O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə22/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

Bizning eshon mana shunaqa, lekin ikkita aybi bor: birlamchi, xudo bo‘ydan bergan emas. Xotini bilan «podruchka» qilib ketayotganida, orqasidan ko‘rgan kishi «Eshonni Kifoyatxonga osib qo‘yibdi», deydi...
... Ikkilamchi, xotinidan ko‘p kaltak yeydi. (A.Qahhor).
Yuqoridagi misolda Qalandarovning eshonga bo‘lgan salbiy munosabati (kamsitish, masxaralash) asta-sekinlik (darajali) bilan yuzaga chiqarilgan.
Ironik mazmun ifodalash jarayonini chuqur tahlil etish natijasida ma’lum bo`ldiki, har qanday ironiya mazmuni quyidagi tarzda amalga oshiriladi.
Nutq muallifi tomonidan biror g‘oya — maqsadning qo‘yilishi.
Qo‘yilgan g‘oya yoki maqsadni yorituvchi matn ko‘rinishini shakllantirish.
Matnning umumiy mazmun doirasida qo‘shimcha — yashirin (ironik) mazmunning ifoda etilishi.
Shunday qilib, ironik mazmun ifodalash jarayoni quyidagi uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
Misollar tahlili ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari salbiy munosabatning qay darajada yuzaga chiqishiga qarab, xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ular quyidagilar: kesatik, piching, qochirim, zaharxandalik, kinoya, kulish, masxaralash, mazaxlash, uchuruk, kinoya, ermak, kalaka, sha’ma, luqma, mayna, ilmoq. Bular bir-biridan sub’yektiv salbiy munosabatning qay dara­jada ifoda etilishi bilan farqlanadi. Demak, ular darajalanish xususiyatiga ega.
O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalovchi vositalar doirasi juda keng bo‘lib, ularni tilning barcha satxlari birliklari misolida ko‘rish mumkin. Shunga asoslangan holda, ironik mazmun ifodalovchi lisoniy vositalarni quyidagi tartibda o‘rganishni lozim topdik:

  • Intonasion-fonetik vositalar.

  • Leksik-frazeologik vositalar.

  • Paremik vositalar.

  • Morfologik vositalar.

  • Sintaktik vositalar.

Intonasiya so‘zlovchi nutqidan ko‘zlangan asosiy maqsadni oydinlashtirishga yordam beradi. Masalan:
— Xo‘jayin, besh minutga qo‘shninikiga chiqib kelaman, siz har yarim soatda qozonni kavlab tursangiz!
Qo‘shninikiga besh minutga chiqarmish-u, men xar yarim soatda qozonni kavlab turarmishman! Kamgap-da (laqma ma’nosida)!
Intonatsion-fonetik vositalarning asosiy vazifalaridan biri so`zlovchining voqelikka bo‘lgan turli munosabatlarini ifodalash, shu jumladan, ma’noni kuchaytirish, bo‘rttirishdir. Ma’noni kuchaytirish va bo‘rttirish orqali ham ironik mazmun ifodalash mumkin. Bu holat quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
a) unli tovushlarni cho‘zish;
b) urg`uning ko‘chirilishi;
v) undosh tovushlarning qavatlanishi.
Masalan:
“Magnitofonni qo‘yars-s-iz (agar, qo‘lingiz sinib qolmasa, demoqchi, «Mirzo» teatri). Bu yerda «qo‘yarsiz» so‘zidagi «siz» II shaxs qo‘shimchasining talaffuzi orqali kesatish ma’nosi ifoda etilgan.
O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalashning eng yaxlit va qulay usuli uni leksik birlik orqali ifodalashdir. Til vositalarining tahlili ironiyani leksik bosqichda hamda uni aniqlash mexanizmini boshqa strukturali birliklar misolida o‘rganishga yordam beradi. Iro­nik mazmun leksik bosqichda, ko‘pincha, so‘z birikmasi tarkibidagi biror so‘z bilan yoki alohida olingan so‘z yordamida ifoda etiladi. Masa­lan,
Qalandarov shishani eshonning qo‘lidan olib, qirrali stakanga konyak to‘ldirdi-da, uzatib:
Ma, «volidang» kelguncha yutib ol, keyin biz bilan mayda qilasan! – dedi.
Unaqa demang! — dedi Huriniso eriga xo‘mrayib, keyin Saidaga izoh berdi:
Kifoyatxon bu kishidan uch-to‘rt yosh kattaroq... (A.Qahhor).
Ma`lumki, «volida» so‘zi adabiy tilda «ona» ma’nosida (volidai muhtarama, mening volidam kabi) qo‘llanadi. Yuqoridagi nutq parchasida esa bu so‘z teskari ma’noda, piching orqali xotin - rafiqa ma’nosida qo‘llangan. Bu ma’no faqat mazkur nutq jarayonidagina reallasha oladi. Bu nutqiy vaziyatda Qalandarov Eshonga «xotinining undan katta ekani»ni pisanda qilmokchi. Ko‘rinadiki, ushbu parchada «volida» so‘zi ironik mazmun ifodalashga xizmat qilgan.
Paremalar ham hamma vaqt o‘z ma’nolarida qo‘llanavermaydi. Ulardan ko‘chma ma’noda foydalanish imkoniyatlari juda keng.
Paremalar zamirida tushuniladigan matn ortidagi yashirin ma’nolar ko‘proq salbiy munosabatdan iborat bo‘lib, ko‘chma ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ko‘chma ma’noli paremalarda shakliy mazmun (so‘zlarning bosh, o‘z ma’nosiga asoslangan mazmuni) bilan uning yordamida aytilmoqchi bo‘lgan asosiy mazmun o‘rtasida ko‘chimga asoslan­gan aloqadorlik mavjud bo‘ladi.
Ko‘chma ma’noli paremalarda, ko‘pincha, majoziy ma’nodagi so‘zlar (hayvon, parranda, qush kabi jonzotlarning nomlari) ishlatiladi:

Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin