O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə13/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

A1, A2, A3 abiotik komponentlar; B, B1, B2 biotik komponentlar.

-rasm. Ekotizim (I) va geotizim (II) larning tuzilishi

Ekotizim g‘oyasining asosida ma’lum bir komponent (asosan, biokomponent) yoki ma’lum organizmlar turi tizimning "markazidir", degan fikr yotadi. Qolgan komponentlar esa ana shu "markaziy" komponent nuqtayi nazaridan o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Geotizim tushunchasining mohiyati esa barcha komponentlarni teng huquqli deb qarash va barcha o‘zaro aloqadorliklarni teng o‘rganish bilan bog‘liq. Landshaftlar ham o‘ziga xos muhit hosil qiluvchi geotizimlardir. Ularda ham inson yashaydi. Shuning uchun ham landshaftlarni inson yashashi, salomatligi va faoliyat ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan o‘rganish, tahlil qilish va baholash zaruriyati tug‘iladi. Bunday masalalarni hal qilishda ko‘proq ekologiyaga, aniqrog‘i, inson ekologiyasiga taalluqli ma’lumotlardan keng foydalanishga to‘g‘ri keladi. U yoki bu landshaftni qishloq xo‘jaligi, uning biror tarmog‘i nuqtayi nazaridan yoki o‘sha tarmoqda yetakchi hisoblangan o‘simlik (masalan, paxta, don kabi) yoki hayvon turi (qo‘y, echki, qoramol kabi) ning o‘sishi, yashashi va unumdorligini oshirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinsa yoki baholansa, bu landshaftshunoslikda ekologik yondashish bo‘ladi. O‘z obyektini o‘rganishda bunday ekologik yondashish tajribalari O‘zbekistonda yashab, ijod etgan bir qator tabiatshunos olimlar (D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zoxidov, V.M.Chetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay) ning ilmiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning ilmiy yo‘nalishlari haqiqatan ham ekologik-geografik yo‘nalish ekanligi va tan olinganligi hamda bu yo‘nalish asosida regional landshaftshunoslik shakllanganligini R.U.Raximbekov (1995) mukammal yoritib bera olgan.

Obyektni o‘rganishdagi ekologik yondashish tabiiy geografiyaga va landshaftshunoslikka xuddi tizimli yondashish kabi bilishning bir metodologik usuli sifatida kirib keldi. Shu ma’noda chex landshaftshunosi Y.Demek (1977) ning "Ekologik metod bilishning universal metodidir va birgina fan (masalan, biologiya fani) ning yoki bir guruh fanlarning "mulki" bo‘lib qolmay, undan xohlagan tabiiy tizimlarni, shu jumladan, geotizimlarni ham tadqiq qilishda foydalanish mumkin", – deb yozishi e’tiborga loyiqdir.

Landshaftlarni tadqiq qilishda ekologik yondashish bir qator amaliy masalalarni hal etishda katta ahamiyatga egadir. V.B.Sochavaning (1978) tili bilan aytganda, ekologiya keng ma’noda olganda, bir filtrki, to‘plangan geografik ma’lumotlarni qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi masalalarini yechishda foydalanishdan oldin ana shu filtrdan o‘tkazib olish kerak bo‘ladi.

Inson hayotida, uning kundalik kayfiyatining shakllanishida, mehnat faoliyatining natijalari unumli bo‘lishida atrof-muhit va landshaftning estetik ko‘rinishi katta ahamiyatga egadir. Chiroyli landshaft zavqli mehnatga ilhom bag‘ishlaydi. Landshaftlarning estetik jabhalarini o‘rganish, baholash yangi bir yo‘nalishni, ya’ni estetik landshaft yo‘nalishini shakllanishiga asos bo‘ldi. Bu yo‘nalishning tarbiyaviy ahamiyati bilan bir qatorda tabiat muhofazasi masalalarini tashviqot qilishdagi ahamiyati ham kattadir. Ammo bu yo‘nalish endi-endi shakllanib kelmoqda. Shunga o‘xshash yana bir qator yo‘nalishlar mavjudki (masalan, rekreatsiya landshaftshunosligi, meliorativ landshaftshunoslik kabi), ular landshaftshunoslikdagi ikki yirik yo‘nalishning, ya’ni antropogen hamda amaliy landshaftshunoslikning qismlari sifatida qaralishi mumkin. Quyida ana shu antropogen va amaliy landshaftshunoslik yo‘nalishlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Geografik bashorat hududiylik tamoyiliga ko‘ra 3 o‘lchamli:


  • Global;

  • Regional;

  • Mahalliy.





Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin