O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «tabiiy fanlar va geografiya»


-jadval  Transport turlarida xalqaro yuk aylanmasi



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix26.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#102806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi

12-jadval 
Transport turlarida xalqaro yuk aylanmasi. 
1993 yil% xisobida. 
 
 
Transport turlari. 
 
Mintaqalar 
Avtomobil 
transporti 
Temir yo’l 
transporti 
Suv (daryo va 
kabotaj) 
quvur 
transporti 
(neft va tabiiy 
gaz 
Rossiya 

46 

40 
SHimoliy 
26 
28 
18 
28 


17 
Amerika 
FarbiyEvropa 
67 
19 


SHarqiy 
Yevropa 

78 

11 
Yaponiya 
40 

51 

Demak, turli mintaqalardagi aloqa yo’llari, transport yo’llari zichligi, yuk 
va yo’lovchi tashishdagi ulushi transport tarmoqlarining o’zaro aloqadorligi va 
uyg’unlashuvi turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Barcha mintaqalardagi 
transport tizimi birgalikda xalqaro transport tizimini tashkil qiladi. 
3. Transport tulari. quruqlik transporti.
Temir yo’l transporti xalqaro yuk va yo’lovchi aylanmasida xissasi qisqarib 
borayotganligiga qaramay muxim transport vositasi bo’lib qolmoqda va sezilarli 
ravishda sifat o’zgarishlarni (elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi) 
boshdan kechirmoqda. Dunyo bo’yicha temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2 
mln.km. bo’lib buning 200 ming km. elektrlashtirilgandir. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 
mamlakatlarda temir yo’llarni elektrlashtirish, monorelьsli va magnit osilmali 
yo’llar qurish davom etmoqda. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatda temir 
yo’llar bo’lishiga qaramay, 50% temir yo’llar «o’nlikka» kiruvchi mamlakatlar - 
AqSH, Rossiya, Kanada, Xindiston, Xitoy, Avstraliya, Argentina, Frantsiya, GFR 
va Braziliyada joylashgan. Mavjud temir yo’llarning 650 ming km yoki 54% 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga, 31% (380 ming km) bozor iqtisodiyotiga 
o’tayotgan mamlakatlarga va 29% (320 ming km) rivojlanayotgan mamlakatlar 
xissasiga to’g’ri keladi.
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi jixatidan Yevropada Belьgiya, ( 100 
km
2
xududga 25 km), Lyuksemburg, GFR, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, 
Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Avstriya, Italiya, Vengriya, CHexiya va 
Slovakiya, Polьsha, Osiyoda - Yaponiya oldingi o’rinda turadi. Turli 


18 
mamlakatlarda temir yo’l liniyalari orasidagi masofalar xam turlichadir. Iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda mavjud temir yo’llarning 2F3 qismi -1435 mm, 
SHarqiy Yevropa mamlakatlarida xam 1435 mm, MDX xududida esa 1524 mm, 
Janubi - SHarqiy Osiyo mamlakatlarida esa 1000 mm.dir. 
Transkontinental temir yo’llar katta axamiyat kasb etadi. Yevropada 
bunday yo’llar: a) Kale-Parij-Lion-Marselь-Italiyaning janubiy portlariga; 
b)Gamburg-Myunxen-SHveytsariya-Italiya; v) kenglik bo’yicha Madrid-Parij-
Berlin-SHarq. Buyuk Britaniya parom aloqasi orqali (Duvr-Dyunkerk) Belьgiya 
va Frantsiya bilan bog’langan. Daniya esa parom aloqasi (Katta Belьt va Eresund) 
orqali SHvetsiya, Vernemyunde paromi orqali Germaniya bilan bog’langan. 
SHvetsiya Trolleberg-Zasnits paromi orqali kontinent bilan bog’langandir. 
SHimoliy Amerikada 12 ta transkontinental temir yo’llar mavjud. Janubiy 
Amerikada 
Buenos-Ayres-Velьparasio 
va 
Buenos-Ayres-Antofagasto 
transkontinental temir yo’llari mavjuddir.
Osiyoda eng yirik transkontinental temir yo’l Buyuk Sibirь magistralidir. 
(9322 km). Parom aloqasi Kaspiy dengizida (Baku-Turkmenboshi) mavjuddir. 
Afrika materigining eng qisqa xududida temir yo’llar kesishgan. (Bengola-
Lobitu-Beyra va Lideriy-Durban) Avstraliyada esa sharqdan-Farbga yagona 
Sidney-Perta temir yo’li yo’nalgandir. 
Temir yo’llarning joylashishiga iqtisodiy, siyosiy va tabiiy-geografik 
omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
XX asrning oxirgi o’n yilligida Yevropada geopolitik xolatning jiddiy 
o’zgarishi, «sovuq urush» munosabatlarining tugashi va SHarq-Farb aloqalarining 
rivojlanishi transport tizimi saloxiyatlaridan xam integratsion aloqalarni amalga 
oshirish maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. 
Siyosiy chegarlardagi to’siqlarning bartaraf etilishi transport yo’lkalarini 
ko’p magistralli shakllantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish imkonini yaratdi. 
Natijada, Yevropada 9 ta transport yo’lkalari: 1) Xelьsinki-Tallin-Riga-
Kaliningrad-Vrotslav; 2) Berlin-Varshava-Minsk-Moskva-Nijniy Novgorod; 3) 
Berlin-Vrotslav-Krakov-Kiev; 4) Drezden-Praga-Budapesht-Sofiya-Stambul; 5) 


19 
Venetsiya-Lyublyan-Budapesht-Ujgorod-Lьvov; 6) Gdanьsk-Katovitse-Ellin-
Poznanь; 7) Dunay suv yo’li orqali Reyn-Mayn-Dunay kanaliga chiqish; 8) 
Durres-Tirana-Sofiya-Plovdiv-Varna; 
9) 
Xelьsinki-Sankt-Peterburg-Moskva-
Kiev-Buxarest (so’ngra Novorossiysk va Astraxanga qadar) shakllantirilmoqda. 
Xelьsinki shaxrida (1997 yil) bo’lib o’tgan uchinchi Panevropa transport 
konferentsiyasida transport yo’lkalarini shakllantirish va kuchaytirish loyixasi 
tasdiklandi va uchta mintaqaviy transport tizimini - SHimoliy kontinent, O’rta 
Dengiz va qora dengiz soxil bo’yini rivojlantirish g’oyasini amalga oshirishga 
kirishildi. 
Ayni vaqtda, XXI asr boshlarida tobora ko’proq joriy transport 
xarajatlariga nisbatan xam yuk tashishning sifat omili muxim o’rin tutmoqda. 
Buning yorqin ifodasi butun transport jarayonlariga inqilobiy ta’sir ko’rsatgan 
xalqaro konteyner tizimining shakllanishidir. Yiliga dengiz konteyner aylanmasi 
70 mln.donaga yetdi va asosiy yuklarning 40%ga yaqinini qamrab olmoqda. Bu 
jarayonning aniq ko’rinishi transport aloqalarida ishonchli va kafolatli 
transkontinental konteyner «ko’prik» lari, ya’ni dengiz transporti bilan tez yurar 
temir yo’l sostavlari, avtopoezdlar (kontreyleri) kombinatsiyasiga asoslangan 
Transsibir (Yaponiya-Farbiy Yevropa), Transamerika, Farbiy Yevropa, Yaqin va 
O’rta SHarq magistrallarining yuzaga kelishidir. 
SHuningdek, temir yo’llarning yangi yo’nalishlarini barpo etish Osiyo, 
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotida katta rol 
o’ynashdan tashqari bu mintaqa mamlakatlarini dunyo xo’jaligi integratsion 
jarayonlarga tortilishini tezlashtiradi. 

Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin