O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-Mavzu: Landshaftshunoslikning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə28/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

3-Mavzu: Landshaftshunoslikning rivojlanish bosqichlari

Rejа :


1. Landshaft haqidagi to`ng`ich tushunchalar.

2. Landshaftshunoslikning tug`ilishi: V.V. Dokucha-yev va uning maktabi.

3. Landshaftlar morfologiyasi, geoximiyasi, geofizikasi haqidagi tushunchalar.

4. Landshaftlar strukturasi va dinamikasi.

5. Tabiiy - antropogen landshaftlar haqidagi fikrlar.

6 Xorijda landshaftshunoslik.



"Tayanch” tushunchalar:


Landshaft-tabiiy resurs, landshaft-turistik rekreatsion resurs, landshaftlar estetikasi-dizayni, tarixiy yondashuv, sistemali yondashuv, ekologik yondashuv, geografik yondashuv, landshaft - tadqiqot maskani, indikatsion landshaftshunoslik, landshaft - tabiiy muhit.

Fanda yangi ta'limotning yaratilishi uzoq o`tmish bosqichning hosilasidir. Ilmiy ta'limot aslida muayyan tarixiy zaruriyat, imkoniyat tufayli tug`iladi. Fan ijtimoiy vazifani bajaradi. Ba’zida ijtimoiy hayot fan oldiga katta vazifalar qo`yadi. Fan esa uni yechishga qodir emas. Ba’zida ilg`or fikrlar bashoratli bo`ladiki, amaliy hayot uyg`onmay uni bajarolmay qoladi.

XIX asr oxirida landshaftshunoslikni yaratilishida biologiyadagi evolyutsion nazariya - darvinizm (1859) katta hissa qo`shdi: biogeografiya, tuproqshunoslik. Bunda jonli va jonsiz tabiat munosabatlarini bilish, ko`ndalang masala bo`lib qoldi. Xullas, bu davrda tabiiy, ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan imkoniyatlar vujudga keldi. Dono xalq o`z kundalik yumushlarida qator atamalar yaratganki, ular landshaftlar, joylar va ularni sifatlarini aks ettirib turadi. Qayir, botqoq, dasht, pastqamlik, sho`rxoklar - urochisha deyilsa (ruslarda) bu atama fan mulkiga aylandi. Regional joylar haqida alohida atamalar ommalashgan: Qizilqum, Qoraqum, Ustyurt kabilar. Albatta xalqlarning empirik tushunchalari ilmiy tushunchalardan farq qiladi. Xalq tajribasi - landshaftshunoslik manbalaridan biridir. V.V.Dokuchayev bu manbaga katta ahamiyat bergan. Landshaft haqidagi 2-manba geografiya bilan bog`liq. Bu fan dastlab o`z nazariyasiga ega bo`lmay ma’lumotnoma- bayonnomadan (Xorologiya) iborat bo`lgan.

Geografik nazariyaning dastlabki ildizlari antik olimlar kitoblaridir. Aristotel eramizdan avvalgi IV asming 2-yarmida Yerning sharsimonligini qayd qiladi. (383-322 yillar). Uning "Meteorologika" kitobini umumiy yershunoslikni boshlanishi deyish mumkin. Gerodotda (485-425 yillar) rayonlashtirish belgilarini ko`ramiz. Eratosfen (er.avv. 276-194) "Географические записки" degan kitobida sfragidlar yirik quruqliklarni ajratadi.

Quldorlik davrida dunyo bo`yicha turg`unlik davri hukmron bo`ldi. Feodal davrida ham din ustivor edi. Olimlarning fikricha XV asrning ikkinchi yarmida hozirgi tabiatshunoslikning poydevorini qurish boshlandi. Kopernikning (1473-1543) geliotsentrik nazariyasi tan olindi va buyuk voqea bo`ldi. XVII asrning birinchi yarmida ko`rish trubasi, termometr, barometr ixtiro qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlarga niderlandiyalik olim Bemgard Vareniya (1622-1650) yakun yasadi. Uning "Всеобщая география" kitobi 1650-yilda chop etildi. Bunda geografiyaga tabiiy fan sifatida qaraladi. U umumiy geografiyaga bag`ishlangan edi. XVII asrning oxirida turli yurtlarni o`rganish avj oldi. 1755 yilda S.P. Krashennikovning "Описание Земли Камчатки" kitobi bosilib chiqdi. Geografiyani ommalashtirishda Pyotr I ning safdoshi V.N.Tatishevning hissasi katta. Uni birinchi rus geograf olimi desa ham bo`ladi. V.Lomonosovning (1711-1765) hissasi katta bo`ldi.

XVIII asrning ikkinchi yarmida Yevropada kapitalizm shakllana bordi. Bu davrda ilmiy tadqiqotlar kuchaydi. Akademik ekspeditsiyalar uyushtirildi (1763-1784).

XIX asr boshida geologiya geografiyadan ajralib chiqdi. Keyinchalik esa iqlimshunoslik, okeanografiya, fitogeografiya, zoogeografiya shakllanadi. Tabiiy fanlardan "statistika" ajraldi. Tabiatga bir butun qarash inqirozga uchraydi. Shu jumladan geografiyada ham.

A.Gumboldt (1769-1859) "Kosmos" asarida tabiiy jarayonlarni bir-biri bilan bog`liqligini qayd qiladi. Xohlagan joy bir butunlikning (Yerning, Koinotning) bo`lagidir deydi u. Organik dunyoni jonsiz tabiatga qaramli ekanligini qayd qiladi. Ammo "asosiy" hosila-tuproq haqida hech gap yo`q edi. Unda geografik jarayonlar fizika bilan bog`lab tushuntirilar edi. Tabiiy geografiya fizikaning bir qismi deb qaralgan. 1935 yilda universitet fizika kafedralari tabiiy geografiya bilan birlashtiriladi. Bunda organik dunyo yo`q edi - bu esa geografiyaning rivojiga salbiy ta'sir ko`rsatar edi.

Qozon universiteti professori E.A.Eversman 1840 yilda "Естественную историю Оренбургского края" kitoblni chop etdi. U tabiatdagi regional farqlanishlarni ko`rsatdi - tabiiy hududiy komplekslar demasa ham bu g`oyasini ilgari surdi. A.F.Middendorf (1815-1894y) Sharqiy Sibir safari davrida tundra, tayga, dasht zonalarini o`rgandi.

N.A.Severtsov (1827-1885) Voronej guberniyasida hayvonot bilan tabiiy sharoitning bog`liqligini o`rganadi.

P.P.Semyonov - Tyanshanskiy (1856-1857) va N.A.Severtsov (1864-1868) Tyanshan tog`larini o`rganib, balandlik mintaqalarini o`rganishni boshlab beradilar.

Xullas, 40-60 yillarda (XIX asr) tabiiy hududiy komplekslar g`oyasiga yaqin keladilar. Landshaft - geografik sinteziga yana rayonlashtirish yo`li bilan ham kirib kelindi. Kundalik amaliyot talabiga fan bu mavzuda tayyor emas edi. 1871 yilda Kavkaz o`lkasi A.I.Voyeykov tomonidan iqlimiy rayonlashtirildi. 1886 yilda Rossiyaning Yevropa qismi, S.N.Nikitin tomonidan birinchi marta geomorfologik rayonlashtirib chiqiladi. Demak, o`tgan asrning 70-80 yillarida xususiy rayonlashtirish bo`yicha shiddatli davr boshlandi. Rayonlashtirishda ко'р pog`onali birliklar ishlatiladi. Bular yuqori pog`onali sintezga - kompleks tabiiy rayonlashtirishga yo`1 ochadi. Rayonlashtirishda zonal prinsip asos qilib olinadi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin