O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə38/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Rejalashtirish. Mavjud sharoitda aynan bir xil tayyorgarlikdagi talabalar uchun gimnastikadan o'quv ishi rejasida quyidagilar belgilangan bo'lishi kerak:

          1. Turli davrlardagi aniq vazifalar (harakat sifatlarini rivojlan­tirish darajasi, harakat ko'nikmalarini o'rganish hajmi va sifati, bilim va malakalar hajmi va teranligi). Gimnastikada bir xildagi mashg'ulotda talaba erishadigan jismoniy rivojlanish va ayniqsa, ruhiy-irodaviy o'sish darajasini aniqlash qiyin ekanini qayd etmoq kerak. Shu bois bunday vazifalarni uzoq davom etadigan vaqtga mo'ljallab rejalashtirish darkor. Harakat ko'nikmalarini egallab olish holati va sifati masalasiga kelganda esa bir turdagi mashg'ulotga mo'ljallab, aniq vazifalar belgilansa bo'ladi.

          2. Turli vaqt ichidagi o'quv materiallarining mazmuni.

          3. O'quv materialining o'tish tartibi. Bunda bir turdagi mashq­lami o'rganish ketma-ketligi, turli mashg'ulotlarni o'tishning ketma- ketligi yoki parallelligi ham belgilanadi.

          4. Harakat ko'nikmalari shakllanishining va jismoniy sifatlar takomillanishining turli bosqichlarida, mashg'ulotlar o'rtasidagi va mashqlar takrorlanishi o'rtasidagi eng maqsadga muvofiq vaqtlar belgilanadi.

5. Har bir mashg'ulot jarayonida talabalarning yuksak ish qobiliyati saqlanishini va kerakli vaqtda yuksak sport tayyorgarligi bo'lishini ta'minlaydigan eng qulay usul.



Hisobga olish. Biroq o'quv ishlari (yuklamalar, ish tartibi, jad- val) qanchalar yaxshi rejalashtirilgan bo'lsa ham, hisobga olish bo'lmasa, bunday ishning samarasi kam bo'ladi.
Hisobga olishda quyidagilar aniqlanadi:

            1. Talaba-sportchilarning mashg'ulotlarga bo'lgan munosabati.

            2. Talaba-sportchilarning jismoniy rivojlanishi va salomatligining o'sishi.

            3. Sport-texnikaviy tayyorlik darajasi.

            4. Mashg'ulotlar va mustaqil ishlash natijasida talabalar orttiigan bilimning hajmi va teranligi.

Shunday qilib, hisobga olish, mashg'ulot o'tkazishning vosita, shakl va uslublari qanchalik to'g'ri tanlanganligini obyektiv aks ettiradi, murabbiy-pedagogning ijodiy tafakkurini rag'batlantiradi, hisob-kitob hujjatlarini tahlil qilish — har bir talaba ishini tek- shirish, eng yaxshi pedagoglarni aniqlashning amaliy shaklidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin