84
Xp = g - mY
Bu yerda :g –
avtonom sof eksport; m - importga chegaralangan
moyillik; Y– daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o‗zgarish
miqdorini bunga sabab bo‗lgan daromadlardagi o‗zgarish miqdoriga
bo‗lib topiladi.
m = ΔM / ΔY
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o‗zgarishi; ΔY -
daromadlarning o‗zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki,
bunda iste‘molchilar va investorlar ham milliy ham import
mahsulotlarga bo‗lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar.
Ayni paytda
mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y)
miqdoriga bevosita bog‗liq bo‗lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan
mamlakatning yalpi daromadlari o‗zgarishiga bog‗liq bo‗ladi. Shuning
uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o‗zgarishi bilan sof
eksport (Xp) o‗rtasidagi bog‗liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida
minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‗rib chiqish
jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport
miqdori yalpi daromadlar
(Y) o‗zgarishiga bog‗liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport
to‗lig‗icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‗shiladi, ya‘ni avtonom
xarajatlar (a + I + G +Xp) yig‗indiga teng deb olinadi.
Dostları ilə paylaş: