O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə30/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Gimnastikaga oid jihozlarda bajariladigan mashqlarning yozilishi. Gimnastikaga oid jihozlardagi mashqlarni yozishda jihozning nomidan tashqari yana quyidagilarni ko'rsatish kerak:

          1. Dastlabki holat (osilib turib, tayanib turib, sakrab, yugurib kelib) yoki birinchi elementdan oldingi harakat (qo'llarga, bilaklarga tayanib, tebranib turish).

          2. Harakatning nomi (ko'tarilish, pastga tashlanish, uchib o'tish, aylanish, qo'l orasidan o'tish va h.k.).

          3. Bajarish usuli (gavdani yozib, yoysimon, orqaga siltanib, to'ntarilib).

          4. Yp'nalish (chapga, orqaga va h.k.).

          5. Pirovard holat (osilib qolish, orqaga suyanib qolish) — hara­katning o'zi pirovard holatga olib kelmasa, gavdaning alohida

qismlari harakatlarini yozishda ularni bir-biridan vergul bilan ajratib qo'yish kerak.
Jihozlardagi kombinatsiyalarni satrga ketma-ket yozishda asosiy elementlar (birlashmalar) bir-biridan tire bilan ajratiladi. Masalan, yakkacho'pda tebranib turish — gavdani yozib ko'tarish — orqaga aylanish — yoysimon siltanib chap tomondan orqaga aylanib, turlicha tutib osilib qolish — orqaga siltanib sakrab tushish va h.k.
Majburiy mashqlarni (musobaqalar uchun) yozishda esa har bir element yoki birlashma satr boshidan yozilib, uning o'ng tomonida nisbiy qiyinlik ko'rsatiladi. Masalan, yog'och otda:

  • sakrab chap oyoqda o'ng tomonga doira — 2,0;

  • o'ng oyoqni o'tkazish — 0,5;

  • chap tomonda chalishtirib o'tkazish — 3,0 va h.k.

Oyoqlarni jihozga tekkizib o'tkazishni «bo'ylab» so'zini qo'shib,
tegmay o'tkazilishini esa «ustidan» so'zini qo'shib yoziladi. Masalan, qo'shpoyalarda: gavdani yozib ko'tarilish — orqaga siltanib o'ng oyoqni chap yog'och bo'ylab o'tkazish — orqaga siltanib chap oyoqni chap yog'och ustidan o'tkazish va burchak hosil qilib turish.
Ikki va undan ortiq elementning ketma-ket bir-biriga ulab bajarilishini «va» bog'lovchisi bilan, ikki harakatning birgalikda bajarilishini esa «...turib» so'zini qo'shib yoziladi. Masalan, yakka­cho'pda: o'ng oyoqda ko'tarilish va chap tomondan orqaga burilish yoki o'ng oyoqda ko'tarilib turib, orqaga burilish va h.k.
Qisqaroq yozish va talaffuzni osonlashtirish maqsadida ayrim iboralarni tashlab ketish, shuningdek, tushunish oson bo'lsa, yuqorida ko'rsatilgan tartibda (ketma-ketlikda) yozishdan voz ke- chish ham mumkin.
Akrobatika mashqlarining yozilishi.
Akrobatika mashqlarini yozishda ba'zi holatlarni hisobga olib, yuqorida ko'rsatilgan qoidalar qo'llaniladi:

    1. To'liq bajarilishi shart bo'lmagan elementlar (masalan, umbaloq oshishlar)ni bajarishda dastlabki holat ko'rsatilishi kerak.

    2. Goh bir holatdan ikkinchisiga o'tish maxsus atama qo'llani- shini talab qilmaydi. Masalan, o'ng oyoqdagi muvozanatdan — boshda turish yoki qo'llarda turishdan — boshda turish va h.k.

    3. Talabaning biron element (harakat)dan keyingi holati shun- dan keyingi elementning bajarilish usulini aniqlab berishi hisob­ga olinadi. Masalan, tizzalarda turishdan dumalab yelkada turish




yoki cho'qqayib tayanishdan orqaga dumalab, kuraklarda turish va h.k.
4. Pirovard holat harakat ravshan bo'lmagan taqdirdagina yozi- ladi.
Badiiy gimnastika mashqlarining yozilishi.
Badiiy gimnastika mashqlarini yozishda erkin mashqlar uchun berilgan qoidalardan foydalaniladi. Bulardan tashqari, harakatlarning xarakteri, tasviri, rivoji va ifodaliligi ko'rsatilishi kerak.
Gimnastika mashqlarining yozilishining asosiy usullari:

      1. Umumlashtirilgan yozuv. O'quv dasturlari va boshqa dasturlarda har bir harakatning aniq bajarilishi talab qilinmay, gimnastika mashqlarining mazmunini ko'rsatib (sanab) o'tish kerak bo'lganda mazkur usuldan foydalaniladi. Masalan, tayanishdan va yog'och otga ortdan suyanishdan oyoqlarni chap yoki o'ng tomonga o'tkazish.

      2. Atamalarni aniq yozish har bir elementning (mashqning atamalar qoidalariga muvofiq ravishda aniq ifodalanishini nazarda tutadi) bunday yozuvining namunasi yuqorida keltirilgan.

      3. Qisqa yozuv konspektlar tuzishda, sinov va imtihonlar uchun va boshqa mashqlami yozishda qo'llaniladi, bunda atamalar qisqartirib yoziladi (shartli qisqartishlar qo'llaniladi). Masalan, har.—harakat, el.—element, biri.—birlashma, bel. —belgilash, t.—tutish, yu./yo. — yuqori yog'och, msh. —mashq, d.h. —dastlabki holat, shuningdek, gimn. —gimnastika, akrob. —akrobatika va h.k.

      4. Jadvalli yozuv (tasvir mustaqil va yordamchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin). Bunday yozishning chiziqli (100-яrasm), yarim konturli (100-6 rasm) va konturli (100-af rasm) turlari qo'llaniladi. Chiziqli tasvir eng qulay hisoblanadi. U tushunarli va tejamlidir. Mashqlami bunday ifodalash usuli, mashqlarning juda tez bajarilishi tufayli mashg'ulotlarning kundalik amaliy ishida qo'llashda afzaldir.

I/("
a

оS
ik
b



5. Matnli va jadvalli yozuvning bir vaqtda qo'llanishi amalda keng tarqalgan qulay usuldir.
T/r

D.h.

Sanoq

Tavsif (atamada)

Jadvalli yozuv

1.

Oyoqlarni kerib turish

1
2-3

Qo'llarni yuqoriga ko'tarib, chap oyoq­ni oldinga qo'yish. Yerga qo'llarni tek­kizib, ikki marta pru­jinasimon engashish d.h.

(100-^rasmga qarang)


Masalan, ko'rsatib o'tilgan shakllardan tashqari, hozirgi vaqtda mashqlarning bajarilishini kino-videosuratlarga olish tobora keng qo'llanilmoqda (bunda tasnifiy dastur mashqlari, nazorat uchun mashqlar suratga olinadi). Kino-videofilm yordamida hozirgi zamon gimnastikasida qo'llaniladigan barcha mashqlarning eng murakkab texnik bajarilish tomonlarigacha ko'rsatish imkoniyatini tug'diradi.
Amaldagi gimnastika atamalari muayyan mashqlar xususiyatini yaqqol aks ettiruvchi atama-so'zlar bilan muttasil boyib boryapti. Biroq atamalar tuzilishining qaror topgan qoidalaridan hech qachon chetga chiqmaslik kerak, chunki bu holat atamalarning buzilishiga, qo'pol so'zlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
4-bob. GIMNASTIKA MASHQLARINI O'RGATISH USLUBIYATI

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin