O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Nazarov Isroil Qilichevich -



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə27/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Nazarov Isroil Qilichevich - 30 aprel, 1940 yilda Shofirkon tumani Tezguzar qishloq fuqarolar yig`iniga qarashli Qurama qishlog`ida tug`ilgan. 1963 yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti geografiya fakultetini tugatgan. 1967 yildan BuxDU geografiya kafedrasida o‘qituvchi. 1970-1974 yillarda Turkmaniston Fanlar Akademiyasi Cho‘llar instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1975 yilda “Buxoro – Qorako‘l vohabo‘yi qumlari va ularni o‘zlashtirish” mavzuida nomzodlik dissertastiyasini himoya qilgan. Ixtisoslik: 110001 – Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi. Ilmiy raxbari akademik A.G.Babaev (Ashxobod). Geografiya kafedrasi dostenti (1980). 250 dan ortiq ilmiy maqola, o‘quv, o‘quv–uslubiy qo‘llanma va monografiyalar muallifi. Kafedra oldida tashkil etilgan “Globus” ishlab chiqarish laboratoriyaning tashkilotchisi va rahbari. 1982 - 2010 yillar davomida geografiya kafedrasi mudiri, BuxDUda xizmat ko‘rsatgan dostent (1994). I.Q.Nazarov ilmiy rahbarligida hozirgacha 1 ta fan nomzodi tayyorlandi, 1 ta fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida G.Halimova izlanishlarni davom ettirmoqda.

Geografiya fanining ufqlari va geograflar geografiyasi mening bitiruv malakaviy ishimning ajralmas qismidir. Shuning uchun professor A.Solievning mazkur mavzuga oid ilmiy tahlillarini yoritishga harakat qildim.

Mustaqillik yillarida geografiya fanining rivojlanishida qator o‘zgarishlar yuz berdi, uning ilmiy va amaliy, ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishlari kuchaydi, frontal va fundamental tadqiqotlar olib borildi. Ammo, shunga qaramasdan, geografiya fani ham o‘tish davomiga xos qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Chunonchi, uning tabiiy geografik qismida bu fan uchun an’anaviy va muhim bo‘lgan yo‘nalishlar-geomorfologiya, iqlimshunoslik kabilar deyarli to‘xtab qoldi, landshaftshunoslik bo‘yicha izlanishlar ham ancha kamaydi.

Yuzaga kelgan muammolar ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada keskin namoyon bo‘ldi. Bu fanning geografiya fani va umuman fanlar tizimidagi o‘rni, uning ayni vaqtda ham tabiiy, ham ijtimoiyligi, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi bilan aloqadorligi bunga sabab bo‘ldi. Jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy qoida va tushunchalari hozirgi bozor munosobatlariga o‘tish davrida o‘zgacha talqin qilishni talab qiladi. Masalan, hududiy mehnat taqsimoti endigi sharoitda respublika ichida amalga oshirilishi va uning bozor makonini shakllanishi bilan birgalikda tashkil qilinishi kerak. Shu munosibat bilan iqtisodiy rayonlashtirish, uning mohiyati va maqsadi ham o‘zgardi.

Ma’lumki, iqtisodiy rayonlar hududiy mehnat taqsimotining natijasi bo‘lib, ular avvalgi tuzumda xalq xo‘jaligini planlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilar edi.

Hozirda esa yagona markazdan turib davlat mulkini, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni rejalashtirish yo‘qoldi. Davlat planlashtirish tashkiloti (Gosplan) barham topdi, mulkchilik shakllari o‘zgardi, u davlat tasarrufidan chiqarildi, ishlab chiqarish va boshqarishda monopoliyaga qarshi kurash, raqobat kuchaydi. Demak, shu ma’noda, modomiki planlashtirish yo‘qolar ekan, iqtisdiy rayonlar keraksizday bo‘lib qoldi. Bu holat esa iqtisodiy geografiya fanining tub mohiyatiga ham ta’sir qiladi, chunki uni iqtisodiy rayonlarsiz mutlaqo tasavvur etib bo‘lmaydi. Aslida esa iqtisodiy rayonlar tizim-tarkib qoidasiga muvofiq saqlanib qolaveradi, faqat ularning maqsadi o‘zgaradi, xolos. Hozirgi sharoitda iqtisodiy rayonlar davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi va ayni vaqtda, ular mamlakat iqtisodiy makonining ichki xususiyatlarini o‘rganishda ham o‘ziga xos usul sifatida zarurdir.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yana bir muhim tushunchasi hududiy ishlab chiqarish majmualari hisoblanadi, ularsiz bu fan o‘zining “iqtisodiyligidan ” mahrum bo‘ladi. Sababi, ishlab chiqarish tarmoqlarini (noishlab chiqarish sohalarini ham) ma’lum bir joyda o‘zaro aloqadorlikda hududiy tashkil qilish katta iqtisodiy samara beradi va bu jahon tajribasida o‘z isbotini topgan. Biroq, avvalgi davrda HIChM nihoyatda katta hududlarda belgilandi, ijtimoiy sohalar inobatga olinmadi va natijada bu ilmiy g`oya ham hozirgi sharoitda foydasiz bo‘lib qoldi. Vaholanki, HIChM va umuman hududiy majmualar iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun zarur, aks holda majmuali yondashuv (komplekslik tamoyili) bo‘lmaydi, geografiya fani ham faqat tarqoq voqeylikni tahlil qilib, ularni umumlashtirish darajasiga ko‘tarila olmaydi. Tabiiyki, bunday ko‘rinishda fanning nazariy asosi bo‘shashadi, amaliy (konstruktiv) ahamiyati yo‘qoladi va u oddiy o‘quv predmetiga aylanib qoladi. Binobarin, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning har qanday sohasida ham (ishlab chiqarish, aholi, aholiga xizmat ko‘rsatish, rekreastiya turizm va h.k,) hududiy majmualarni aniqlash shart, biroq ularni mumkin qadar kichikroq ko‘lamda tashkillashtirish ma’qulroqdir.

So‘nggi yillarda iqtisodiy geografiyada sostial masalalarni o‘rganishga katta e’tibor berildi, rekreastiya va turizm, kasalliklar, jinoyatchilik, fan va ilmiy tadqiqotlar geografiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Ammo, ayni chog`da, bozor islohotlari bilan bog`liq yoqilg`i, don va yo‘l mustaqilligi, sog`liqni saqlash va ta’lim tizimidagi islohotlar, kichik va o‘rta tadbirkorlik, mulkchilikning turli shakllari hamda investistiya makoning jihatlari aytarlicha o‘rganilmagan, geosiyosat masalalari esa batamom siyosatshunos va tarixchilarga berib qo‘yilgan, an’anaviy etnografiya ham tarixchilar bilan geograflar o‘rtasida yo‘qolib qoldi.

Respublika geograflarining geografiyasida ham katta muammolar mavjud. Hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlariga geografiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinadi. Biroq, ularning hammasida ham geografiya kafedralari yaxshi rivojlanmagan. Iqtisodiy georafiya kafedrasi faqat O‘zMU, Samarqand va Farg`ona universitetlarida bor, xolos, qolgan oliygohlarda esa umumgeografik kafedralar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Boz ustiga, keyingi yillarda kutilmagan talofot (professorlar A.Ro‘ziev, A.Rafiqov, dostent R.Qurbonniyozovlarning bevaqt olamdan o‘tishi) geografiya fani va uning mintaqalaridagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Oliygohlar ichida, O‘zbekiston Milliy Universitetidan tashqari, SamDUning ilmiy-pedagogik salohiyati kuchliroq; bu erda 2 fan doktorlari, professorlar (L. Alibekov va A. Abulqosimov), qator fan nomzodlari, dostentlar (Rahmatullaeva O., Abbosov S., Mamatqulov N., Qodirov M., Xalilova X.). 3 ta maxsus geografiya kafedralari ishlab turibdi. Muammo faqat iqtisodiy geografiya kafedrasini mustahkamlashdan iborat. Xuddi shunday masala Farg`ona universitetiga ham tegishli (fan nomzodlari, dostentlar: M.Yusupov., H. Jalilov., kafedra mudiri, dost. Axmadaliev Yu.). ushbu oliygohning tabiiy geografiya kafedrasida esa yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan tajribali dostentlar (Sultonov Yu., Abdug`aniev I., Xoliqov R.) faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shu bois Yu.Ahmadaliev va R.Xoliqovlar tezroq o‘zlarining doktorlik dissertastiyalarini tayyorlashlari kerak.

Namangan Davlat universitetining ham ilmiy-pedagogik salohiyati nisbatan katta. Universitetning geografiya kafedrasida (kafedra mudiri Boymirzaev Q.) ancha yillardan beri xizmat qilayotgan, T.Mallaboev va A.Qozoqovlar bilan birga fan nomzodlari A.Haydarov, M.Mahmudova, Sh.Jumaxonov kabilar ishlashmoqda. Fikrimizcha, mazkur kafedra negizida iqtisodiy va tabiiy geografiya kafedralarini tashkil qilish imkoniyatlari mavjud.

Keyingi yillarda boshqa viloyatlarga qaraganda Qoraqalpog`iston Respublikasida ko‘proq fan nomzodlari tayyorlandi. Hozirgi kunda Nukus universiteti va pedagogika institutida dostent T.Tojimov va professor E. Umarovlar bilan bir qatorda o‘nga yaqin yoshlar (Xodjaeva G., Bekbulatova G., Utepova G., Qurbonniyozov A., Seytniyozov Q., Allanazarov K. va boshqalar talabalarga ta’lim berishmoqda.

Qarshi Davlat universiteti marhum M. Yangiboev vafotidan so‘ng etakchi olimsiz qoldi. Bu erda, boy tajribaga ega bo‘lgan dostent A. Mamatovdan tashqari, Abdullaev S., Erdanov L ., Kolonov B., Jonqobilov I., Usmonov R. va boshqalar) bor. Ko‘rinib turibdiki, fan nomzodlari, bo‘yicha Qarshi universiteti ham ancha oldida, ammo boshliq (“karvonboshi”) uncha sezilmaydi.

Buxoro davlat universiteti geografiya kafedrasida dostentlar X.Toshov va A.Mavlonovlar ishlashadi. Urganch universitetining, Xorazm vohasi geograflarining suyangan tog`i, tayanchi va faxri marhum R.Qurbonniyozov edi. Afsuski, uning vafotidan so‘ng yosh fan nomzodlari I.Atajonov va Sh. Do‘sanovlar qoldi, xolos. Xuddi shunga o‘xshagan vaziyat avvalroq Termiz Davlat universitetida professor A.Ro‘zievning vafotidan so‘ng yuz bergan edi. Hozirgi kunda bu erda kafedra mudiri, dostent Q.Allanovdan tashqari ishlab turgan birorta fan nomzodi yo‘q.

Andijon universitetining geografiya kafedrasida geografiya fan nomzodi bor (M.Yusupov), kafedra mudiri dostent M.Mamajonov faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda Guliston davlat universitetida 1 ta fan doktori (prof. M.Nurnazarov) va 3 fan nomzodlari (L. Qarshiboeva, A. Abdullaev va K.Xidiraliev) bo‘lishiga qaramasdan geografiya kafedrasi tashkil qilinmagan va so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishga talabalar ham qabul qilinmaydi.

Pedagogika institutlarining ham ahvoli og`ir. Navoiy pedagogika instituni geografiya kafedrasida Yu. Raxmatov fan nomzodi. Jizzax pedagokika instituti faqat K. Qurbonov ilmiy darajaga ega, Qo‘qon pedagogika institutida esa geografiya fanlari nomzodi mavjud emas.

Toshkent shahri va ayniksa M. Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti geografiya fakulteti respublikamiz geografiya fanining chinakam markazi hisoblanadi. Biroq , bu erda ham muammolar bor, Chunonchi, ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasida yosh doktorlar etishib chiqishi kerak (M.Nazarov, Z.Tojieva). bu masala ayniqsa tabiiy geografiya kafedrasi uchun dolzarbdir. Mazkur yo‘nalishda A.Vahobovning doktorlik dissertastiyasini himoya qilishi, shubhasiz, katta voqea bo‘ldi. Ammo an’anaviy katta mavqega ega bo‘lgan tabiiy geografiya uchun bu kifoya qilmaydi. Ayni vaqtda gidrologiya yo‘nalishida vaziyat birmuncha yaxshiroq; F.Hikmatov doktorlik dissertastiyasini yoqladi, yaqin kelajakda xuddi shunday vazifani G.N.Trofimov ham bajarishi mumkin. Shu bilan birga geodeziya va kartografiya kafedrasida vaziyat o‘zgacharoq. Garchi bu kafedrada prof. T. Mirzaliev (u iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtiosoligi bo‘yicha himoya qilgan), fan nomzodlari A.Egamberdiev, H.Muborakov, J Qoraboevlar faol mehnat qilayotgan bo‘lsa-da, aynan kartografiya ixtiosoligida fan nomzodi yoki doktorlarini tayyorlash muammo bo‘lib turibdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ham geografiya fani rivojlanib bormoqda. Bu erda tajribali dostent va professorlar ishlamoqdalar. Biroq, peduniversitetda tabiiy va iqtisodiy geografiya kafedralarini tashkil qilish, yosh olimlarni ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.

Geograflar O‘zFA Geografiya bo‘limida (B.Baxritdinov, A.O‘rozboev va b.) hamda iqtisod yo‘nalishidagi oliygohlarda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zMUiqtisodiyot fakultetida prof. A.Qayumov va dost. A.Xolmirzaev, Toshkent moliya institutida prof. X.Salimov, dostentlar Sh.Azimov va Z.Abdalovalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, geograflar Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (g.f.n. A.Xojimatov), Toshkent agrar universiteti (dost.Sh.Ergashev) Toshkent yuridik institutida (prof.A.Nigmatov), Andijon muhandislik iqtisodiyot institutida (A.Hotamov), Uzgeokadastr va geoinformatikada (fan doktori S.Qoraev), Ijtimoiy fikr markazida (prof. O.Otamirzaev), Oila markazida (H.Nazarova), O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida (g.f.n. K.Gadoev), Oliy ta’lim muammolari institutida (g.f.n. B.Maxmudov) ishlab kelishmoqda.

Shu bilan birga geografiya fanini rivojlantirishda aslida shu yo‘nalishni tugatgan, ammo turli sabablarga ko‘ra boshqa fanlar (asosan iqtisod) bo‘yicha fan nomzodi va doktorlik darajasini yoqlaganlarning ham xizmatlari bor.

Joylarda fan nomzodlarini tayyorlash ko‘p jihatdan viloyatlarda magistratura va aspirantura tizimini rivojlantirishga bog`liq. Aks holda hozirgi vaziyat kelajakda yanada keskinlashuvi mumkin.

Albatta fanimizning yutuqlari ham oz emas: alohida jamiyatmiz, axborotnomamiz (ilmiy jurnalimiz) ham bor, ilmiy anjumanlar o‘tkazish ham an’ana bo‘lib qoldi. Bularning barchasida, shubhasiz, professor Z.M. Akramovning xizmati beqiyos. Biroq, geografiyaning dardu-tashvishlari, muammolari ham ko‘p, ular oddiy umumta’lim maktablaridan tortib oliy o‘quv yurtlari va Fanlar akademiyasi darajasiga qadar mavjud. Ammo muammolarsiz taraqqiyotning o‘zi ham bo‘lmaydi. Binobarin, ana shunday muammolarni izchil hal qilish, qadimiy va kamtarin fanimizning nufuzini baland ko‘tarishga hamjihatlik bilan xizmat qilaylik.

XIX asrni ikkinchi yarmida Osiyo materigini turli qismlar bo‘ylab qozoq olimi Chukon Valixonov (1856 y.) 1857-1879 yillar rus sayyohlari Severstov Nikolay Alekseevich (1827-1885 yy) 1856-1857 yillar Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914 yy) 1868-1871 yillar Fedchenko Aleksey Pavlovich (1844-1873 yy), 1875-1880 yillar Mushketov Ivan Vasilevich (1850-1902 yy), 1886-1888 yillar Prjevalskiy Nikolay Mixaylovich (1839-1888 yy), 1876-1893 yillar Potanin Aleksandr Viktorovich, (1843-1893 yy), 1876-1890 yillar Pevstov Mixail Vasilevich (1843-1902 yy), 1893-1926 yillar Roborovskiy Vsevolod Ivanovich va Kozlov Petr Kuzmich (1863-1935 yy)larni olib borgan geografik tadqiqotlari ham jaxon tarixiy geografiyasi fanini XX asrda rivojlanishiga muxim ta’cir kilgan..

XX asrga oid tarixiy geografik tadqiqotlar Er shari tabiat va tabiiy resurslarini xo‘jalik jihatidan o‘rganishga katta ahamiyat berganligi harakterlidir.

XX asrning o‘ziga xos geografik tadqiqotlari birinchidan, ayrim tumanlarni xo‘jalik nuqtai nazardan chuqur va mukammal o‘rganish kuchayganligi, ikkinchidan, tabiatni o‘rganish umumgeografik harakterda bo‘lmay, maxsus ixtisoslashgan ilmiy dastur asosida, ayrim geografik tuman, uezd va alohida geografik komponentlarini, kompleks ravishda o‘rganish hamda xaritaga tasvirlashdan (yirik masshtabda) iborat bo‘lgan, uchinchidan, endi ekspedistiyada qatnashuvchilar asosan ilmiy mutaxasisliklardan iborat bo‘lib, ular ayrim rayonlarni marshrut bo‘yicha (relefi, tuproq, o‘simlik, hayvon va h.k.) o‘rganish bilan chegaralanmay, umumgeografik, maxsus haritalar tuzishlarni asosiy maqsad qilib olgan.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin