘pchiligi ekotizimlar biostentrik tizimlar, geotizimlar esa polisentrik tizimlar ekanligini e’tirof etmoqdalar.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin