O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Rejalashtirish hujjatlari tasnifi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə39/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

7.2. Rejalashtirish hujjatlari tasnifi
Rejalashtirish hujjatlari:

              1. o'quv rejasi;

              2. o'quv dasturi;

                1. ish rejasi;

                2. ishchi dastur;

0 mashg'ulotlar matni.
O'quv rejasi butun o'quv-mashg'ulot jarayoni davriga mo'l- jallab tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi:

                  1. o'rganish kerak bo'lgan mashq turlarining soni va ularning qancha vaqt o'tilishi;

                  2. nazariy kurs mazmuni;

                    1. har bir mashq uchun ajratiladigan soatning miqdori;

                    2. butun o'rgatish muddatiga mo'ljallangan mashg'ulotlar turi;

                    3. sinov mezonlari, reyting ballariga ajratiladigan soat;

                    4. imtihon;

                    5. chamalab ko'rish;

                    6. musobaqalarning taxminiy muddati;

j) mashg'ulotlar jadvali.
O'quv dasturi ham o'quv davriga mo'ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilab qo'yiladi:о'quv materialining mazmuni; sinov mezonlari.

112

Ish rejasi nisbatan qisqa vaqt (chorak, semestr, mashg'ulot davri — sikl)ga mo'ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilanadi: rejalashtirilayotgan vaqt mobaynida o'rganilishi lozim bo'lgan mashq turlarining soni, har bir mashq (mavzu) turiga ajratiladigan soat va mashqlarning soni, o'quv materialini o'tish ketma-ketligi; sinov, imtihon, chamalab ko'rish, musobaqalarning aniq muddati, mashg'ulotlardagi mashqlarning turlarini almashinish jadvali.
Ish dasturi reja asosida tuzilib, unda quyidagilar belgilab qo'­yiladi: o'quv materialining ish rejasiga muvofiq mavzularga bo'­lingan jadvali; har bir mashq turida ularni o'rganish ketma-ketligi.
Konspekt (matn) — reja, oldindan bir-ikki mashg'ulotga mo'ljallab tuzilib, unda quyidagilar belgilab qo'yiladi: mazkur mashg'ulotning aniq vazifalari; mazkur mashg'ulotdagi hamma mashqlarning mufassal mazmuni; har bir mashq turiga ajratila­digan vaqt (daqiqalarda).
O'quv rejasi va o'quv dasturi, o'quv-mashg'ulot jarayonini rejalashtirishdagi asosiy dastlabki hujjatlar hisoblanadi. Ish rejasi, ishchi reja va mashg'ulot matn-rejasi ham ana shu hujjatlarga asosan tuziladi. Shunday qilib, o'quv rejasi bilan o'quv dasturi qo'llanma hujjatlar bo'lib, uni odatda, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlaydi. Qolgan uch hujjat (ish rejasi, ish dasturi va mashg'ulot konspekt-rejasi)ni gimnastika o'qituv- chisi tuzadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin