- rasm. Tabiiy geografiya fanidagi tarmoq fanlar
II. Bob. XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
II.1. Tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimidagi o‘rni
Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimida tutgan o‘rni, rivojlanish tarixi, o‘n to‘qqizinchi asrdan boshlab tabaqalanishi kabi masalalar tahlil etildi.
Ikkinchi bobning asosiy mazmun-mohiyati XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari qaysilar? Ularning alohida-alohida tavsifi, mazkur sohada faoliyat olib borgan olimlarning ilmiy merosini yoritish asosiy maqsad qilib olindi. XX asrda Tabiiy geografiya fanida ko‘plab yo‘nalishlar vujudga keldi. Ularga asosan turli geografik g`oya, konstepstiya, ta’limotlar poydevor bo‘ldi.
Masalan, landshaftlar geokimyosi, landshaftlar geofizikasi, geografik bashorat (prognozlash), geografik ekspertiza, geografik monitoring yo‘nalishlarini misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |