2.1.1. Fonetik vositalar Ironik vositalarni ifodalovchi verbal hamda noverbal vositalarni bir necha xil tasniflash mumkin. Noverbal vositalar deganda kinoya, mazax, zimdan kulish holatlarini ifodalovchi sun`iy tabassum, bosh chayqash, miyig`ida kulish kabi holatlar tushuniladi. Ingliz va o`zbek tillarining noverbal vositalari farqlanishi sababli ularni alohida mavzu sifatida o`rganish lozim bo`ladi.
Juda ko`plab ironiya, kinoya, kesatiq, qochiriq va boshqa ironik birliklar fonetik vositalari bilan ifodalanishini kuzatish mumkin. Masalan, nutq tovushlaridan bir yoki bir nechtasining o`zgartirib talaffuz qilinishi, urg`u, ohang yoki intonatsiayning o`zgartilishi bilan ifodalanadigan ironik birliklar o`zbek va ingliz tillarida ko`p uchraydi. Masalan;
“Haa, senga gap yoqdaaa” degan gapdagi “yoqda” so`zining talaffuzida oxirgi unlining cho`zilib talaffuz qilinishi kinoya ma`nosini beradi.
“Achchiqlanma, qariya, hammasi joyida. Jinday hazillashdik, o`zing tushunasan-ku!”
“EEE oshna u yerga otliqlar kira olmaydiyu, sen esa piyoda bo`lib nima qila olarding?”
Voy-vo`y basharani qarang, xuddi oshqovoqning o`ziya?
O`zbek tilidagi turli badiiy matnlardan olingan yuqoridagi kabi misollarni ko`plab keltirish mumkin. Zero o`zbek tilida bunday vositalar ko`plab topiladi.
Ingliz tilida ham fonetik vositalar bilan ifodalanadigan ironik birliklar talaygina. His-hayjon, hayrat holatlarini ko`rsatuvchi vositalar orqali ironik mazmun ifodalanishi mumkin:
“Wow, you are a big fish here. I am very surprised to see you”.
“Oh, my poor Mathilde! Why, my necklace was paste. It was worth at most five hundred francs!”.
Kampenfeldt: You were distinctly heard to remark, "This is a fine country to live in."
Schwab:Oh, no, sir. There's some mistake. No, what I said was, "This is a fine country to live in".
Kampenfeldt:Huh? You sure?
Schwab: Yes sir73.
Kinoya mazmun ifodalovchi fonetik vositalar turli tizimli tillarda turlicha. Ingliz hamda o`zbek tillarining fonetik vositalari farqlanadi.