19
Venetsiya-Lyublyan-Budapesht-Ujgorod-Lьvov; 6) Gdanьsk-Katovitse-Ellin-
Poznanь; 7) Dunay suv yo’li orqali Reyn-Mayn-Dunay kanaliga chiqish; 8)
Durres-Tirana-Sofiya-Plovdiv-Varna;
9)
Xelьsinki-Sankt-Peterburg-Moskva-
Kiev-Buxarest (so’ngra Novorossiysk va Astraxanga qadar) shakllantirilmoqda.
Xelьsinki shaxrida (1997 yil) bo’lib o’tgan uchinchi Panevropa transport
konferentsiyasida transport yo’lkalarini shakllantirish va kuchaytirish loyixasi
tasdiklandi va uchta mintaqaviy transport tizimini - SHimoliy kontinent, O’rta
Dengiz va qora dengiz soxil bo’yini rivojlantirish g’oyasini amalga oshirishga
kirishildi.
Ayni vaqtda, XXI asr boshlarida tobora ko’proq joriy transport
xarajatlariga nisbatan xam yuk tashishning sifat omili muxim o’rin tutmoqda.
Buning yorqin ifodasi butun transport jarayonlariga inqilobiy ta’sir ko’rsatgan
xalqaro konteyner tizimining shakllanishidir. Yiliga dengiz konteyner aylanmasi
70 mln.donaga yetdi va asosiy yuklarning 40%ga yaqinini qamrab olmoqda. Bu
jarayonning aniq ko’rinishi transport aloqalarida ishonchli va kafolatli
transkontinental konteyner «ko’prik» lari, ya’ni dengiz transporti bilan tez yurar
temir yo’l sostavlari, avtopoezdlar (kontreyleri) kombinatsiyasiga asoslangan
Transsibir (Yaponiya-Farbiy Yevropa), Transamerika, Farbiy Yevropa, Yaqin va
O’rta SHarq magistrallarining yuzaga kelishidir.
SHuningdek, temir yo’llarning yangi yo’nalishlarini barpo etish Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotida katta rol
o’ynashdan tashqari bu mintaqa mamlakatlarini dunyo xo’jaligi integratsion
jarayonlarga tortilishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: