2. "Gipergenez" - yunoncha yuza va hosil bo`lish demakdir. Bu litosferani yuza qatlamini o`z ichiga oladi (500-800 m chuqurlikkacha). Bu zona yer po`stining qa'ridagi mineral moddalar ekzogen kuchlar ta'sirida o`zgaradi (Milkov, 1990, 24b).
3. "Biostrom" - quruqlik, suv betida, okean tubida organik dunyoni quyuqlashgan, tirik mavjudotlarni eng quyuqlashgan yupqa qatlamidir. Biostrom tabiat tizimidagi o`zgarishlarni boshqa unsurlarga qaraganda tez va aniq - ravshan sezadi, tabiiy tizimning lakmus qog`ozidir. Uning rangiga qarab tizim holatiga baho berish mumkin.
Insoniyat biostromning bir qismidir. U oraliq maqomga ega bo`lsada, tizimlarning tabiiy yashashi barqarorligi bilan bog`liq bo`ladi (Milkov, 1990, 140 b). Makoniy jihatdan landshaft qobig`i biostromga yaqindir, ammo ular orasida ikkita farq aniq seziladi:
a) Landshaft qobig`i yer yuzasining hamma yerida tarqalgan (lavali qoplamlarda, toza bo`lsada Antarktida muz qalqonida ham).
b) Landshaft qobig`ining qaliniligi biostromdan qalinroq, bunga organik dunyodan tashari yer betiga yaqin havo qatlami, yer yuzasi - nurash po`sti kiradi (Milkov, 1990y 38b).
Tabiat va jamiyat (inson) munosabatlari inson paydo bo`lganidan buyon davom etmoqda. Ayniqsa "idrokli odam"ni paydo bo`lishi uning tabiatga ta'sir ko`rsatishining yangi davrini ochib berdi. Olimlar Yerning landshaft qobig`ini rivojlanishida uch bosqichni: tobiogen davr - bu odatda paleazoygacha (kriptozoy) davrni o`z ichiga oladi. Ikkinchisi biogen davr - organik dunyoning paydo bo`lshi, rivojlanishi va uning Yer tabiati rivojlanishiga ta'siri. Uchinchisi – antropogen davr, bu to`rtlamchi davrni o`z ichiga oladi. Professor F.N.Milkov, tabiat va jamiyat munosabatlarini to`rtta davrga ajratadi:
Dostları ilə paylaş: |