O'z nutqini jonli qilish uchun odamlar ko'pincha turli xil stilistik vositalarga murojaat qilishadi va nutqning turli burilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun ironiya bir nechta kichik turlarga bo'linadi.
Ulardan birinchisi yashirin yoki aniq. Biror kishi masxara qilishning haqiqiy ob'ektini ko'rsatishni xohlamasa, uni parda qiladi. Bu komediyachilar orasida tez-tez uchraydi, chunki ular o'zlarining sahnalarida hukumat apparatiga ta'sir qiladilar. Ya'ni, ular aynan kimni masxara qilayotgani to'liq aniq emas.
Aniq ironiya ma'lum bir shaxs yoki ob'ektga qaratilgan. Ko'pincha, bu masxara qilish usuli do'stlar orasida qo'llaniladi.
Ikkinchi turdagi kinoya muloyimroqdir. Birinchi variantda masxara hech qanday salbiy ma'noga ega emas. Biror kishi shunchaki kulgili tasodifni sezadi va raqibini xafa qilishni xohlamaydi.
Aksincha, uni qo'llab-quvvatlash uchun vaziyatga o'ynoqi ohang berishga harakat qiladi. Ammo qattiq bayonotlarni yengil istehzo deb hisoblash mumkin emas. Ushbu shakl juda maqbul deb hisoblanadi, ammo baribir qo'pol va haqoratli ko`rinadi.
Odatda ironiya maqtov so'zlarida namoyon bo'ladi. Bizning oramizda sevganimiz tomonidan aytilgan bunday so'zlarni eshitmaganmiz.
Keling, bir misolni ko'rib chiqaylik. Bola vazani sindirib tashladi va u buni ataylab qilmadi, bolaning o`ynab turgan koptogi nogahon unga tegib, sindirdi. Ona esa bolani tanbeh qilish ma'nosiz ekanligini tushunadi. Vaza shkafda turardi va hech kim bolaning unga yetib borishini tasavvur qila olmagan. Bu holatda, onaning istehzodan tashqari: «Yaxshi, yaxshi», deb qoyishini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Agar istehzoga keng ta’rif bersak, o‘z navbatida uni hazilkash mulohaza sifatida tavsiflashimiz mumkin. Bundan tashqari, ikkinchi omil juda muhim rol o'ynaydi.
O`zbek tilida ironiyaning quyidagi shakllari uchraydi:
To'g'ridan-to'g'ri ironiya- tasvirlangan hodisani kamsitish, salbiy yoki kulgili xarakter berish usuli.
Ironiyaga qarshi to'g'ridan-to'g'ri istehzoga qarama-qarshi bo'lib, anti-ironiya ob'ektini kam baholangan deb ko'rsatishga imkon beradi.
O`z-o'ziga istehzo shaxsiga qaratilgan ironiya. O'z-o'ziga istehzo va anti-ironiyada salbiy bayonotlar teskari (ijobiy) ma'noni anglatishi mumkin. Misol: «Biz, ahmoqlar, qayerda choy ichamiz».
Istehzoli dunyoqarash - bu e'tiqodga umumiy bayonotlar va stereotiplarni qabul qilmaslik va turli «umumiy tan olingan qadriyatlar» ni juda jiddiy qabul qilmaslik imkonini beradigan ruhiy holat54.
O‘zbek tilshunosligida ironik mazmun jarayoni (ironizasiya)da sub`yektiv baho ifodalashning lisoniy vositalari maxsus o‘rganilmagan. Uning reallashuv mexanizmini aniqlash borasida to‘liq bir ma’lumot yo‘q.
Ironiyaga, asosan, salbiy munosabat ifodalanadi. Ironik munosabatni modallik kategoriyasi doirasida qarash lozim. Nutq birliklarining o‘zaro aloqasini ta’minlovchi, zanjir-ko‘prikdir. Ironiya nutq xodisasi sifatida xususiy, yolg‘iz sub`yektiv baho anglatib modallikning salbiy ko‘rinishi hisoblanadi.
Ironik mazmun kontekst bilan chambarchas bog‘liq. Kontekstni tushunish nafaqat kommunikasiyaning amalga oshish sharoitini anglashga, balki xar bir birlikni bir butun matn yordamida tahlil qilishga imkon yaratadi. Buning natijasida kontekstual semantika tushunchasi kelib chiqadi.
Kontyekstual semantika kontekst turlarini tasnif kilishga yordam beradi. Kontekstual semantika, ironik ma’noni aniq va to‘liq tushunishga yordam beradi. Kontekst bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish badiiy asar mazmunini to‘gri anglash imkonini beradi.
Hozirgi zamon tilshunoslari matn va uning qurshovi bilan bog‘liq kategoriyalarni aniqlash borasidagi izlanishlarni tobora kengaytirmoqdalar, shu jumladan, o‘zbek tilshunosligida pragmatik ma’no ifodalash usullarini o‘rganish yuzasidan ham dastlabki qadamlar qo‘yildi55.
Bizningcha, ironiyadek keng qamrovli hodisani o‘rganishda til vositalarining tabiiy aloqa muhiti bilan bog‘lab olib borish lozim. Bunday holatda badiiy matnning o‘ziga xos strukturasi o‘rganiladi. R.Bartning fikriga har bir bosqich birliklari ma’nosini aniklash faqat keyingi bosqich birliklari orqali, ya’ni iyerarxik munosabat ko‘rinishida amalga oshiriladi56.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘zbek tilshunosligida ironiyaga bag‘ishlangan maxsus tadqiqot qilinganicha yo‘q. Lekin ayrim tadqiqot va monografiyalarda mazkur masala yuzasidan fikrlar bildirilgan. Jumladan, R.Qo‘ng‘urov «so‘z va iboralarni kesatiq, piching bilan o‘z ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishiga ironiya priyomi deyiladi»57 deb yozadi.
M. Mirtojiyev «kinoya usuli bilan hosil qilingan ma’no faqat okkazional ma’no doirasiga oiddir», deb ta’kidlaydi58.
A.Abdullayev o‘zining «O‘zbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli» nomli monografiyasida ironiya usulini qo‘llash va foydalanishdan asosiy maqsad fikrni o‘ta taosirchanlik bilan o‘tkazishga erishishdir», deydi59.
Ironiyaga lingvo-estetik kategoriya sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi degan g‘oya S.A.Karimov tomonidan ilgari suriladi60.
G.Z.Toxirovninig «O‘zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo‘lishi va ularda sub`yektiv munosabatning yuzaga chiqishi» nomli tadqiqotida ironiya lingvistik xodisalar qatoriga kiritilmaydi. «U sof nutqiy, uslubiy vositadir. U tushunchani piching-uchuruq vositasida yetkazishga xizmat qiladi» degan fikrga duch kelamiz61.
Ko‘p tilshunoslar, masalan R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Yo.Tojiyev, H.Homidiy, A.Hojiyev... kabilar ironiyaga deyarli bir xil ta’rif beradilar, ya`ni so‘z va iboralarning kesatish, masxaratomuz kulish niyatida o‘z ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi ironiya ekanligini qayd etadilar62.
Kinoya, – deb yozadi Sh.Abdurahmonov, – bevosita maqsadli, tagma’noli matnda hosil bo‘ladi. Kinoya zaminida o‘z navbatida, tanqidiy kulgi yotadi. Tadqiqotchining fikricha, matndagi til birliklarning kinoyaviy ekanligini anglashda, shuningdek, kulgi hosil bo‘lishda presuppozisiya ham muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, paronomaziya xodisasi maxsus kinoyaviy kulgi hosil qilishda alohida ahamiyatga ega.63 Mavjud adabiyotlarda ironiya haqidagi fikrlar shuni ko‘rsatadiki, ironik mazmun ifodalanishi haqida ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarash tarafdorlari so‘z va iboralarni ko‘chma ma’noda qo‘llash orqali ironiya xosil bo‘ladi, desalar, ikkinchi qarash tarafdorlari ironiyani so‘z va iboralarni alohida, maxsus qo‘llash usuli sifatida baholaydilar. Bizningcha, bu ikki qarash bilan bog‘liq fikrlar o‘zaro zid emas, balki bir-birini to‘ldiradi va ironiyani kengroq doirada o‘rganishga yo‘l ochadi.
Ma’lumki, ironik mazmun til vositalari yordamida ifoda etiladi. Ironik mazmun fonetik-intonasion, leksik-frazeologik, morfologik xamda sintaktik birliklar orqali ifodalanadi.
Hozir o`zbek tilshunosligida til va nutq birliklarining semantik xususiyatlari, uning nazariy asoslari keng qamrovda tadqiq etilmoqda. Bu o‘rinda Respublikamiz mustaqilligi davrida yaratilgan «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi»64, «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi»65 kabi monografik ishlar alohida diqqatga sazovordir. Bu ishlar nutq birliklarining mazmuniy mundarijasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni atroflicha, keng va chuqurroq o‘rganishga yo‘naltiruvchi tadqiqotlar sifatida ahamiyatga molikdir.
Hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri, sintaktik butunliklarning yashirin mazmun ifodalash xususiyatidir. Nutq birligining yashirin mazmun ifodalash xususiyatini o‘rganish lingvistik tadqiqotning pragmatik aspekti doirasiga kiradi.
«Inson faktori», ichki ruhiyati, hayajoni pragmatikaning asosiy tekshiruv ob’yekti sanaladi66.
Inson o‘z faoliyatining verbal va noverbal ko‘rinishlari asosida namoyon kiladi. Bunda uning nutqiga singib, korishib ketuvchi va uning nutqiy axloqini, namoyish etuvchi ichki xolati xam sezilib turadi.
Inson verbal vositalar yordamida o‘z fikrini ifoda etar yoki o‘zgalar fikrini qabul qilar ekan, ana shu nutqiy jarayonda tinglovchining ichki his-tuyg‘ularini sezadi. Bu his-tuyg‘ular uning nutqida oshkora, ba’zida yashirin xolda amalga oshiriladi. Bu esa uning biror voqea, hodisa, fikrga nisbatan hususiy munosabatini belgilaydi. Bunday xususiy munosabatlardan biri ironik mazmun – munosabat ifodalashdir.
Voqea, hodisa, yoki u haqidagi fikrga bo‘lgan xususiy munosabat ba’zan ochiq aytilmay, yashirin tarzda ifoda etiladi. Uslubshunoslikda nutq jarayonida suxbatdosh harakati yoki holatiga nisbatan bildiriladigan ichki yashirin salbiy munosabat ifodalash usuli ironiya deb ataladi.
Demak, ironik munosabat biron fikr yoki maqsadning til birliklari vositasida to‘g‘ri va ochiq aytilmasdan, teskari, ko‘chma ma’noda qandaydir bir ishora yordamida tushuniladigan mazmuni bo‘lib, u tilshunoslik fanida «tagmatn» atamasi ostida o‘rganiladi. Tagmatn fikrning to‘liq ifodalanmay qolgan qism, bo‘lagi bo`lsa, so‘z yoki birikmani nutqda ko‘chma ma’noda qo`llash orqali yuzaga chiqariladigan ikkinchi plandagi asosiy maqsad asosidir.
Tagmatn «fikrning so‘zlar vositasida ifodalanmagan, lekin nazarda tutilgan botiniy bayon mazmuni»dir.
O`zbek tilida ironiya o`ranishda Farg`ona davlat univeristetning olimasi E.I. Ibragimovaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. U kishi tomonidan 2001 yilda himoya qilingan “O`zbek tilida ironiya va ironik mazmun ifodalanishining usul hamda vositalari nomli nomzodlik dissertatsiya ishi mazkur mavzudagi eng yirik ish bo`lib, o`zbek tilida ironoyani o`rganish bo`yicha olib borilgan tadqiqotlarni umumlashtirgan. Unda badiiy tasvir vositalari tizimida ironiyaning tutgan o`rnini belgilash, ironik mazmun ifodalovchi lisoniy vositalarni aniqlash, ironiyaning darajalanish xususiyatlarini ochib berish, ironik mazmun ifodalashda kontekstning rolini ko`rsatish, ironik mazmun ifodalash jarayoni va uning bosqichlarini aniqlash kabi muhim vazifalar ko`rib chiqilgan67.
Albatta ushu ish bizning mazkur dissertatsiyamizga yaqin bo`lsada, bizning ishimizda ironiya hamda ironik mazmun ifodalovchi vositalar ingliz tili bilan chog`ishtirilib o`rganilayotganligi bilan dorlzarbdir. Bunda biz albatta ishni yangi misollar bilan boyitishga harakat qildik. Zero til har kuni boyib, rivojlanib boradi.
O‘zbek badiiy uslubining shakllanishi va taraqqiyotida har bir janr, har bir badiiy stilistik – tasviriy vositalarning alohida o‘rni va xizmati bor.