O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə6/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

Stilistika (yun. stylos – yozuv, xat tayoqchasi), uslubshunoslik, uslubiyat – tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi2.
Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.
Zamonaviy stilistika turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, stilistikaning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obʼyektiv asosiga ega. Stilistika til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻliqdir. Stilistika oʻz navbatida funksional stilistika, lisoniy birliklar stilistikasi, matn stilistikasi, badiiy adabiyot (badiiy nutq) stilistikasi, amaliy stilistika, qiyosiy stilistika, tarixiy stilistikasi kabi turlarga boʻlinadi3.
Funksional stilistika adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksional uslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional stilistika nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksional uslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi.
Lisoniy birliklar stilistikasi adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar stilistikasi bir tomondan funksional stilistika bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn stilistikasiga juda yaqin turadi.
Jahon tilshunosligida stilistikani tilshunoslikning bo`limi sifatida o`rganish borasida qator tadqiqotlar olib borilgan.
Ingliz tilshunosligida stilistikani o`rganish bo`yicha P.Simpson, L.Jeffries, D. Freeman, Ch. Gregoriou 4 kabi olimlarning ishlari bu borda dastur-ul amal bo`lib xizmat qilmoqda. Shunigdek, ingliz tili stilistikasi bo`yicha qator darslik va o`quv qo`llanmalari yaratgan rus hamda o`zbek olimlari I.R.Galperin, Q.Musayev, D.Ashurova, M.Galieva, N.N. Panjiyeva5 kabi olimlarning ilmiy-uslubiy ishlari ham universitetlarimizda asosiy adabiyotlar sifatida o`qitilmoqda.
Bugungi kunga qadar o‘zbek tilshunosligida stilistikaning juda ko‘plab masalalar atroflicha, chuqur tahlil qilingan va hozir ham ularni o‘rganish davom etmoqda. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, o‘zbek tilshunosligida stilistikaning bu kungi rivojida Gʻ.Abduraxmonov, M.Sodiqova.I.Qo`chqortoyev, A.Shomaqsudov, S.Karimov, B.Umurqulov, U.E.Qilichev, D.U.Ashurova, S.Sultonsaidova, O`.Sharipova 6 kabi ko‘plab o‘zbek tilshunoslarining xizmatlari katta.
Chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jamiyatimiz hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda. Sodir bo‘layotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi qiyofasini o‘zgartirib yubormoqda. Albatta bular olimlar oldiga yangidan-yangi masalalarni atroflicha o‘rganish vazifasini qo‘ymoqda.
Ingliz tilining leksik stilisitik uslublar haqidagi ma`lumotlar I.R. Galperin, D.Crystal, I.V.Arnold, Q. Musaev, L.Boboxonova kabi olimlarning ishlarida o`z ta`rifini topgan7. Shuningdek, ko`plab boshqa olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ham ironiya leksik-stilistik uslublar qatorida o`rganilgan va unga turlicha ta`riflar keltirilgan: “The word “irony” comes from the Greek character Eiron, who was an underdog and used his wit to overcome a stronger character. The Greek word eironeía derived from this character and came to mean “dissimulation” or “purposely affected ignorance.” The word then entered Latin as ironia, and eventually became common as a figure of speech in English in the 16th century.
O‘zbek tilshunosligida ham chuqur o‘rganilmagan va yechimini kutayotgan talay masalalar mavjudki, ular orasida ironik mazmun ifodalash usul hamda vositalari muhim ahamiyatga molikdir.
Bugungi kunda boshqa fanlar qatori, tilshunoslik fanida ham chuqur izlanishlar olib borish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Hali o‘z yechimini topa olmagan, bugungi kunimiz uchun dolzarb hisoblangan masalalar anchagina.
Biz mazkur tadqiqotimizda tasviriy ifoda vositalaridan biri bo‘lgan ironik mazmun ifodalash (kinoya, kesatiq, piching, qochiriq, uchuruq ...) usullari va vositalarini lingvostilistik nuqtai nazardan o‘rganishni maqsadga muvofiq deb bildik. Zero, tilshunoslik fani munosabatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochib berishdan iboratdir. Bu masala bo‘yicha chet el va rus tilshunosligida qator tadqiqotlar olib borilganlar8.
O‘zbek tilshunosligida ham ushbu muammo yuzasidan dastlabki qadamlar qo‘yilgan va ayrim umumiy fikrlar aytilgan2. Ammo bu ma­sala maxsus monografik planda o‘rganilmagan.
Ingliz tilida ironiya stilistik vosita sifatida nisbatan chuqur o`rganilgan. Lekin nutqning xillma-xilligi, hamda turli vaziyatlarda voqelanishiga ko`ra yangi uslubiy vositalar shakllanib boraveradi. Shu nuqtai nazardan zamonaviy ingliz va o`zbek tillarining ironik vositalarini o`rganishga jazm qildik.

Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin