O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə2/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

Tadqiqot predmeti: Kinoya mazmun ifodalovchi usul hamda vositalarni lingvostilistik xususiyatini o`rganish.
Ishning maqsadi: Ingliz va o`zbek tillarida kinoya mazmun ifodalovchi usul hamda vositalarni chog‘ishtirib o`rganish orqali ularning umumiy va differensial xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqot metodlari: Chog`ishtirma tahlil, leksikologik, deskriptiv, distributiv, tasniflash va statistik kabi metodlardan foydalanilgan.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
Ingliz va o`zbek tillarida kinoya mazmun ifodalovchi usul hamda vositalarni chog`ishtirib o`rganish orqali ularning o`xshash va farqli jihatlari ajratildi.
Ironik mazmun ifodalovchi (intonasion-fonetik, leksik-frazeologik, morfologik, sintaktik) vositalar tahlil qilindi va tartibga solindi;
Ironik mazmun ifodalash usullari o‘rganildi va ularning turlari (kinoya, piching, qochiriq, kesatiq, uchuruq,...) darajalandi;
Ironiya ifodalash jarayoni va bosqichlari ko‘rsatib berildi;
O‘zbek tilshunosligida birinchi marta ironik mazmunning lingvostilistik xususiyatlari monogra­fik tarzda tadqiq etildi.
Ironiyaning badiiy tasvir vositalari tizimida tutgan o‘rni aniqlandi;
Ironik mazmun ifodalovchi vositalarning lingvostilistik xususiyatlari o‘rganildi.
Amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqotning ilmiy ahamiyati chog`ishtirma tilshunoslik sohasida olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan olingan natijalar ingliz va o`zbek tilshunosligida milliy va madaniy xususiyatlarni ochib berishi bilan izohlanadi.
Tadqiq etilayotgan dissertstsiyadan oliy ta’lim muassasalaridagi filologiya fakultetlari yuqori kurs talabalari uchun olib boriladigan leksikologiya, va chog`ishtirma tilshunoslik darslari uchun qo`llanma sifatida foydalanish mumkin. Qolaversa ingliz va o`zbek tillarining kinoya ifodalovchi vositalari va usullari haqida uslubiy qo`llanma yaratilishi va uning keng ommaga, xususan mutaxassislar uchun qo`llanma sifatida taqdim etilishi ushbu tadqiqotning amaliy ahamiyatini ko`rsatib beradi.

Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin