9
2. Xalqaro transport tizimining asosiy ko’rsatkichlari
Dunyo xo’jaligi transporttabelligining o’zgarishi 50-yillardan keyin
barqarorligi bilan ajralib turadi va yuk aylanmasi va umumiy yalpi maxsulot
(o’zgarmas narxlarda) o’sish sur’atlariga bog’liq xolda bordi. Bu davrda xalqaro
yuk aylanmasi 1 t. ishlab chiqilgan maxsulotga nisbatan 33%,
aholi jon boshiga
yuk aylanmasi va aholi xarakatchanligi (km) esa 3,5-4 marta o’sdi.
Xalqaro transport tizimi va uning dinamikasi 9-10-11-12 jadvallarda o’z
ifodasini topgan.
Umumiy transport turi va aloqa yo’llari keyingi o’n yilliklarda sezilarli
darajada barqarorlashdi va ayni vaqtda muxim sifat o’zgarishlari temir yo’llarni
elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi, takomillashgan qattiq
qoplamga ega avtomobilь yo’llari, yirik diametrdagi quvur magistrallari bilan
bog’liqdir. Yer sharidagi barcha aloqa yo’llari (dengiz trassalaridan tashqari) 36
mln.km.iborat. keyingi 45 yil davomida temir yo’llar deyarli o’zgarmay
qolgani
(1,2 mln.km) xolda elektrlashtirilgan temir yo’llar va tez yurar temir yo’llar 3,3
martaga ko’paydi (200 ming.km) xamda sifat jixatidan takomillashtirilgan
avtostradalar 2,8-4,5 marta ko’paydi. Ayniqsa, xalqaro transport turlari o’rtasida
ITI bilan bog’liq yirik neftь quvurlari 175 ming km.dan 680 ming km.ga yetdi
yoki 3,9 marta ortdi va magistral gaz quvurlari 186 ming km.dan 1,1 mln.km
yetdi va 5,9 marta ko’paydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yangi temir yo’l,
avtomobilь yo’llari va neftь-gaz quvurlari qurilishi yanada kengayib bormoqda.
Jumladan, kun chiqar mamlakatlarni (Xitoy, Koreya, Yaponiya), Eron, Turkiya
va Farbiy Yevropaning Janubi bilan tutashtiradigan
Transosiyo magistrali
(Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Bu
magistralning Drujba stantsiyasi (qozog’iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va
Eronda Saraxs-Mashxad yo’nalishlari foydalanishga topshirildi. Bu yo’ldan
O’zbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining Buxoro-Beynau orqali
Yevropa mamlakatlariga va Tajan-Saraxs orqali
Yaqin SHarq mamlakatlariga
chiqish imkoniyati yuzaga keldi. SHuningdek, Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan
10
bog’lovchi «Buyuk ipak yo’li»ning qurilishi, «Kavkaz yo’lagi»ning barpo etilishi,
shu qatori yirik neft va gaz magistrallarining qurilishi Osiyo, Afrika, Lotin
Amerikasida,
mavjud
temir
yo’llarning rekonstruktsiyalash Yevropa
mamlakatlarida xam davom ettirilmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro ko’lamda yuk tashish xajmi kariyib 7
martaga ko’paydi va 2010 yilga borib yana 1,2-1,3 marta o’sishi kutilmoqda.
Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va unga xalqaro
yuk aylanmasining 62,1% to’g’ri keladi va bu ulush o’zgarmay qolmoqda.
SHuningdek, xalqaro yuk aylanmasida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil
ichida 17,2 foizga qisqargani xolda avtomobil transporti xissasi - 2,8 foizga, neft
quvuri xissasi 4,8 foizga, gaz quvuri xissasi 3,2 foizga o’sdi. Xavo transportida
yuk tashish 7 mlrd.
tFkm dan, 52 mlrd. tFkm.ga yetgani xolda yoki 7,4 marta
ko’payganligiga qaramay, umumiy yuk tashish xajmidagi uning xissasi
o’zgarmay qolmoqda. Ayni vaqtda, transport turlari o’rtasida yuk tashish
tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermoqda. CHunonchi, temir yo’l transportining
bosh raqobatchisi xisoblangan avtomobil transportida yuk tashish nisbati 1990
yilda 4:1 dan 1,2:1 ga tushdi va 2000 yilda bu xolat tenglashdi.
quvur
transportining xissasi esa 4,2% dan 12,8 foizga yetdi.
Xalqaro yo’lovchi tashishda avtomobil transporti, ayniqsa xususiy
avtomobil tranporti xissasi yuqori bo’lib, yetakchi mavqeni deyarli saqlab
qolmoqda. Agar 1950 yilda xalqaro yo’lovchi tashishda shaxsiy avtomobil
tranporti xissasiga 56,8% to’g’ri kelgan bo’lsa, 1995 yil - 60,3 foiz to’g’ri keldi.
Dostları ilə paylaş: