Abu Nasr Forobiy
|
-O’rta Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanishtirgani tufayli ulug’lanib “Al-Muallim as-Soniy” (Aristoteldan keyingi “Ikkinchi muallim”), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
|
Al-Muallim as-Soniy
|
- Aristoteldan keyingi “Ikkinchi muallim”, “Sharq Arastusi”
|
Al-iksir
|
- arabcha “quruq” ma’nosini anglatadi. Yunonlik faylasuflar bu moddani xerion deb atashgan bo’lsa, evropaliklar tilida eliksir degan shaklga aylangan
|
Alkagesti
|
– arabcha universal erituvchi.
|
Alkimyo
|
- arablar “kimyo” so’zi oldiga, arab tiliga xos “al” qo’shimchasini qo’shib kimyoni “alkimyo” deb ataganlar.
|
Alkimyo davri
|
- eramizning IV-XVI asrlari bo’lib, bu 1200 yillar davomida alkimyogarlar kimyoning mo’jizalaridan foydalanib, uchta vazifani o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi
|
Alkimyodan ilgarigi davr
|
- bu davr insoniyat ongli hayoti boshlangandan eramizning IV asrigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi va hunar kimyosi davri deyiladi.
|
Amalgamalar
|
- metallarning simob bilan qotishmalari, ular qattiq va suyuq bo’lishi mumkin.
|
Atomos
|
- bo’laklarga bo’linmaydigan zarracha
|
Bayt ul-Hikma
|
- “Donishmandlar uyi” akademiyasi, Xalifa Xorun ar-Rashid og’li al-Ma’mun davrida uyushtirilgan va butun dunyodan olimlar jalb qilingan
|
Buroq
|
- bura yoki soda
|
Galmey
|
– to’tiyo, mis (II) sulfat
|
Gerber
|
- Jobir ibn Xayyon
|
Jobir ibn Xayyom
|
- arab alkimyogari, matematika, tabobat, kimyo fanlari bilan ham shug’ullangan.“Yetmishlar kitobi” da oddiy haydash, quruq haydash, eritmalar tayyorlash, qayta kristallash, nitrat kislota, kumush nitrati, novshadil, sulema olish, metallarni suyuqlantirish kabi kimyoviy amallarni aniq bayon qilgan.
|
Zanjara
|
–mis (II) asetati
|
Isfidoj
|
- qo’rg’oshin bo’yo’gi
|
Kibrit
|
- oltingugurt
|
Kindiy
|
- Abu Yusuf bin Isoq al-Kindiy, mashhur arab faylasuf, matematik, astronom va tabibi, Sharq peripatetizmi (aristotelizm) asoschisi.
|
Kimyoning birlashish davri
|
- XVI-XVIII asrlarni o’z ichiga olgan davr, bu davr to’rtta bosqichdan iborat deb qabul qilingan
|
Materiya elementlari
|
- tuproq, olov, suv, havo, shakl, fazo, vaqt, harakat.
|
Miksis
|
- Aristotelning fikricha, kimyoviy birikma - bir jinsli gomogen va yaxlit sifatga egadir
|
Mineralogiya
|
- qimmatbaho toshlar haqidagi fan, Abu Rayhon Beruniy asari
|
Miqdoriy qonunlar davri
|
- XIX asrni o’z ichiga olgan davr, bu davrda kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari, atom-molekulyar ta’limot yaratilgan.
|
Mo ba’da at-tabia
|
- metafizika
|
Ratsionalizm
|
- kimyoviy rivojlanishning bu bosqichida o’zaro aloqalarni aniqlashga harakat qiladi, misol uchun kimyoviy tuzilish bilan xossalar orasidagi uzviy aloqalar. Bilishning bu jarayonida ong oliy rivojlanishning asosiy manbai deb hisoblanadi.
|
Sinflash
|
- har qaysi fanning asosiy funksiyasidir, dastlabki kimyoviy sinflanishda moddalarning fizik holati va xossalariga qaralgan.
|
Sunjurf
|
- kinovar, simob (II) sulfid
|
Tizimlashtirish
|
- sinflarga ajratishdan ko’ra chuqurroq umumlashtirishdir, uning yo’rdamida ilmiy nazariyada bashorat qilish mumkin.
|
Fan
|
- insoniyat faoliyatining sferasi, u bilimlarni yig’adi, tizimlashtiradi va umumlashtiradi. Shartli ravishda uchga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, gumanitar.
|
Farmakognoziya.
|
- Kitob us-Saydana fi-t-tib, Beruniy asari
|
Flogiston
|
- yunoncha “flogiston” so’zi yonuvchi demakdir)
|
Flogiston nazariyasi
|
- 1700-yilda G. Shtal (1659-1734) tomonidan ilgari surilgan, yonish, oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini noto’g’ri izohlovchi nazariya
|
Empirizm
|
- bilimning yagona manbai hissiyot natijasida tajribalar orqali yig’ilgan ilm deb sanaydi. Bu bosqichda qaysi reaksiyalar qanday amalga oshdi deb kuzatiladi.
|
Qatronlash
Qarastun
|
- distillangan suv olish
- rimliklar tarozisi yoki shayinli tarozi
|
|
|
|
|