O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «tabiiy fanlar va geografiya»



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix26.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#102806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi

Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur 
transportlari kiradi. 
Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. 
XX asr boshlaridan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha 
mamlakatlarida eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati — 
yuklarni manzilning o'ziga — «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir. 
Temiryo'l transporti quraqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. 
Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi 
vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. 
Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy 
uzunligining yarmi AQSh, Kanada , Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, 
Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi o'nlik» 
mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.
Quviir transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib 
chiqariladigan va ularni iste'mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. 
Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu 
ko'rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft 
qazib chiqaruvchi va uni iste'mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSh,Sobiq Ittifoq 
mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya 
Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi 



(Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat 
rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan.
Suv transport! dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi. 
Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq 
awalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit'alarni bog'lab 
turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida 
ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq 
masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan 
xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'nacha 
4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda. 
Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo'g'izlari va xalqaro 
kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng 
serqatnov chorrahalari hisoblanadi. 
Ichki suv (daryo va ko'l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko'ra ancha 
kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko'l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda 
Rossiya, Xitoy, AQSh, BraziUya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud 
imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko'p 
jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo'llari orqali yuk tashishda 
AQSh, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda. 

Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin