O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə10/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

Muhokama uchun savollar:
1.1.1. Kimyoning rivojlanish bosqichlarini sanab bering
1.1.2. Qadimgi dunyoda yashagan odamlar kimyoviy moddalarni bilishganmi?
1.1.3. 1.1.4. Tabiatshunoslik fanlari, ayniqsa, kimyoviy bilimlar qaysi mamlakatlarda shakllandi?


2-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilariing kimyoviy bilimlari, qadimgi davrlarda amaliy kimyo yo’nalishlari, “Kimyo” atamasining kelib chiqishi to’g’risida ma’lumot berish, bilim va malakasini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Ibtidoiy tuzum davrida kishilariing kimyoviy bilimlari haqida tushunchalar beradi.

      2. Qadimgi davrlarda amaliy kimyo yo’nalishlarini va ularning rivojlanish markazlarini sanab beradi.

      3. “Kimyo” atamasining kelib chiqishi to’g’risida ma’lumot beradi.

      4. Qadimiy metallarning samo jismlari bilan bog’lanishi sabablarini izohlaydi.

2-savolning bayoni:
Ibtidoiy jamoa odamlarining deyarli kimyoga ehtiyoji bo’lmagan. Dastlabki tuzdan foydalanish tajribasi uzoq yillar davomida shakllangan. Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj hayvon terilariga ishlov berishning eng sodda variantlarini yaratishga olib keldi. Undan so’ng bir necha ming yillar da­vomida insoniyat o’tdan foydalanishni o’rgandi. Gulxan tosh davri uchun birinchi kimyoviy laboratoriya edi. Insoniyat o’tdan foydalanish va pishirilgan narsalar ta’mining o’zgarishini bilgach, pishgan loy qattiqligining ortishiga e’tiborini qarata boshladi. Inson asta-sekin o’z atrofidagi nar­salar: yog’och, o’simliklar, hayvonlarning suyaklari, toshdan foydalanish sirlarini o’rgana bordi. Tosh ulardan eng qattiq va mustahkami bo’lgani uchun toshlardan qilingan turli-tuman asboblardan foydalana boshladilar. Shuning uchun ham biz bu davrni tosh davri deb tarixda qayd qilamiz. Faqat ovchilik emas, endi inson yerga ishlov berish, o’simliklarni o’stirish va uning hosilidan bahramand bo’lish yo’llarini o’rgandi. Ekilgan o’simlik hosillarini o’rib olish uchun insonning bir joyda yashash ehtiyoji eng zarur shartlardan biri bo’ldi va asta-sekin dastlabki qishloq va shaharlar paydo bo’ldi. Endi madaniy sivilizatsiya (sivitas - lotincha shahar degani) davri boshlandi.
Har bir inson o’zini u yoki bu darajada kimyogar desa xato qilmaydi. Chunki inson gugurt chaqish, choy damlash, ovqat pishirish, kir yuvish kabi kundalik yumushlarni bajara turib, ularning barchasi kimyoviy jarayon ekanligini o’ylab ham ko’rmaydi.
Insonning madaniy hayotga birinchi bor qadam qo’yishi yonish hodisasi – olov yoqish bilan bog’langan. Atmosfera havosida yuz bergan chaqmoqning quruq daraxt va unga ta’siridan olov paydo bo’lishi dastlab odamlarni hayratga solgan va qo’rqitgan, keyinchalik ular tosh davrida olov hosil qilishga o’rganganlar, unga sig’inganlar, ehrom qurganlar. Otashparast ehromlari Eron, Kavkaz, Boku va Surxondaryoda saqlanib qolgan. Diniy dunyoqarashlar natijasida alohida guruhlar – kastalar vujudga keldi. Ular kishilarni itoatda saqlash uchun hodisalarni oldindan aytish, mo’jizalar yaratish imkonini beradigan bilimlarga ega bo’lishi kerak edi. Shuning uchun Qadimgi Sharq davlati – Qadimgi Misrda astronomiya, matematika asoslari va kimyoviy amaliyotga ega bo’lgan kishilar bo’lganligi bejiz emas. Ular oy va quyosh tutilishi, Nilning toshishi va kamayishini bilganlar; aniq matematik hisoblar yordamida Nildan uzoqdagi dalalarni sug’orish uchun qurilmalarni konstruksiya qilganlar, bemorlarni davolaganlar, Misrda uzum va arpadan pivo, vino va sirka tayyorlashni bilganlar. Xuddi shu yerda metallarni ularning rudalaridan ajratib olganlar. Ularga mis, qalay, qo’rg’oshin, rux va ular asosidagi qotishmalar – bronza, latun, pripoy ma’lum bo’lgan. Ular qurollar, uy anjomlari va bezaklar yasaganlar.
Lekin temir olishni bilmaganlar. Uni birinchi bo’lib eramizgacha XIV asrda Janubiy Kavkazdagi kam sonli millat-xettlar olishga erishdi. Ulardan so’ng Yunonlar, Ossuriyaliklar va Misrliklar temirni ajratib oldilar.
Yana Qadimgi Misrdan Yunoniston va Rimga shisha pishirish, o’simliklardan efir moylari va atir-upa olish sirlari o’tib kelgan. Bu ma’lumotlar eramizgacha XVII asrgacha Ebers papiruslarida yoritilgan. Qadimgi Misrda go’yo Qadimgi dunyo madaniyatining markazi edi.
Hindlar ham talaygina kimyo bilimiga ega bo’lib, ular indigo bo’yog’ini rasm va gazlamalarni bo’yashda ishlatgan, gul bosganlar. Gazlamaga gul bosish Yevropada XV asrdagina taraqqiy etgan.
Mis, bronza, temir hindlarga eramizdan III minginchi yillardayoq ma’lum edi. Ularning “Vedalar” degan muqaddas kitobida o’g’itlar, dorilar, qo’rg’oshin, kumush, oltin, simob, surma, achchiqtosh va ammoniy xlorid tilga olinadi.
Qadimgi zamon metallurgiya mo’jizasi – Dehlidagi mashhur Kutub kolonnasi sof temirdan eramizning IV asrida o’rnatilgan. Balandligi 7 m, og’irligi 6 tonna. Shu davrgacha bu kolonnaga biror dog’ tushmagan.
Arman tog’lari territoriyasida joylashgan Urartu davlati eng qadimgi metallurgiya markazlaridan biri edi. Bu davlat metallurgiyasi Assuriya, Zakavkazye va Kavkaz oldi qo’shni xalqlari madaniyatining yuksalishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
U Old Osiyo va Yevropani birlashtirgan yetakchi halqa bo’lib qoldi. Maykop qo’rg’onidagi qazish ishlari bir territoriyada yashagan xalqlar madaniyati to’g’risida butunlay yangi ma’lumotlar berdi. Bu yerda eramizdan oldingi III-II asrda toza mis va boshqa metallardan yasalgan juda ko’p buyumlar topildi, ular boshqa davlatlardan keltirilmay, shu yerning o’zida yasalgan. Urartu territoriyasida temir juda erta rasm bo’lib, undan juda ko’p qurol-aslahalar, bezaklar va idishlar yasalgan.
Moddiy madaniyatning taraqqiyotida Xitoy xalqlari hammadan ko’p hissa qo’shgan. Xitoylar juda qadimgi zamondayoq (eramizdan avvalgi XVIII-XII asrlar) oq loydan keramik buyumlar yasagan va bu buyumlar chinniga birmuncha yaqin turgan xolos. Eramiz boshida Xitoy tilida chinni, ya’ni “se” degan so’z paydo bo’ldi. Chinni ishlab chiqarishga erishish uchun bir necha asrlar davomida qattiq mehnat qilish kerak bo’ldi, lekin VII-XI asrlardayoq Xitoy o’zining ajoyib chinni buyumlari bilan faxrlana oladigan bo’ldi. Yevropada esa chinni XVII asrdagina ixtiro etildi.
Xitoy xalqining ko’pgina ixtirolari amaliy ahamiyatga ega edi. Ular qoyalarni porox bilan portlatishni, bo’yoqlar, dorilar, kinovar bilan ishlashni bilganlar.
Eramizning II asri boshlarida xitoy amaldori Chay Lun qog’ozni ixtiro qildi. Qog’oz dastlab daraxt po’stlari, kanop losi, ipak paxtadan, keyinchalik bambuk va shakar qamishning yosh novdalaridan olinadigan bo’ldi.
VI asrda qog’oz ishlab chiqarish Koreyaga, undan esa Yaponiyaga, VII asrda O’rta Osiyoga, arablar, ulardan Ispaniya va Italiya, XII-XIII asrlardagina Yevropaning qolgan davlatlariga yoyildi. Demak, g’oyat qimmatli xitoy ixtirosi keng tarqalguncha 1000 yil o’tib ketdi.
Xitoyda o’simliklardan qand olish, tabiiy bo’yoqlar, tush va turli laklar ixtiro qilingan. Elementlar to’g’risidagi ta’limot bilan birlamchi materiya zarrachalari haqidagi tushuncha ham Xitoyda paydo bo’lganligini yuqorida aytilgan hamma gaplarga qo’shib ketish kerak.
Eng avval insoniyat duch kelgan metallar oltin, kumush va mis edi. Avval metallar faqat bezak anjomlari sifatida ishlatilgan bo’lsa, endi ulardan foydalanishning turli yo’llarini bilish zaruriyati tug’ildi. Har xil rudalarning tasodifiy gulxanlarda o’zgarishi oqibatida oltin, mis, qo’rg’oshin, rux kabi metallardan va ularning qotishmalaridan insonlar foydalana boshladi.
Mis metalidan foydalanish neolit davridan boshlangan Dastlab mis metali va buyumlarini yasash eramizdan 4000 yil ilgari Sinay yarim oroli va hozirgi Iroqning tog’lik viloyatlarida shakllangan va rivojlangan.. Mis davri eramizdan avvalgi qariyb 4500-5000 yil davomida shakllangan. XI asr kimyogarlarining mis ishlab chiqarish texnologiyasi qadimgi tajribalardan juda kam farq qilgan. Qadimiy mis rudasi tarkibida As, Sn, Sb, Fe kabi elementlarni tutgani uchun ular yuqori mustahkamlik va qattiqlikka ega edilar, bronza davrigacha mis davri davom etgan.
Bronza davrining eng yirik voqealaridan dastlabkisi Troyan urushi bo’ldi. Bu urushda bronzadan qurol-aslaha, anjomlari va himoya kiyimi bo’lmagan askar o’limga mahkum edi. Misr bronzasi tarkibida 2-16 % qalay bo’lgan, undan tashqari rux va boshqa metallar uchragan. Assiriya imperiyasi (eramizdan ilgari birinchi ming yillik boshlanishida) bronzasining tarkibida qalaydan tashqari 3-7 % qo’rg’oshin, 4 % gacha surma va temir metallari uchragan. Hindiston bronzasi 4-13% qalaydan tashqari 3-4% gacha mishyak to’tgan. Qadimiy Xitoy bronzasining tarkibida qalayning miqdori turlicha: qo’ng’iroqlarda -16% , ko’zgu va boshqa jilo beruvchi qotishmalarda - 50% bo’lgan.
Temir metali asosida buyumlar yasash mis va bronza davridan keyin boshlanadi, chunki temir misdan farq qilib, sovuq holda bolg’alanmaydi. Dastlab temir rudalardan yoki meteoritlar tarkibidan 700°C atrofida ishlov berib ajratib olingan, 700-800°C atrofi­da bolg’alanib, har xil ashyolar yasalgan. Temir metallining suyuqlanish harorati - 1530°C. Mis metalidan foydalanishni bilgan jamoa uchun temir buyumlariga ishlov berish imkoniyati yo’q, chunki insoniyat hali bu haroratga chidamli texnologik uskunalarga ega emasdi. Temir rudalarini suyuqlantirish va undan har xil buyumlar yasash eramizdan taxminan 1500 yil ilgari Kichik Osiyoda shakllangan. Dastlab temirdan yasalgan qurol-aslaha sohibi Doro qo’shinlari Bolqon yarim orolini zabt qilishgan. Yaxshi sifatli temir anjomlari bilan qurollangan assiriyaliklar eramizdan 900 yil ilgari o’zlariga qo’shni yurtlarni bosib olishgan va buyuk davlat tuzishga muvaffaq bo’lganlar. Simob va uning birikmalari Misr, Mesopotamiya, Xitoy kabi davlatlarda 2500-3000 yil oldin ishlatilgan va har xil arxeologik qazilmalardan uning qoldiqlari topilgan. Kinovar-simob sulfidini (HgS) mis bilan qizdirish yo’li bilan sof simob ajratib olingan.
Metallardan tashqari insoniyat 4000 yil ilgari ham har xil malham, dorilar, bo’yoqlar tayyorlay bilishgan, moddalarni qayta ishlov berish, achitish, oksidlash, termik ishlash kabi turli-tuman jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini puxta bilishgan. A.Lukasning aytishicha, “Kosmeti­ka ham insoniyatdek qaridir”. Kishilik jamiyati dastlabki sir berishda mis, kobalt, temir, qo’rg’oshin oksidlaridan foydalanishgan. Shisha ishlab chiqarish, qog’oz, chinni ishlab chiqarish Xitoyda eramizdan ilgari III-IV asrlarda ham ma’lum edi.
Qadimiy yunonliklar falsafasi shakllanishi va rivojlanishining bosh omillaridan biri shuki, ular metallardan tashqari boshqa kimyoviy birikma, bo’yoqlardan foydalanishgan, mumiyolash ishlarini puxta o’zlashtirganlar. “Khemeia - qadimgi Misr (Kham) nomlaridan biri”- deb hisoblashadi ayrim nazariyotchilarimiz va uning ma’nosi "misrcha san’at” so’zini anglatadi. Ammo hozirgi zamonda ximiya so’zining kelib chiqishini boshqacha talqin qiladilar: bu so’z yunoncha o’simlik shirasi va Khemeia so’zi bu sharbat ajratib olish san’ati ma’nosini anglatadi, ayrim holda metallarni suyuqlantirish san’ati tushunchasi ham shu so’z bilan bog’lanadi. Har nima bo’lganda ham bu so’zning ma’nosi hozirgi “ximiya” - bizning kimyo so’zimizni tushuntiradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin