O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə28/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

Mirzo Ulug’bek
Amir Temurning sevikli nabirasi - Muhammad Tarag’ay 1394- yil 22-martda Sultoniya shahrida Shohruh oilasida dunyoga keldi. Amir Temur Xitoyga qilgan yurishi paytida 1405-yil 18-fevralda O’tror shahrida vafot etdi. 11 yoshli Ulug’bek ana shu vaqtda ham bobosining yonida, qo’shinda bo’lgan. To’rt yillik taxt uchun urushlardan keyin Shohruh mirzo g’olib keldi va Ulug’bekni Samarqand taxtining hokimi deb e’lon qildi. Ammo u ilmga intilar, asosan astronomiyaga qiziqar edi.
Ulug’bek o’sha zamonda ilmiy fikrning markazini Samarqandda barpo etishga ahd qildi. Shu maqsadda u Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda uchta katta madrasalar qurdirdi. 1417-yilda Buxoroda qurilgan Ulug’bek madrasasi hozirgacha saqlangan, uning peshtoqiga “Ilmga intilish har bir musulmon erkak va muslimaning vazifasidir” degan so’zlar yozib qo’yilgan.
Ulug’bek madrasalar bilan birga 1420-1423-yillarda Samarqandning Kuhak tepaligida observatoriya barpo etadi. Unga o’sha vaqtning mashhur astronomlari Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin Jamshid rahbarlik qilganlar. Ularning vafotidan keyin observatoriyadagi ilmiy ishlarga Ulug’bekning o’zi va talantli yosh olim Ali Qushchi rahbarlik qildi. Ulug’bek observatoriysiada olib borilgan ilmiy ishlar natijasida “Ziji Jadidi Ko’ragoniy” nomli asar yaratildi. U 4 qismdan iborat. Ulug’bek asarlari Angliyada lotin tiliga, Parijda fransuz tiliga tarjima qilingan.
1449-yili shahzoda Abdullatif Samarqand yaqinida otasi qo’shinini tor-mor etadi. Shu yili 27-oktyabrda hajga otlangan Ulug’bekning boshi qilich bilan Abbos tomonidan judo qilinadi. Ulug’bekning fojeali o’limidan keyin olti oy o’tgach Abdullatifning o’zi ham o’ldirilali. Bu davrda parokanda bo’lgan olimlar birin-ketin Samarqanddan turli tomonlarga tarqalib keta boshlaydi.
Ali Qushchi. Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474-yy.) Ulug’bek observatoriyasida ishlab, quyosh sistemasi jismlari harakatini ilmiy asosda tushuntirib bergan. “O’z zamonasining Ptolomeyi” degan nom olgan olim Ali Qushchi ham Makkaga haj qilish bahonasi bilan Samarqandni tark etadi va Istambulga ko’chib ketadi. Bu yerda Ulug’bekning astronomik jadvalini nashr etib juda katta ish qilgan. Shuningdek Ali Qushchi matematikaga doir bir necha (“Arifmetikaga oid risola”, “Kasr sonlar haqida risola”) asarlar muallifidir.
Ahmad Donish. Buxorolik Ahmad Donish (1827-1897-yy.) XIX asrdagi eng bilimdon ma’rifatparvarlardan biri edi. U Buxoro amiri Nasrulloxonning elchilari hay’atida dastlab 1856-yili Peterburgga bordi, keyinchalik yana ikki marta safar qilib, Rossiya hayoti bilan tanishdi. ahmad Donish O’rta Osiyo madaniyati tarixida o’zining qomusiy olimligi, faylasuf va shoir, xattot va muallim, davlat arbobi va diplomat, astronom va geografligi bilan mashhur bo’ldi. Ahmad Donish bir risolasida: “Biz obod qilish uchun, daryo va dengizlarni tekshirib o’rganish uchun, yer yuzidagi hamma boyliklarni ochish va undan foydalanish uchun, dunyoning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”,- deb yozgan edi.
Shuni xulosa qilish mumkinki, O’rta asrlarda Turkiston, xususan O’zbekistonda kimyoviy fikr va dunyoqarash yuqori bo’lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida Turkiston hududida IX-XI asrlarda mis (Zarafshon, So’x, Oloy, Navkent, Isfara tog’lari, Olmaliq, Oqtosh va Oqsuvda), qo’rg’oshin va kumush (Qo’rg’oshinkon va Oltintopgan), qalay (Turkiston tog’lari, Chirchiq, Sayram, Shahrisabz) ruda konlari topilib, ulardan metall olish yo’lga qo’yilganligini eslatib o’tish kifoya.
Demak, kimyo fanini o’rganishni boshlashda kimyo o’qituvchisi kimyo fani tarixi va fan rivojiga ajdodlarimiz qo’shgan ijodiy hissasi va ularning tarixiy ahamiyati haqida alohida to’xtab o’tishi lozim.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin