O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «tabiiy fanlar va geografiya»



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix26.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#102806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
kurs ishi

Avtomobilь transporti - XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, XX asr 
50-yillaridan boshlab xalqaro transport tizimida asosiy o’rin tuta boshladi va 
ijtimoiy-iqtisodiy xayotning xamda insonlar faoliyatining ajralmas tarkibiy 
qismiga aylandi. Dunyo miqyosida avtomobil yo’llari tobora rivojlanib, sifat 
jixatidan takomillashib bormoqda va o’ziga xos avtomobil yo’llari industriyasi 
xam shakllanmoqda. Jami avtomobil yo’llari 25 mln.km.dan iborat bo’lib, buning 
22 mln. km.qattiq qoplamga va 13 mln. km. takomillashgan yo’llardan iboratdir. 


20 
Mavjud avtomobil yo’llarining 50% AqSH, Xindiston, Rossiya, Yaponiya va 
Xitoyga to’g’ri keladi. SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa va Yaponiyadagi 
avtomobilь yo’llari g’oyat yuqori sifatli va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik 
darajasi jixatidan oldingi o’rinda turadi. Jaxon avtomobil parki yildan-yilga 
avtomobillar bilan mustaxamlanib bormoqda. Agar, 1980 yil jaxon avtomobil 
parki 350 mln. avtomobilga ega bo’lgan bo’lsa, 1990 yil 400 mln. va XX asr 
oxirida bu 500 mln.dan ortib ketdi. SHuningdek, aholining transport 
xarakatchanligida, xalqaro yuk va yo’lovchi tashishda avtomobil transporti 
xissasi ortib bormoqda. 
Yaqin masofalarga yuk tashishning qulayligi va katta xajmda (50-100 t) 
yuk tashuvchi ixtisoslashgan avtomobillarning yuzaga kelishi bilan xalqaro yuk 
aylanmalarida xam (ayniqsa) 30-50 km. (masofalarga) avtomobilь transportining 
xissasi ortib bormoqda. 
Avtomobilь transporti bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda tez 
rivojlanib bormoqda. Ammo, jaxon mamlakatlari o’rtasida AqSH, Germaniya, 
Frantsiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Koreya Respublikasi, 
Turkiya, Braziliya aloxida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda avtomobilь yo’llari 
xozirgi zamon talablariga mos bo’lib, bir tomonlama xarakat, ko’p polosali, 
asfalьt va beton qoplamiga, qulayaylanmalarga xamda xizmat ko’rsatish 
(mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish, mexmonxona-kempinglar, ovqatlanish, 
sog’liqni saqlash muassasalari) shaxobchalariga egaligi bilan ajralib turadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar o’rtasida avtomobilь 
transporti rivojlanganlik darajasi jixatidan Rossiya, SHarqiy-Evropa mamlakatlari 
ajralib turadi. Bu mamlakatlar avtomobilь parklarida yengil avtomobillarga 
nisbatan yuk avtomobillari ko’pdir. Avtombilь yo’llarining uzunligi jixatidan 
Rossiya, zichligi jixatidan xamda sifati jixatidan SHarqiy Yevropa mamlakatlari 
aloxida o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda «O’zDEU» avto 
qo’shma korxonasi turli markadagi yengil avtomobillar, Samarqand shaxrida 12 
modifikatsiyadagi turli yuk va yo’lovchi avtomobillari ishlab chiqarish yo’lga 
qo’yildi. Avtomobilь yo’llari 115 ming.km. bo’lib, 3,2 ming. km xalqaro va 18,8 


21 
ming. km. davlat axamiyatiga egadir. O’zbekistonda Xitoy va Tinch okeaniga 
chiqish imkoniyatini beradigan Toshkent-Andijon-O’sh-Ergashtom-qashqar-
SHanxay xalqaro avtomobilь yo’li qurilishi tugallanish arafasida bo’lsa, 
Afg’onistonda tinchlikning qaror topishi Xind okeaniga chiqish imkoniyatini 
beruvchi xalqaro Termiz-Xirot-Karachi avtomobilь yo’li qurilishining boshlanishi 
ijobiy ta’sir qilishi mumkin. 
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda 
keyingi yillarda avtomobilь transporti tez rivojlana boshladi. Bu jarayon yirik 
avtomobilь yo’llarining qurilishi xamda katta xajmdagi loyixalarni amalga 
oshirish bilan bog’liq bo’ldi. 
Keyingi yillarda yo’lovchi tashishda aholi xarakatchanligining o’sish 
jarayoni va komfortlilikni ta’minlash katta axamiyat kasb etmoqda. g’arb 
mamlakatlarida 40% ga yaqin yo’lovchi aylanmasi mexnat tashrifiga to’g’ri 
kelsa, 70% dan ortiq tashrif shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillarga to’g’ri 
keladi. Turizm maqsadlaridagi yurishlar (shaxar atrofi va shaxar tashqarisiga)
aholida «sifat» o’zgarishlarni ta’minlashdan tashqari, kichik shaxarlar va kam 
rivojlangan xududlarning iqtisodiy saloxiyatini o’sishiga olib kelmoqda. 
SHuningdek, avtomobillashuv jarayoni komfortdan tashqari jamoat 
transportidagi singari qat’iy xarakat grafigining yo’qligi, tasodifiy yo’lovchilar 
bo’lmasligi, yo’nalishlarni erkin tanlash kabi qator qulayliklar bilan bog’liqdir. 
Xatto benzin narxining yuqorilab borishi xam avtomobillashuv sur’atlariga ta’sir 
etmadi. (AqSHda 1 kishiga 600 avtomobilь, Farbiy Yevropada 400-500, 
Rossiyada - 100) va 100 km.ga sarflanadigan benzin sarfini qisqartirish jarayoni 
amalaga oshirildi. 
Avtomobillashuv urbanizatsiya jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib 
uning yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda urbanizatsiyaning yangi 
shakllari sub-, konurbanizatsiya, aglomeratsiyalarning shakllanishi aholining 
avtomobillashuvini yanada kuchaytirmoqda. 
Xozirgi zamon urbanizatsiya jarayoni shaxar va shaxar atrofi yo’lovchi 
aloqalarining rivojlanishi bilan bog’liq. Keyingi 25 yilda AqSHda shaxar 


22 
atroflaridan shaxar markazlariga tashrif 35% dan 10% ga qadar qisqardi. Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlarida esa o’rtacha - 50% shaxarlararo aloqalar yengil 
avtomobillarda (2% yayov, 20% avtobus, tramvay va metropoliten, 15% 
velosiped va moped), 3% shaxar temir yo’llari orqali amalga oshirilmoqda. 
Mutaxassislar 
xisob-kitoblariga 
ko’ra 
informatika 
vositalarining 
rivojlanishi bilan ish yuzasidan tashriflarga bo’lgan extiyojning 20-25%, maishiy 
tashriflar - 50% ga qadar qisqarishi mumkin. 
quvur transporti, neftь va tabiiy gaz zaxiralarini xududiy joylashishi, uni 
qazib chiqarish va iste’mol o’rtasidagi farqlarni yaqqol ifoda etadi. Dunyo 
bo’yicha neftь va neftь maxsulotlari quvurlari 680 ming km, gaz quvurlari esa 1,1 
mln.km.dan ortdi. quvur transporti neftь va neftь maxsulotlari xamda tabiiy gaz 
tashishda boshqa transport vositalariga nisbatan bir qator qulayliklarga egadir. Bu 
qulayliklar avvalo neftь va neftь maxsulotlarini isrof bo’lishining oldini oladi, 
iste’mol rayoniga bir xil va doimiy kelib turishini ta’minlaydi, atrof-muxitni 
ifloslanishini sezilarli darajada kamaytiradi. Magistral neftь va gaz quvurlari 
ayniqsa, AqSH, Rossiya, Markaziy Osiyo respublikalari (O’zbekiston va 
Turkmaniston), Kanada, Meksika, Yaqin SHarq mamlakatlari, Farbiy Yevropa 
mamlakatlarida rivojlangandir. 
Neftь quvurlari asosan neftь qazib chiqaruvchi rayonlar bilan port 
shaxarlarni bog’laydi. Yaqin SHarq mamlakatlaridagi neftь qazib chiqaruvchi 
rayonlardan port shaxarlarga neftь quvurlari tortilgan. Farbiy Yevropada esa port 
shaxarlardan neftni qayta ishlovchi va uni iste’mol qiluvchi rayonlarga neftь 
quvurlari tortilgandir. AqSH neftь quvurlari ichki extiyojlari uchun xizmat qiladi. 
Rossiya deyarli barcha SHarqiy Yevropadagi mamlakatlarni (Ruminiyadan 
tashqari) va Farbiy Yevropadagi mamlakatlarni, Ukraina va Belorusni neftь va 
tabiiy gaz bilan «Do’stlik» va «qardoshlik» neftь va tabiiy gaz quvurlari orqali 
ta’minlab turadi. 
SHuningdek, yuk tashish ishonchliligini oshirish maqsadlarida xalqaro 
axamiyatga molik transport kommunikatsiyalari bilan barobar ishlaydigan 
ikkinchi aloqa vositalari qurish orqali «qaynoq nuqta» larni aylanib o’tilmoqda. 


23 
Jumladan, Suvaysh va Panama kanallariga paralel ravishda yirik neftь quvurlari 
barpo qilindi. O’rta SHarqda Eron tomonidan nazorat qilinadigan Ormuz 
bo’g’ozidan tankerlarni o’tkazishdan qochib, Saudiya Arabistonini Yanbu (qizil 
dengiz) bilan bog’laydigan Transarab neftь quvuri qurildi. Suvaysh kanalidan 
o’tmaslik 
maqsadida 
Sudan-Kamerun 
Transafrika 
neftь 
quvuri 
loyixalashtirilmoqda. Erkin xarakat qilish maqsadida Tansport turlarini 
birlashtirish jarayoni Farbiy Yevopada Janubiy va SHimoliy quvurlar tizimining 
qo’shilishi, La-Mansh bo’g’ozi ostidan «Evrotunnel» ning ochilishi Yevropa gaz 
quvuri «xalqa» sini tashkillashga olib keldi. 

Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin