78
Misol uchun, zavodga 100000 so‗mlik yangi stanok sotib olindi.
Yangi stanokni qo‗llashdan zavod 10.000 so‗m sof foyda olgan bo‗lsin.
Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz
stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka
narxlar darajasining o‗zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan
inflyatsiya darajasi ayirmasi ko‗rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal
foiz stavkasi 16% ga teng bo‗lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni
tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta‘sir etuvchi boshqa omillar
quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‗zgarishlar;
3. Mavjud bo‗lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o‗zgarishi.
Soliqqa
tortish
darajasining
pasayishi
hamda
yangi
texnologiyalarning paydo bo‗lishi kutilayotgan sof foyda normasining
(real foiz stavkasi o‗zgarmagan sharoitda ham) ko‗payishga olib keladi.
Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga
bog‗liqligini
Dostları ilə paylaş: