Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egahgi
bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va
yo'lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo'yishidir. Shu
sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo'yicha yo'lovchilar
tashish hajmi so'nggi 40 yil ichida 60 baravarga yaqin o'sdi. Havo transportida
tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar
hissasiga to'g'ri keladi. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan
Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra
Atlantika okeani ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki
tomonga qarab harakatda bo'ladi.
5
1. Transport tizimining xozirgi rivojlanish jarayonlari
Sanoat, qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda transport moddiy ishlab chiqarish
jarayonida markaziy o’rinni egallaydi. Transport iqtisodiy tizimda yuklarni va
yo’lovchilarni tashish orqali ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadi xamda
aholining xarakatchanligini ta’minlaydi. Transport yangi maxsulotlar yaratmaydi,
balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan
maxsulotlarni bir joydan-ikkinchi joyga olib boradi va ishlab chiqarish aloqalarini
rivojlantirish xamda qo’shish orqali yangi ishlab chiqarish tizimini davom etishi
uchun shart-sharoit xozirlaydi. Xuddi shu xususiyat maxsulotlar qiymatida
transport xarajatlari miqdorining ortishiga olib keladi.
Yalpi transport xarajatlarining iste’molchiga kelib tushgan maxsulotning
to’la qiymatiga bo’lgan nisbati maxsulot qiymatining transport tarkibiy qismi
koeffitsienti deb ataladi. Transport tarkibiy qismi xom-ashyo, yoqilg’i maxsulot
ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yordamchi materiallarni keltirish uchun
ketgan xarajatlardan tarkib topadi xamda uni iste’mol rayonlariga yetkazib berish
uchun sarf bo’lgan xarajatlarni xam o’z ichiga oladi. Transportga ketgan
xarajatlar miqdori qancha kam bo’lsa, iste’molchiga yetib borgan muayyan
maxsulotning to’la narxi shuncha past bo’ladi. SHuning uchun xududiy faktor,
ya’ni ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilinishi va transport-iqtisodiy
aloqalarning oqilona bo’lishi yuk tashish uchun ketgan xarajatlarning
kamayishiga olib keladi.
Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, mamlakat va
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, transport turi aholi va
ishlab
chiqarishning
joylashishini
ifodalaydi.
Transport
tarmoqlarining
rivojlanganlik xolati rayonlarning ixtisoslashuviga, xo’jalikni majumali taraqqiy
etishiga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududiy (geografik) mexnat
taqsimotini yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir.
Ilmiy-texnika inqilobi ta’sirida transport tizimining rivojlanishi ishlab
chiqarish quvvatlari tarkibidagi jiddiy o’zgarishlar, xalqaro tovarlar bozoriga
6
tashiladigan yuklarga extiyojning o’sishi va transport xizmati sifatiga yangi
talablarning yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Bu yerda keskin raqobat natijasida
asosiy kapitalning yangilanish zaruriyati tobora yaqqolroq namoyon bo’lmoqda.
ITIning xalqaro transport bozorida xarakterli natijasi-doimiy turli transport turlari
raqobatbardoshligining o’sishi, ularning o’zaro aloqadorligi, saloxiyatining
kuchayishi va integratsion aloqalarning rivojlanishidir.
Transport bozoridagi keskin raqobat kurashi, ayniqsa, quruqlik transport
turlari - temir yo’l, avtomobil, quvur transporti va daryo (yuklarni dengiz portiga
olib beradigan) yo’nalishlarda kuchlidir. SHuningdek, ITI bilan paralel ravishda
transport vositalarining monopollashuvi raqobatni yanada kuchaytirmoqda.
Transport tizimi o’zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakli, xalqaro yuk va
yo’lovchi tashish sifati bo’yicha mijozlarning yangi talablariga moslashmoqda.
Bunda xatto xarajatlarga nisbatan transport xizmati sifati bosh omil rolini
uynamoqda.
Bu yangi talablar quyidagilar bilan bog’liqdir:
yuk jo’natish ko’lamining ortib borishi, ishlab chiqarish texnologik
jarayonlaridagi xududiy farqlar va yuk tashishdagi mayda partiyalar, yuk
tashishning tabaqalanishini kuchayishiga;
transport xarajatlari o’sishi tufayli yuk tashish samaradoriligini ko’tarishga
intilish;
iqtisodiy aloqalar tarkibining o’zgarishiga moslashuv zaruriyati;
yo’lovchi va yuk tashishni doimiy va bir maromda ta’minlash;
yuklarni tashishdagi tezkorlik va saqlash darajasining ortishi;
asosiy transport magistrallari (yo’lak) va transport tugunlarida ishlab chiqarish
va aholining xududiy to’planishi sharoitida intensiv xarakatning o’sib borishida
xarakat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati;
xalqaro yo’lovchi tashish aloqalarida qulayliklariga bo’lgan talabning keskin
ortishi;
transport turlari rivojlanishiga bo’lgan ekologik talabni xisobga olish
zaruriyati;
7
transportni energiya talabligini ozaytirish zaruriyati.
SHunday qilib, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllarining
rivojlanishi bilan transport xizmat ko’rsatish sifati aloxida axamiyat kasb
etmoqda.
Yuqoridagi omillar o’z navbatida yuk tashishda avtomobilь va xavo
transportining
ustun
darajada
rivojlanishiga,
xalqaro
transport
kommunikatsiyalarining
takomillashuviga,
infratuzilmalar
tizimining
modernizatsiyalashuviga,
transport
vositalari
aylanmasining
tezlashuvi,
aloqalarda qayta yuklamay aralash yuk tashish intensivligi ortishiga, transport
vositalari va xizmatlarning mos ixtisoslashuviga, xalqaro axamiyatga ega bo’lgan
yirik ixtisoslashgan transport-taqsimlash markazlarini tashkillanishiga olib
kelmoqda.
Transport tizimida yuqoridagi o’zgarishlar asosida yuk tashish tarkibida
jiddiy siljishlar iste’molchi tovarlari qiymati tarkibiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Transport tizimi rivojlanish jarayonida 2 bosqich mavjud:
a) kapitalning dastlabki jamg’arilish davri va industrial rivojlanish
bosqichida yuk tashish xajmida nisbatan arzon yuklar 30-40% va undan ko’proq
bo’lib, transport tarmoqlarining asosiy vazifasi transportda yuk tashish xarajatlari
xissasini pasaytirishdan iborat edi. Bunga transport vositalari yuk ko’tarish
quvvatlarini oshirish va yuk xajmlarini iqtisod qilish orqali erishildi;
b) postindustrial bosqichga o’tish transport tarmoqlari oldiga mutlaqo yangi
vazifalarni qo’ydi. Bundan tashqari, transport tizimini tubdan o’zgartirmay uni
taqsimlash - logistika tizimiga aylantirmay dunyo xo’jaligining postindustrial
bosqichga o’tishi mumkin emas.
Bu jarayon - ishlab chiqishni takomillashtirilishi va tabaqalanishi, xalqaro
savdoda tovarlar tarkibi modernizatsiyasi bilan, ya’ni qazib beruvchi tarmoqlar va
ishlov beruvchi sanoatning birinchi tarmoqlari xamda qishloq xo’jaligi
maxsulotlari xissasining qisqarishi bilan bog’liq. Ayni vaqtda yuksak
texnologiyaga asoslangan ishlov beruvchi sanoat maxsulotlari qiymati keskin
ortib bormoqda, tobora ko’proq-aniqlik, ishonchlilik, kompaktlilik, xavfsizlik,
8
transport to’rining istagan joyida ma’lumotlar olish, transport xizmatining
javobgarligi
va
moslanuvchanligi,
yuklarni
yetkazib
borish
vaqtini
optimallashtirish, jo’natish oraliqlari kabi omillar xatto ishlab chiqarish
xarajatlarini xam ikkinchi o’ringa surib qo’ymoqda. Yuk tashishning aniq o’z
vaqtida amalga oshirish tamoyili tufayli mijoz talabining ustuvorligi
ta’minlanmoqda.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi tashkiliy o’zgarishlarda doimiy
rivojlanib va murakkablashib borayotgan bozor extiyojlariga moslanuvchan
kichik va o’rta biznesning (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) roli katta
bo’lmoqda. Ana shu o’zgarishlar ta’sirida shakllangan transport-logistika tizimi
o’zida intermodelь (tarmoqlararo) tizimni ifoda etadi, ya’ni aniq yukni bir yoki
bir nechta transport turida eltib beradi. SHuning uchun unchalik katta bo’lmagan
Dostları ilə paylaş: |