Tayyorlov bosqichi: 1.1. Dars maqsadi: Kimyo tarixi fanining mazmun va mohiyati bilan hamda uning davrlarga ajratilish xronologiyasi bilan tanishtirish; qadimgi davrlarda amaliy kimyo yo’nalishlari, qadimgi yunon olimlarining matеriya tuzilishi to’g’risidagi fikrlarini tahlil qilish; kimyo dеgan nomning kеlib chiqish tarixi bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.2.1.Kimyo tarixi fanining vazifasi, mazmun va mohiyatini o’zlashtiradi;
1.2.2. Qadimgi davrlarda amaliy kimyo yo’nalishlari - rudalardan metallarni ajratib olish, matolarni bo’yash, sovun pishirish kabilar haqida tushunchaga ega bo’ladi;
1.2.3. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilariing kimyoviy bilimlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi;
1.2.4. Qadimgi yunon olimlarining matеriya tuzilishi to’g’risidagi fikrlarini tahlil qila oladi va ma’lumot beradi;
1.2.5. Kimyo dеgan nomning kеlib chiqish tarixini o’zlashtirib oladi;
2.6. Qadimgi zamondan- bizning eramizning IV asrigacha dastlabki kimyo predmeti haqida tasavvurga ega bo’ladi va uni shakllantiriradi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar:Tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy fanlar. Kimyo tarixi fani. Empirizm. Misr, Xitoy, Assiriya, Hindiston bronzasi. Kinovar. Simob-oltingugurt nazariyasi. Qadimiy yetti metall va belgilari. Materiya. Materiya elementlari. Atom, molekula, miksis- kimyoviy birikma. Hydrargerum-suyuq kumush (simob).