4
(Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat
rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan.
Suv transport! dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi.
Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi.
Bu tarmoq
awalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit'alarni bog'lab
turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida
ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti
minglab tonna yukni uzoq
masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan
xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'nacha
4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.
Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida
dengiz bo'g'izlari va xalqaro
kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng
serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
Ichki suv (daryo va ko'l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko'ra ancha
kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko'l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda
Rossiya, Xitoy, AQSh, BraziUya davlatlari oldinda turadi.
Ammo mavjud
imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko'p
jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo'llari orqali yuk tashishda
AQSh, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: