O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Landshaftlar geokimyosi - "geokimyoviy landshaft" - ilmiy yo`nalish bo`lib, B.B.Polinov nazariyasi asosida vujudga kelgan. Atomlar harakatini tahlil qilish asosida landshaftlar tarkibi, yashashi va rivojlanishi o`rganiladi. Keyingi yillarda texnogenezning geoximik jarayonlarga ta'siri keng ko`lamda o`rganilmoqda. Bu borada M.A.Glazovskayaning (1972-1976) xizmatlari katta.

Aslini olganda landshaftlar geoximiyasiga V.I.Vernadskiyning bioximiya va V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik haqidagi nazariyalari asos bo`lgan. B.B.Polinov Peterburg o`rmon instituti talabasi davridayoq bu ikki g`oyaga juda qiziqadi. Natijada u yirik tuproqshunos bo`lib yetishadi va landshaftlar geokimyosi ta'limotiga asos soladi. Keyinchalik uning ishini shogirdlari M.A.Glazovskaya va A.I.Perelman, K.I.Lukashyevlar davom ettiradi. Bu borada M.M.Yermolayev, V.V.Dobrovolskiylarning xizmatlari katta (A.I.Perelman, 1987, 148 bet). B.B.Polinov (1877-1952)- tuproqshunos, geoximik, fizik-geograf, akademik (1946 yildan). Uning asosiy ishi yer nurash po`stining paydo bo`lishi, tabiiy landshaftlarni turkumlash kabilar. "Pesni Donskoy oblasti, ix pochvы i landshaftы" (1926-27), "Geoximicheskie landshaftы" (1946). B.B.Polinov landshaftni yer betining ma'lum qismi bo`lib, kimyoviy elementlarning o`ziga xos ko`chish tipiga ega, deb qayd qiladi. Landshaftlar geokimyosiga oid ma'lumotlar qazilma boyliklarni qidirishda, tibbiyot geografiyasida, atrof-muhit sifatini baholashda, hamda qadimgi landshaftlarni o`rganishda katta ahamiyatga ega. Landshatflar geokimyosi uchun amerikalik geoximik olim Frank Ungleuort Klarkning ishlari ahamiyatlidir (18471931). U AQSH milliy akademiyasi a'zosi (Vashington). 1883-1924 yillarda AQSH geologiya qo`mitasining bosh geoximigi bo`lgan. Yer po`stining noorganik tarkibini o`rganish bilan shug`ullangan olim.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin