O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Landshaftshunoslikning tug`ilishi V.V.Dokuchayev va uning maktabi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə29/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Landshaftshunoslikning tug`ilishi V.V.Dokuchayev va uning maktabi.

XIX asr oxirida geografiya mushkul davrga duch keldi. Odatdagi geografiya bo`linib ketdi va ("bir butun" geografiya) izlanishlar boshlandi. Geografiya nima bilan shug`ullanishi kerak? Ba'zilar xorologik mavzuga tayanishi lozim, dedilar. Ba'zilar geografik muhit va madaniyat, tarix, jamiyat, siyosatning birlikligini o`rganishi kerak dedilar. Xullas shu muzokaralar natijasida qudratli georafiya maktabi yuzaga keladi. Uning poydevori Peterburg universiteti professori V.V.Dokuchayev (1846-1903) tomonidan yaratilgan. Uning tuproqqa qarashi geografik nuqtai nazardan bo`ldi. Tuproq landshaftning maxsuli va uning "oynasidir". Tuproq g`oyasidan yuqori geografik sintezga-landshaftga bir qadam edi. V.V.Dokuchayev stixiyali materialist va dialektik sifatida bashorat qildi. Dokuchayev fanlar tabaqalanishini salbiy tomonini payqadi. Geografiya "hamma tomonga oqib ketmoqda", deydi. 1898 yilda u yangi sintetik fan zarurligini qayd qiladi - bu fan jonli va jonsiz tabiat munosabatlariga bag`ishlangan bo`lishi kerak, deydi. Fan nomini aytishga ulgurmadi. L.S.Berg esa Dokuchayev g`oyasida yangi geografiyaning boshlanishini ko`rdi. L.S.Berg Dokuchayevni landshaftshimoslikni boshlovchisi (родоначальник) va yangi geografiyaning asoschisi (основоположник) deb baholadi.

1898-1900 yillarda V.V.Dokuchayev tabiat zonalari, tabiiy-tarixiy zonalar, haqida ko`p asarlar yozdi. Birinchi bor zonallikni planetar qonun sifatida talqin qiladi. Tabiiy-tarixiy zona- yuqori darajadagi (pog`onadagi) kompleks sifatida e’tirof qilinadi. V.V.Dokuchayev ana shunday yuqori sintez pog`onaga ko`tariladi.

A.Gumboldt zonalari esa fitoiqlimiy edi. Amerakalik olim X.Merriem 1894 yilda AQSH hududida zonallik haqida yozadi-bu bioiqlimiy zonalar edi. Xullas V.V.Dokuchayev birinchi geograflk qonunga va statsionar usulga asos soldi. Nijnegorod (1882-1886), Poltava (1888-1894) "особой степной" ekspeditsiyalar uyushtiradi. Uning yana bir yutug`i nazariyani amaliyot bilan bog`laydi. Qishloq xo`jaligida qator tavsiyalar beradi. "Наши степи прежде и теперь" (1862-1914), G.F.Morozov (1867-1920), G.N.Visotskiy (1865-1900), V.I.Vernadskiy (1863-1945), K.D.Glinka (1867-1927). Ularning davomchilari: L.S.Berg (1876-1952), S.S.Neustruyev (1874-1928), B.B.Polinov (1877-1952) edi.

XX asr boshida tabiiy zonallik haqidagi V.V Dokuchayev konsepsiyasi dolzarb edi. G.I.Tanfilev birinchi bor tabiiy geografik rayonlashtirishga qo`1 urdi. 1897-yilda Rossiyaning Yevropa qismini rayonlashtirdi. U zonani "landshaft" deb atadi.

G.F.Morozov tabiiy rayonlashtirishni o`rmonchilik maqsadida bajaradi. O`rmonchilikni- u "географическим промыслом" deb e’tirof qiladi. O`rmonchi va melioratorlarni geografiya fakultetidagi amaliy geograflya bo`limida tayyorlash kerak deydi. "O`rmon - geografik hodisadir", deydi u. G.N.Visotskiy, L.I. Prosalov provinsial o`zgarishlarni o`rgandi (meridional zonallik). G.N.Visotskiy landshaft haqidagi flkrni ilgari surib, uni ruscha "tabiiy okrug" yoki "местность" bilan almashtirishni taklif qiladi. U "местность" o`z ichida farqlanadi deydi, shuning bilan landshaft morfologiyasiga asos soladi. "Landshaft" atamasini geografiya faniga kirib kelishiga sababchi - L.S.Berg. U 1913 yilda birinchi bor landshaft geografiyaning o`rganish predmeti deb ta’kidlaydi. Landshaft tushunchasini zonal konsepsiya bilan bog`ladi. Landshaft bilan boshqa bir konseptsiya "наружная земная оболочка" haqida fikr tug`ildi (fanning predmeti haqida). Buni 1910 yilda P.I.Brounov qayd qiladi- geografik qobiq nazariyasiga asos soladi. Lekin bu olimni dastavval tushunmaganlar.

R.I.Abolin (1886-1939) umumiy va mahalliy geografik qonuniyatlarning bog`liqligi, birligini angladi (1914). U epigenemani - Yerning landshaft qobig`i deb atadi. Epizona, epioblast, epitiplarni epimorflarga ajratadi. R.I.Abolin birinchi bolib tabiiy geografik birliklar pog`onasi haqida yozadi.

1917 yildan so`ng rejali iqtisodiyotga o`tish uchun izlanishlar boshlanib ketdi. Provinsial tamoyil asos topa boshladi, "meridional zonalar" ajratildi (V.L.Kamarov). Landshaft yondashuvi amaliyot uchun keng joriy qilina bordi. Landshaftlarni kartalashtirishnining pioneri B.B.Polinov bo`ldi. B.B.Polinov, I.M.Krashennikovlar elementar landshaftlarni ajratadilar. B.B.Polinov landshaftlarni kartalashtirish tufayli landshaft dinamikasi va evolyutsiyasi g`oyalariga yetib keldi, lekin landshaft nazariyasi to`la shakllanmagan edi.

L.S.Berg fikricha landshaftshunoslik rus tuprog`i g`oyasi asosida tarkib topdi. Berg landshaftga keng ko`lamdagi maqom berdi - tipologik, regional. 1932 yilda M.A.Pervuxin landshaftga (1901-1939) tipologik - klassifikatsion tushuncha beradi. Regional maqom berishda L.G.Ramenskiy (1884-1953) "epifeya", "urochisha" atamasini fanga kiritadi va landshaft morfologiyasi g`oyasini ilgari suradi (1938). Elementar komplekslarni enlama aloqalari haqida yozadi.

A.A.Grigoryev (1883-1968) geografik qobiq nazaryasini asoslashga kirishdi. S.V.Kolesnik (1901-1977) 1940 yilda har bir landshaft geografik qobiq bilan chambarchas bog`liq ekanligini qayd qildi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng landshaftlarni kartalashtirish tiklandi. MGUda bunga 1947 yildan boshlab N.A.Solnsev rahbarlik qildi. 1947 yilda N.A.Solnsev GJ-II s’yezdida (Leningrad) Ramenskiy fikrini rivojlantirib landshaftga regional maqom beradi. Landshaft morfologiyasini keng asosladi (urochisha, fatsiya). Fatsiya – dala landshaftlarini kartalashtirishni eng kichik, urochisha esa o`rta birligidir.

1944-1946 yillarda B.B.Polinov landshaft geoximiyasi asoslarini yaratdi. V.N.Sukachyov (1880-1967) landshaftshunoslikka yaqin biogeosenologiya faniga asos soldi. 1940 yillarda u "biogeosenoz" atamasini fanga kiritdi. Geografik qobiqni hududiy tabaqalanish nazariyasi yuzaga keldi. 1955 yilda landshaftshunoslik bo`yicha I kengash (Leningradda) bo`lib o`tdi. 1956, 1958, 1959, 1963, 1966 yillarda shu mavzuda yig`ilishlar bo`ldi. 1955-1965 yillarda landshaftshunoslik mavzusi dolzarb edi. 1961 yildan LDUda SSSRning landshaft kartasini tuzish boshlandi (1:4000000). 1964 yilda bu karta dunyoning tabiiy geografik atlasida berildi. K.Troll landshaft ekologiyasi va morfrologiyasi haqida (1899-1975) yozdi. E. Neef landshaftning 3 o`lchamini: tipologik (ekotop), xorologik (geoxora) va geosfera (geografik qobiq)ni ajratdi.

Landshaftshunoslikning hozirgi bosqichi 60-yillar o`rtasidan boshlandi desa bo`ladi. Bu fanning rivojlanishiga ilmiy-texnika taraqqiyoti turtki bo`ldi. Landshaftlarni asrab - avaylash va ulardan samarali foydalanish masalalari ijtimoiy talab darajasida qo`yildi.

1974 yilda Permda o`tgan VII landshaftshunoslik kengashi - landshaft dinamikasiga bag`ishlandi. 1957 yilda akademiyaning Sibir bo`limi geografiya instituti huzurida, Zabaykaliya dashtida kuzatuv stansiyalari tashkil qilindi. 1964 yilda Kursk stansiyalari (IGAN), Martop (Tbilisi imiversiteti) ish boshladi. 1960 yillarda landshaft geokimyosi yo`nalishi yuqori pog`onaga ko`tarildi (M.A.Glazovskaya, A.I.Perelman). D.L.Ar-mand landshaftlar geofizikasini rivojlantirdi.

Tizimlar nazariyasining kirib kelishi tufayli hududga sistemali yondoshuv joriy etila boshladi: bir butunlik, tizim, tarkib, yashash holati, xulq, barqarorlik, modellashtirish kabi tushunchalar kirib keldi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin