O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Bashorat – grekcha so`z bo`lib, voqea, hodisa va jarayonlarni oldindan aytib berishdir. Geografik bashorat



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə15/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Bashorat – grekcha so`z bo`lib, voqea, hodisa va jarayonlarni oldindan aytib berishdir. Geografik bashorat ijtimoiy- iqtisodiy bashoratning bir qismidir. YU.B. Saushkin (1980), geografik bashorat: tabiiy geografik, demografik va iqtisodiy-ijtimoiy geografik bashoratlarga bo`linadi, deydi. V.B.Sochavaning fikricha geografik bashorat qilish kengroq ma'noda olganda xususiy va tarmoqlar muammolarini ham qamrab oladi.

Bu borada F.N.Milkov (1990), A.G.Emelyanov (1980), A.G.Isachenko (1980), T.V.Zvonkova (1987), V.B.Cochava (1974), I.P.Gerasimov (1980), S.R.Zokirov (1999) kabi olimlarning fikr va mulohazalari mavjud.

Geografik bashoratning xillari, maqsadi, ob'yekti va predmeti, makon va zamondagi miqyosi, tamoyillari va usullari mavjud.

Bashoratlar: umumgeografik kompleks bashorat, iqtisodiy-geografik, xususiy (tarmoqlar) bo`yicha bo`lishi mumkin.

I.P.Gerasimov fikricha (1986), umumgeografik bashorat vazifalaridan biri - bu tabiat va jamiyat ravojlanishining turli bosqichlarida tabiat, xo`jalik va aholi orasida ro`y beradigan o`zaro ta'sir hamda aloqadorlikni aniqlashdan iborat.

Eng muhimi, deydi T.V.Zvonkova (1987), inson yashaydigan muhitning kelajakda qanday holatlarda bo`lishini oldindan aytib berishdir. Iqtisodiy geografik bashorat ma'lum muddatlarda xo`jalik tarmoqlari, aholi joylashuvi, demografik ko`rsatkichlarni o`zgarishi, bandlik kabi muammolarni o`z ichiga oladi. Xususiy bashoratlash natijasi kompleks tabiiy geografik bashoratning natijalari bilan muvofiqlashtirmaguncha tugallanmagan hisoblanadi.

Tabiiy geografik bashoratda: 1) inson ta'sirisiz ro`y beradigan o`zgarishlar (bilvosita). 2) Inson tomonidan ongli ta'siri tufayli ro`y beradigan o`zgarishlarni inobatga olish kerak.

Bashorat ob’yekti ko`lami bo`yicha dunyoviy, regional, mahalliy bo`ladi.

Dunyoviy bashorat: 2050-yillarda Yer harorati XX-asr oxiriga nisbatan 3-4°C ortadi. MLBudiko (1988) Turkistonda namgarchilik oshadi, XXI-asr o`rtalarida yog`inlar miqdori 2 barobar ortadi. Turkiston cho`llari Janubiy Ukrainaga o`xshab ketadi, bu tabiat zonalari chegaralariga ta'sir etadi, deydi. Regional bashoratda: Orol, Balxash, Issiqko`1 doirasida bo`lishi mumkin. Mahalliy bashorat kichik hududlarga bag`ishlanadi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin