O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə28/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

/ ^ лI
л * h
a
9 7-rasm.

turlari bor: «ko'prik» (98-a rasm), bir qo'lda «ko'prik» (98-/> rasm), bir oyoqda «ko'prik» (98-d rasm), bilaklarda «ko'prik» (98- nYi ft a Yi
a ь
d L L
a e f
98-rasm.
Shpagat— oyoqlarni nihoyat darajada kerib o'tirish (har ikki oyoqni butun uzunasi bo'ylab tayancliga tekkizib o'tirish). Shpagatning quyidagi turlari qayd etiladi: shpagat (99-a rasm), o'ng (99-b rasm), chap shpagat (o'ng, chap deyilganda oldinga uzatilgan oyoq nazarda tutiladi); o'ng oyoq, o'ng qo'lni yoki chap oyoq, chap qo'lni oldinga uzatib (99-d rasm) shpagat, engashma shpagat va boshqa turlari bor.
Yarimshpagat— shpagatga o'xshash, ammo oldindagi oyoq bukilgan holat (99-e rasm), engashma yarimshpagat (99-/rasm), orqaga engashma shpagat va h.k.



Turish —oyoqlarni yuqoriga uzatilgan tik holati. Turishning quyidagi: kuraklarda turish, boshda turish, qo'llarda turish, qo'llarda turganda ularning orasi sal ochiq (qo'llarning orasi yelka kengligining yarmicha ochilgan bo'ladi), keng ochiq, jips qo'llarda, bir (o'ng, chap) qo'lda turish mumkin. Turishga chiqishning usullarini qisqacha bunday belgilash qabul qilingan: kuchanib (qo'llar tirsakdan, oyoqlar chanoq-son bo'g'inidan bukiladi); dumalab (qo'llarga birin-ketin tayanib aylanma harakat qilib); siltanib (o'ng yoki chap oyoq bilan); bukilib (qo'llar bukilmaydi, gavda chanoq-son



bo'g'indan bukiladi); kerishib (qo'llar bukilib, gavda egiladi); sakrab (ikki qo'lga tushiladi); orqaga to'ntarilib turish va h.k. turlari bor.
Ikki kishi va guruhda bajariladigan mashqlarda ham shu atamalar ishlatiladi, lekin har bir gimnastning dastlabki va pirovard holati (yuqoridagi akrobat gavdasining qaysi a'zosi bilan pastdagi akrobatga tayanishi) ko'rsatiladi. Masalan, songa tayanib chiqish, orqadan chiqish yoki yotgan sherigining qo'llarida yelkada turish, pastda- gining tizzalarida turish va h.k.
Batutda bajariladigan mashqlarda maxsus atamalar qo'llaniladi:
Sapchitish
— to'rning sakrab tushgan akrobatni qaytarishi.
Sakrama harakat (sur'at bilan sakrashlar) — akrobat parvozini oshirish uchun qo'llaniladi. Qolgan atamalar gimnastika atamasiga muvofiq tuziladi.
3.7. Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari
Odimlash— joydan joyga ko'chishning xilma-xil turlari. Odim- lashning quyidagi: oddiy odimlash, oyoq uchiga ko'tarilishdan boshlab odimlash, oyoqlar uchida odimlash, keskin odimlash, tashlanib-tashlanib odimlash, lo'killab odimlash, almashlab odim­lash, polka qadami bilan odimlash va h.k. turlari bor.
Yugurish— har birida uchish fazasi bo'lgan odimlash. Yugurish- dagi atamalar odimlashdagi atamalarga o'xshash.
Burilish— gavdaning tik yoki uzunasiga o'q atrofidagi aylanma harakati. Burilishning quyidagi: oyoqlarni olib-qo'yib (o'ng yoki chap oyoqdan boshlab) burilish, oyoqlar uchida burilish, chalish- tirma burilish, siltanib burilish, burama burilish, shuningdek, cho'qqayib, muvozanat saqlab (biron muvozanat turidagi holatni saqlab turib) burilish va h.k. turlari bor.
Sakrash— oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz etish. Harakat ko'lami va gavdaning havodagi holatiga qarab sakrashning quyidagi: to'g'ri sakrash, bukilib sakrash, kerishib sakrash, ochiq sakrash, yopiq sakrash, odimlab sakrash, sapchib sakrash, charx- palaksimon sakrash, tayanib sakrash, tashlanib sakrash, yarim- halqasimon (halqasimon) sakrash va h.k. turlari mavjud.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin