O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta
8-bob. SAF MASHQLARI 8.1. Saf mashqlarining tasnifi Saf mashqlariga —saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish usullari, orani ochish va yaqinlash- tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bo'lib harakat qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi. Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa harbiy- larning qaddi-qomati to'g'ri tuzilishida yorqin ko'rinib turadi. Tala- balarni zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylash- tirishga imkon beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg'ulot - larini tasawur qilib bo'lmaydi. Ko'p sonli talabalar qatnasha oladigan saflanish turlarining ko'pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Safdagi harakatlar va buyruq- larning ko'pgina qismi O'zbe- kiston Qurolli Kuchlari Usta- vining saf harakatlari direktiva- sidan, ozroq qismi esa gimnastika mashg'ulotlari jarayonida ama- liyotda qo'llaniladigan atamalar- dan foydalanilgan. Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg'ulotlarida ko'p- roq uchraydigan va mashg'ulot o'tishda zarur bo'lgan saf mashq- lari yoritilgan. Saf mashqlaridan foydalanish qulay bo'lishi uchun gimnastika zalida shartli nuqta- lar belgilanadi — markazi, o'r- talik va burchaklari (110-rasm). Yuqori chap bur- chak . Yuqori о'ng bur- chak Pastki chap bur-' chak Pastki o'ng bur- chak kerak, chunki ba'zi mavzular boshdan oxirigacha to'liq takrorlanishi mumkin. Ishchi dasturni uzil-kesil yozib chiqish. Dasturda kerakli mashg'ulotlarning soni ko'rsatilib, ularni o'rganish tartibi mavzular bo'yicha ro'yxat qilib berilgan bo'lishi kerak. Masalan, I mavzu. Bir oyoqda depsinib, qo'llarda turish. Shuning o'zini qo'llarni birin-ketin qo'yib bajarish. G'ujanak bo'lib, oldinga va orqaga umbaloq oshish. Bukilib oldinga umbaloq oshish. 7.3.3. Reja matnini tuzish Reja matnini tuzish uchun ishchi reja va ishchi dastur bo'lishi lozim. Eng awalo, sarlavhani yozib mashg'ulot vazifalarini ko'rsatib qo'yish kerak. Talaba-sportchilarni belgilangan kunda, ular nima bilan (gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarish, tirmashib chiqish, sakrash, qo'shpoyalarda mashqlar bajarish) shug'ullanish- laridan xabardor qilib qo'yish. Shu mashqlarni bajarib, nimalarga erishish kerakligini esa murabbiy shug'ullanuvchilarga mashqlarni bajarishga kirishganlaridagina aytishi darkor. Shundan keyin mashq turlari almashinishini (mashg'ulot tuzil- masini) belgilash kerak. Keyin mavzu tartib raqami va vaqtini qo'yib chiqib, har bir mashq turini ko'rsatish, hamma mashqlarni shug'ullanuvchilarga taklif etiladigan tartibda batafsil izohlab yozish lozim. Ma'ruza matnlarida qaysi bir mashq mashg'ulotning qaysi qismida o'tkazilishini yozish, shuningdek, mushaklar chigilini yozish mashqlarining sonini ko'rsatish shart emas. II qism. GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALARI Yuqori o'rta Markaz — Chap o'rta —O'rta o'ng — Pastki o'rta 110-rasm. Ular zalning o'ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. Zalning o'ng tomoni nisbatan (eshiklar joylashgan) nzun tomonlaridan biri bo'lib, unda mashg'ulot oldidan guruhlar saflanadi (odatda, eshik- dan kirishga qarama-qarshi tomonda). Agar zalning uzun tomonida derazalar joylashgan bo'lsa, guruh derazalaiga orqasi bilan saflanadi. Saf mashqlari quyidagi to'rt guruhga bo'linadi: Saf usullari. Saflanish va qayta saflanishlar. Joydan joyga ko'chish. Orani ochish va jipslashish. Saf mashqlarini qo'llashdagi asosiy tushunchalar 111-rasmda ko'rsatilgan. 11 l-rasm. Saf —talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko'ra tiziladi. Qator— shug'ullanuvchilaming bir chiziqda yonma-yon turishi. Ketma-ket qator— shug'ullanuvchilaming bir-biri orqasida tizilishi. Boshlovchi —ketma-ket qatorda birinchi — boshida turgan o'quvchi (talaba). Oxirgi —ketma-ket qator oxirida turgan o'quvchi (talaba). Front —shug'ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda). Ichkari—front teskarisi, ya'ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar. Qanot —safning chap yoki o'ng tomoni. Saf chuqurligi —ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi o'quvchi (talaba) orasidagi masofa. Saf kengligi— o'ng qanotdan chap qanotgacha bo'lgan masofa (qatorda). Masofa —yonma-yon turgan shug'ullanuvchilar orasidagi masofa (ketma-ket qatorda). Oraliq —front bo'yicha shug'ullanuvchilar orasidagi masofa. Mashg'ulotda safni o'qituvchi va talabalar (guruh sardori, o'quv bo'limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan buymq, topshiriqlar berish orqali tuzadilar. Zich saf — talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar o'rtasi) oralig'ida yoki ketma-ketlarda bir-biridan oldinga uzatilgan qo'l uzunligidagi masofadan iborat safdir. Orasi ochiq saf— talabalarning qatorda bir qadam oraliqda yoki o'qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan iborat safdir. 8.2. Asosiy mashqlar 8.2.1. Saflanish usullari Saf usullari —turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlaridan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati, eng awalo, shundan iboratki, ular yordamida intizom va uyushqoqlik tarbiyalanadi. «SAFLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar safda turadilar. «TEKISLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar bir chiziqqa tekislanadilar, chapga «tekislan», o'ngga «tekislan». «ROSTLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar safda tik turadilar. Bu gimnastikada asosiy tik turish holatiga to'g'ri keladi. «QAYTARILSIN!» Ushbu buyruqqa ko'ra, oldingi holatga qaytiladi. «ERKIN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar turgan joylaridan jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo'shatib, erkin turadilar. «0'NGGA!» (chapga) «ERKIN!» Talaba.o'ng (chap) oyoqni o'ng (chap)ga bir qadam qo'yib, gavda og'irligini har ikki oyoqqa taqsimlaydi va qo'llarini orqaga tutadi. «GURUH TARQAL!» buyrug'i berilganda, talabalar safdan chiqib, zalda (maydonda) erkin joylashadilar. «Guruh, oralarni o'ngga (chapga, o'rtaga) ikki yoki uch qa- damga kengaytiring!». Bu buyruq safdagi talabalarning bir-birlari- dan oralari ochiq bo'lgan safga aytiladi. Guruhni yig'ish uchun turgan joyda «Guruh, o'ng (chap, o'rta)ga JIPSLAN!» buyrug'i beriladi. «GURUH tartib bilan SANA!»,«Bo'lim, bir va ikkiga, uchga (to'rt, besh va h.k.) SANA!» va boshqalar, hisob o'ng qanotdan boshlanadi. O'z tartib raqamlarini aytayotgan talaba ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi talabaga qaratib buradi va keyin dastlabki holatga qaytadi.
saqlagan holda ketma-ketlik hosil bo'lgunga qadar, qanot bilan oldinga yuradilar. Ikkinchi buyruq: «Guruh, TO'XTA!». Yana qayta saflanish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «ORTGA!». «O'ng (chap) yelka bilan oldinga. Bo'lim bilan bir qatorga QADAM BOS!». «GURUH TO'XTA!». So'nggi buyruq talabalar qatordagi o'z joylariga yetgan vaqtda beriladi. Uch «qirra bo 'lib», bir ketma-ket qatordan qayta saflanish. Uchgacha sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Birinchi raqam ikki (uch, to'rt va h.k.) qadam o'ngga, uchinchi raqam ikki (uch, to'rt va h.k.) qadam chapga QADAM BOS!». Yana awalgi holatga qayta saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Joyda QADAM BOS!». Qayta saflanish juft qadam bilan bajariladi (113-rasm). Yurib ketayotganda bir ketma-ket qatordan ikki, uch va h.k. ketma-ket qatorlarga burilib, qayta saflanish. Gumh, chapga aylanib- yurib ketayotganida quyidagicha buyruq beriladi: «Bir ketma-ket qatordan ikkitaga (uch, to'rt va h.k.) tizilishga QADAM BOS!» (qoida bo'yicha, buyruq guruhga zal yoki maydonning yuqori yoki pastida bo'lgan chog'da beriladi). Birinchi ikki talaba (uch, to'rt va h.k.) burilgandan so'ng, navbatdagilar o'z saflarining oxiridagi talabaning buyrug'i bilan, oldindagilar burilgan joydan buriladilar. Keyinchalik orani yana qayta ochib o'tirmaslik uchun shu yerning o'zida oraliq va masofa to'g'risida ko'rsatma berish mumkin (114-rasm). Yana awalgidek saflanish uchun buyruqlar beriladi: «O'NGGA!». «O'ng (chap)ga bir ketma-ket qator bo'lib, bittadan aylanib QADAM BOS!». O'rgatayotgan paytda, guruhdan bir necha talabani olib, buyruqlar beriladigan joylarda to'xtatib, qayta saflanishni ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. 113-rasm. 114-rasm. 115-rasm. 124 Bir ketma-ket qatorni ikki, to'rt, sakkiz ketma-ket qatorga bo'lish va biriktirish orqali qayta saflanish. Qayta saflanish harakat davomida bajariladigan buyruqlar: «Markaz orqali QADAM BOS!» (odatda, bu buyruq zalning o'rtasida beriladi). «Ketma-ket qator bilan bittadan o'ngga va chapga aylanib QADAM BOS!». Buyruq ro'paradan beriladi. Bu buyruq bo'yicha birinchi raqamdagilar o'ngga, ikkinchi raqamdagilar chapga aylanib yuradilar. «Markaz orqali ketma-ket qator bilan ikkitadan QADAM BOS!». Bu buyruq ketma-ket qator zalning qayta saflanish bosh- langan joyida uchrashgan paytda beriladi. Bo'lish va biriktirish davom ettirilganda, to'rt, sakkiz va h.k. ketma-ketlikda saflanish mumkin (115-rasm). Talabalarni awalgi holiga qayta saflash, ajratish va qo'shilish deyiladi, masalan, ikki ketma-ketdan bir ketma-ketga qayta saflash. Buyruq: «O'ngga va chapga aylanib, bittadan ketma-ketga QADAM BOS!». Bu buyruq bo'yicha o'ng tomondagi ketma-ket o'ngga, chap tomondagi ketma-ket chapga yuradi. Qarama-qarshi harakatda o'rtada ketma-ketlar uchrashib qolganda, quyidagi buyruq beriladi: «Ketma-ketga bittadan markazdan QADAM BOS!». 8.2.3. Joydan joyga ko'chishlar Bu guruhga turli harakatdagi joydan joyga ko'chish bilan bog'liq bo'lgan mashqlar kiradi. Saf qadam —oyoqni poldan 15—20 sm baland ko'tarib oldinga qo'yiladi (tovonni gorizontal tutish va polga tovonning butun yuzasini qattiq qo'yish zarur), qo'llar oldinga harakatlantirilganda ulami beldan bir qarich balandga (tanadan har bir qarich uzoq- likka) ko'tarib, tirsaklarda bukiladi; qo'llar orqaga yo'naltirilganda ulami to'ppa-to'g'ri tutib yelka bo'g'inidan oxirigacha uzatiladi, panjalar musht qilib tugiladi. Buyruq «Shaxdam QADAM BOS!». Saf qadamining quyidagi turlari ham borki, unda qo'l harakati katta ko'lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va tanadan chetroqda), oyoqlar bilan harakat xuddi saf qadamdek bo'ladi. Saf qadamining bu turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilarning tantanali o'tishlarida keng qo'llaniladi.
«QADAM BOS!». Har qanday qadam bilan harakat qilishda (hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq; «Oddiy qadam bilan (yugurib) QADAM BOS!». Yurish- ning, yugurishning bir turidan boshqa turiga o'tishda va harakat chog'ida bajariladigan mashq tugagandan so'ng oddiy yurishga o'tish uchun beriladi. Bajarilishi kerak bo'lgan buyruq chap oyoqqa mo'ljallab beriladi. Turgan joyda harakatlanish. Buyruqlar: «Joyda (yugurib) QADAM BOS!»; «Yetakchi, JOYIDA!» buyrug'i yurib (yugurib) borayotgan guruhni bir qadamli masofaga yig'ish zarur bo'lganda beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi. Joyda turib harakatlanishdan yurishga o'tish. Buyruqlar: «TO'G'RIGA!». Chap oyoqdan beriladi. O'ng oyoq bilan turgan joyda qadam bosib, chap oyoq bilan oldinga harakat bosh- lanadi; «Ikki (ikki, uch va to'rt h.k.) qadam oldinga (ortga, yonga) QADAM BOS!». Harakatni to'xtatish uchun «Guruh TO'XTA!» buyrug'i (chap oyoqdan) beriladi. O'ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqni o'ngga juftlashtiriladi. Joydan joyga ko'chishning ifodasini o'zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «Bir-birining QADAMIGA MOS kelmagan!», «Bir-birining QADAMIGA MOS!». Bu buyruqni bergandan keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish zarur. Qadam kengligi va harakat tezligini o'zgartirish uchun bunday buyruqlar beriladi: «Shaxdam QADAM bilan»,«Kichik QADAM bilan!», «Tez, to'liq QADAM bilan!», «Yarim QADAM bilan!». Yugurish harakatidagi buyruqlar: «YUGURIB!». Agar yurishdan yugurishga o'tilsa (musiqa bilan), bajariladigan buyruqlar- chap oyoqdan beriladi, o'ng oyoq bilan qadam tashlab, chap oyoqdan yugurish boshlanadi. Musiqa jo'rligida yugurishdan yurishga o'tishda bajariladigan harakat ham xuddi shunday «QADAM BOS!» buyrug'i beriladi. Agar musiqa jo'r bo'lmasa, «QADAM BOS!» buyrug'i o'ng oyoqdan beriladi. Harakat chog'ida burilish. Turgan joyda burilishda qanday buyruqlar berilsa (orqaga burilishda beriladigan buyruqlar bundan mustasno), harakat chog'ida burilishda ham shunday buyruqlar beriladi. O'ngga burilish uchun bajariladigan buyruq o'ng oyoq qo'yilgan paytda beriladi, shundan so'ng talaba chap oyoqni bir qadam oldinga tashlab, chap oyoqning uchida buriladi va o'ng oyoq bilan yangi yo'nalishda harakat qilishni davom ettiradi. Chap tomonga burilish uchun bajariladigan buyruq chap oyoq qo'yilgan paytda beriladi; burilish o'ng oyoqning uchida amalga oshiriladi. Orqaga burilish uchun ushbu buyruq beriladi: «ORTGA!». Ijro buyrug'i o'ng oyoq qo'yilgan chog'da beriladi, shundan so'ng talaba chap oyoq bilan bir qadam oldinga tashlab turib, shu oyoq uchida buriladi hamda chap oyoq bilan yangi yo'nalishda harakat qilishni davom ettiradi. Harakat chog'ida burilishini (ayniqsa, orqaga burilishni) bajarish buyrug'i berilgandan so'ng, harakat rit- mini saqlash uchun sanoq olib borish maqsadga muvofiqdir. Talabalar o'ngga va chapga burilishni yaxshi o'rganib olganla- ridan so'ng, orqaga burilishni o'rgatish uchun, ularni bo'limlarga bo'lib o'rgatgan ma'qul. Qanot bilan oldinga yurib front yo'nalishini o'zgartirish. Buyruqlar: (boshlanishi) «Oldinga o'ng (chap) yelka bilan QADAM BOS!» (harakatlanish vaqtida «QADAM» so'zi aytilmaydi). Bu buyruq bo'yicha guruh qatordagi safini buzmasdan, chap qanotdagi talabaning atrofida yuradi, chap qanotdagi talaba esa turgan joyida odimlab, qatordagi tekislikni saqlagan holda butun qator bilan birgalikda buriladi; (tugashi) «TO'G'RIGA!» yoki «JOYDA!» yoki guruh «TO'XTA!», «JOYDA!» yoki guruh «TO'XTA!». Aylanib yurish. Buyruq: «CHAPGA (o'ngga) aylanib o'tishga QADAM BOS!». Agar buyruq talabalar harakat qilayotgan paytda berilsa, bu holda «QADAM BOS!» ijro buyrug'i zalning burcha- gidan berilishi kerak (116-rasm). Diagonal bo'ylab harakat qilish. Buyruq «Diagonal bo'ylab QADAM BOS!» (117-rasm). Teskari yo'nalishda harakatlanish. Butun ketma-ket safning yetakchisi orqasidan teskari yo'nalishda harakat qilishdir. Buyruq «O'ng (chap)ga qarama-qarshi QADAM BOS!» (118-rasm). «Ilonizi» bo'lib yurish. Birin-ketin bajarilgan bir nechta teskari yo'nalishlardan iborat yurishdir. Buyruqlar: «O'ng (chap)ga
QADAM BOS!» (119-rasm). Doira yasab yurish. Buyruq «Doira bo'ylab QADAM BOS!». Ijro buyrug'i zalning yoki maydonning o'rtasidan beriladi. Doira- 8.2.4. Orani ochish va yaqinlashish Orani ochish— safdagilar oralig'i yoki masofasini uzoqlash- tirish usullari. Jipslashish (yaqinlashtirish)— orasi ochilgan safni zichlash- tirish usullari: Orani ochish. (Saf mashqlarining buyruqlari O'zbekiston Qurolli Kuchlari Ustavi bo'yicha olingan.) Buyruqlar: «O'NGGA (chapga, o'rtadan) shuncha qadamga TARQAL!». Agar bosiladigan qadamlar soni aytilmasa, oraliq bir qadamga ochiladi. Orani ochish safdagi yetakchi talabadan tashqari hamma o'ng tomonga (chapga, o'ngga va chapga) burilib, yonida turuvchi bilan uning orasida talab qilingan masofa hosil bo'lgunga qadar yuzini frontga qaratib yuradi. Buyruq berilgandan so'ng o'qituvchi hamma talabalar safda o'z joyiga turguniga qadar bir-ikkilab sanoqni olib boradi. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «CHAPGA (o'ngga, o'rtaga) JIPSLAN!». Hamma harakatlar teskari tartibda bajariladi. Juftlama qadamlar bilan orani ochish front bo'ylab o'tkaziladi. Buyruq «O'rtadan (o'ngga, chapga) ikki (uch) qadam bilan TARQAL!». Buyruq berilgandan so'ng, o'qituvchi orani ochish tugagunga qadar «bir—ikki» deb sanoqni olib boradi. Orani ochishni ketma-ketning chetidagi (yoki ketma-ketda turgan) boshlaydi. Keyin- chalik navbatma-navbat har ikki sanoqdan so'ng, qolgan ketma- ketdagilar orani ochadilar. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «O'RTAGA (chapdan, o'ngdan) qadamlab JIPSLAN!», ketma-ketdagilar baravariga yaqinlasha boshlashadi. O'qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir—ikki» deb sanoqni olib boradi. Topshiriq bo'yicha orani ochish. «Bir-biringizdan ikki QADAM masofada turing!», «Qo'llarni yozib ORANI OCHING!» va h.k. O'qituvchi ketma-ket qatorda turganlarni zamr bo'lgan ora- liqqa qo'ygan yetakchilarga qarab, orani ochishi mumkin. 8.3. Uslubiy ko'rsatmalar 1. Buyruqlar, odatda, ogohlantiruvchi va ijro etuvchi buyruqlaiga bo'linadi: «QADAM BOS!», «ORTGA!» va h.k. Ijroning o'zidan iborat buyruqlar ham bor: «TEKISLAN!», «ROSTLAN!» va boshqalar. Biroq, bu buyruqlar berilishdan oldin o'qituvchi ba'zi hollarda talabalarning diqqatini ijro buyrug'iga qaratish uchun «bo'lim», «guruh», «diqqat», «ketma-ket» va h.k. so'zlarini ishlatadi. Masalan, «Guruh, ROSTLAN!», «Ketma-ket TO'XTA!» Ogohlantiruvchi buyruq tushunarli, baland ovoz bilan va talabalar qanday harakat qilishlari lozimligini tushunib yetib, shunga shaylanishlari uchun biroz cho'zibroq aytiladi. Ijro buyrug'i lahzalik tanaffusdan keyin qisqa va qat'iy beriladi. Buyruqlarni berish chog'ida ovoz hamda ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari o'rtasidagi uzilish safning katta-kichikligiga mos bo'lishi lozim: saf qanchalik katta bo'lsa, ogohlantiruvchi buyruq shunchalik cho'zib aytiladi, ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari orasidagi uzilish kattaroq bo'ladi, ijro buyrug'i balandroq ovoz bilan aytiladi. Harakatni boshlash uchun xizmat qiladigan ijro buyrug'i bo'la- jak harakatlar ifodasiga mos ravishda talaffuz etilishi kerak. Masalan, tez sur'atli yugurishdan oldin buyruqni baland ovoz bilan va qisqaroq berish zamr bo'lsa, barcha talabalar buyruqni birdaniga bajara olmaydigan sekin sur'atli harakatlarni boshlash uchun esa buyruqni baland ovoz bilan va biroz cho'zib aytish zarur. Shuni esda tutish kerakki, buyruq baland ohangda berilishi shart. Tovush kuchini ham to'g'ri o'zgartirib turish lozim. Buyruq zaruratga mos ravishda baland yoki past berilishi mumkin. O'rinsiz past va shuningdek, juda baland ovoz orqali buyruqlar qo'llanilmasligi darkor. O'qituvchi tik holatda buyruq berishi kerak. 9 - 36! 129
133 Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning ayrim tana qismlariga ta'sir ko'rsatishiga qarab bo'linadi: 1. Qo'lmushaklari va yelka kamari uchun mashqlar. Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar. Oyoq mushaklari uchun mashqlar. Butun tana mushaklari uchun mashqlar. 2> Yüklə 1,44 Mb. Dostları ilə paylaş: |