O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Kimyo dеgan nomning kеlib chiqish tarixini o’zlashtirib oladi; 1-savol bayoni



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə8/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

1.2.5. Kimyo dеgan nomning kеlib chiqish tarixini o’zlashtirib oladi;


1-savol bayoni: Hozirgi zamon fani nima uchun va qanday qilib yutuqlarga erishganligini uning rivojlanish tarixidan izlash kerak. Ko’pchilik fanlar ichida alohida o’ringa ega bo’lgan kimyoni juda qadimiy va shu bilan birga moddiy dunyoni anglashda yosh fan deb qarash mumkin.
Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak-atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqotda bo’lib, unga kimyo vositasida ta’sir etganlar hamda o’zlari uchun zarur bo’lgan xom-ashyo va mahsulotlar olganlar. Bunga misol sifatida olov yoqish, metall eritish, shisha va sopol pishirish, ipak va gazlamalar uchun bo’yoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va hokazolarni aytish kifoya.
Ana shu ma’noda kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi hisoblanadi. Kimyo amaliy faoliyat sohasidan hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ladi.
Shu sababli hozirgi ilmiy kimyo bilimlarining nisbatan yosh tarmog’idir.
Kimyo tarixchilari orasida kimyo taraqqiyotining tarixiy bosqichlari haqida yagona fikr yo’q, qadimiy kimyogar-amaliyotchilarning yutuq va kashfiyotlari ochilish vaqti aniq isbotlanmagan. Kimyo tarixini davrlarga ajra­tish uning alohida bosqichlarini ifodalashga yordam beradi. Butun dunyo kimyogar olimlari, jumladan italiyalik M. Djua kimyo tarixini quyida keltirilgan beshta katta davrga bo’lishni taklif qildilar.
1. Kimyoning alkimyodan avvalgi davri. Bu davr dunyoda madaniyat boshlanishidan tortib to IV asrga qadar davom etgan. Bu davrda tajribada qo’lga kiritilgan bilimlar avloddan avlodga o’tib kelgan. Ularni birlashtiruvchi tushunchalar hali yaratilmagan edi. Xomashyolardan mis, bronza, temir, shisha, bo’yoq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish asosini tashkil etgan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limot ko’pming yillik tarixga ega. Insonlar juda qadim zamonlardan beri oltin, simob, kumush, oltingugurt kabi elementlarni, osh tuzi, achchiqtosh kabi murakkab moddalarni yaxshi bilganlar.
Amaliy kimyo Miloddan qariyb 4000 yil ilgari Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida rivojlana boshlaydi. Amaliy kimyoviy bilimlar Misrdan qadimgi dunyoning turli qismlariga tarqalgan. «Kimyo» so’zining kelib chiqishi haqida ikkita fikr bor: birinchisi: «Kimyo» - bu arab tilida «qora» degan ma’noni bildiradi; bu so’z Nil daryo bo’ylaridagi qora tuproqli joylarda amaliy kimyo taraqqiy etganidan kelib chiqqan bo’lsa kerak; ikkinchisi: «kimyo» so’zi yunoncha so’z bo’lib, asl metallar ishlab chiqarish texnologiyasini bildiradi,
Bu davr hunar kimyosi davri ham deyiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin