O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Tirmashib chiqish mashqlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə52/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

10.1.3. Tirmashib chiqish mashqlari
Tirmashib chiqish mashqlari chaqqonlik va epchillikni, o'z kuchiga ishonchni oshirib, muvofiqlashtirish qobiliyatini takomil- lashtiradi. Tirmashib chiqish, aralash osilishda va faqat qo'llarda osilish holatlarida bajariladi, qo'llarda osilib chiqayotganda ehtiyot bo'lish zarur, chunki unda asosiy og'irlik qo'l va yelka bo'g'imi mushaklariga tushadi. Shuni hisobga olgan holda mashg'ulotlarda faqat qo'llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda tirmashib chiqish mashqlari bilan galma-gal bajarish kerak.



128-rasm.



129-rasm.




biroq unda qo'l va yelka kamariga kuch ortiqroq tushadi. Yetarli
darajada jismoniy kuchga ega bo'lgan talabalar, tirmashib chiqishning
bu usulini biroz shug'ullanganlarida o'zlashtirib oladilar.

Bu ikki asosiy usuldan tashqari, oyoqlar bilan devorga tayanib
arqonga tirmashib chiqishni, ikki arqonga qo'llar bilan bir arqonda,
oyoqlar bilan ikkinchi arqonga tirmashib chiqish yoki bir qo'l
bilan bir arqonni, ikkinchisi bilan ikkinchi arqonni ushlab, oyoqlar
bilan esa bir arqonni yoki ikki arqonni birdaniga ushlab tirmashib
chiqishni qo'llash mumkin.

Oddiy osilib tirmashib chiqish.
Bu mashq gimnastika devoriga
qarab turib, qiyalab qo'yilgan narvonda, arqon yoki langarcho'pda
qo'llarni navbatma-navbat yoki baravariga almashtirib ushlab baja-
riladi.

To'xtab-to'xtab tirmashib chiqish.To'xtash — bu tirmashib
chiqish jihozidagi (asosan, tik joylashgan) shunday holatki, bunda
shug'ullanuvchi ma'lum balandlikda bir qo'lini yoki ikki qo'lini
qo'yib yubora oladi. Langarcho'p, narvon va arqonda to'xtash mum-
kin. Osilgan arqonda eng muvofiq to'xtash chirmashib olishdir.

Tik turganda chirmashish (130-rasm). Dastlabki holat: to'g'ri
qo'llarda osilib, arqon o'ng tomonda bo'ladi. Oyoqni oldindan

orqaga qarab doirasimon harakat qildirib (arqon
tomondan), arqon o'ng oyoqqa o'rab olinadi va

chap oyoq taqimi bilan pastdan arqonni ilib olib,
oyoqlar juftlashtiriladi va arqon o'ng oyoqda
mahkam qisib olinadi. Keyin arqonni chap qo'l
ostiga o'tkazib, qo'llar yonga ko'tariladi. Shuning
o'zini boshqa tomonga bajarish mumkin.

Sondan sirtmoq solish(131—132-rasm). Dast-
labki holat: to'g'ri qo'llarga osilib, arqon oyoqlar
orasida, oyoqlarni oldinga ko'tarib va ular orasida
arqonni qisib olib bir qo'lda osilgancha, ikkin-
chisi iyak balandligiga yetganda birlashtiriladi.
Shundan keyin, bir qo'l bilan arqonni past-
roqdan ushlab olib, uni yuqoriga ko'tarib qo'l

bo'shatiladi. Shunday sirtmoq solishni arqonni ikki oyoq tagidan
o'tkazib bajarsa ham bo'ladi (133-rasm).

Sakkiz raqami shaklida arqonni о'rash. Dastlabki holat va
o'rashning boshlanishi sondan sirtmoq solish kabi bo'ladi, lekin
sonni o'rab olgan arqonning bo'sh uchi oyoqlar orasidan pastga
tushiriladi. Keyin qo'llar holatini almashtirib, arqon yana




130-rasm.

131-rasm.

132-rasm.

133-rasm.

ko'tariladi, lekin endi boshqa tomondan va yana oyoqlar orasidan tushiriladi. Natijada ikki oyoqda ham sirtmoq hosil bo'ladi. Bir qo'lni qo'yib yuborish mumkin.
Guruh bo'lib tirmashib chiqish.
Guruh bo'lib tirmashib chi­qish — bu tirmashib chiqishning eng murakkab turi bo'lib, yaxshi jismoniy tayyorgarlikni va ishonarli mustahkam jihozlarni talab qiladi.U osilgan va qiya gimnastika narvonida, arqonda va langar­cho'pda oshib o'tishlar bilan qo'shib bajariladi.
Narvonda va arqonda sherigini opichib (134-rasm) yoki yelka- ga o'tqazib (135-rasm) tirmashib chiqishni o'tkazish mumkin. Arqonga tirmashib chiqayotganda sherigi yelkaga o'tirib olib, oyoq uchlari bilan orqadan qisib ushlab olishi va sherigiga (u uch harakat usulida tirmashadi) qo'llari bilan tortilib yordam ko'rsatishi kerak (136-rasm).

134-rasm.

136-rasm.


Oshib o'tish. Oshib o'tish osilgan holatda, masalan, arqondan arqonga, narvondan narvonga, tayanish holatidan va osilgan holatdan tayangan holatga va teskari bajariladi. Masalan, qiya yoki gorizontal narvonda yuqori qismidan pastki qismiga va teskari: oyoqlar bilan oldinga, bosh bilan oldinga, to'ntarilib tayanish holatiga, kuch bilan ko'tarilib, tayanish holatidan oldinga tushib va h.k. oshib o'tiladi.


Mashqlarning shu guruhiga balandligi 1,5—3 m keladigan devorga tirmashib chiqish va uning ustidan oshib o'tishlar ham kiradi. Bu mashqlar, odatda, ochiq joyda o'tkaziladi. Gimnastika zalida devordan oshib o'tish uchun tayyorgarlik mashqi sifatida qo'shpoya, yakka xoda yoki baland qilib o'rnatilgan sakrash buyumlaridan foydalanish mumkin.
O'rgatish usullari
Tirmashib chiqishga o'rgatishda turli usullar qo'llaniladi:

          1. Yaxlit o'rgatish usuli — oson mashqlarni o'rgatishda (gimnastika o'rindig'i va devorida aralash tayanish va osilish holatida tirmashib chiqishlami o'rgatishda) qo'llaniladi.

          2. Qismlarga ajratib o'rgatish usuli uch harakat usulida tirmashib chiqishni o'rgatishda qo'llaniladi. Arqonda tirmashib chiqish usul- larini o'zlashtirishni osonlashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:

  • arqonga to'g'ri qo'llarda osilgan holatdan chayqalish (oyoqlar bilan depsinib yoki yugurib kelib osilib olinadi);

  • o'rindiqda o'tirib, oyoqlar bilan ushlashni o'rganish;

  • to'g'ri qo'llarda osilgan holatda, arqonni oyoqlar bilan ushlab olish;

  • oyoqlarni kerib o'tirib, osilgan holatdan tortilib va tovonlar bilan polga tayanib, qo'llarni bukib, yotib tayanishga o'tish.

Shu mashqlar o'zlashtirilgandan keyingina uch harakat usulida tirmashib chiqish oson bo'ladi.
Yordamchi mashqlar usuli — tirmashib chiqish usullarini awal oson sharoitda, keyin murakkab sharoitda o'iganishdan iborat. Misol: oyoqlar bilan gimnastika devoriga tayanib, arqonga tirmashib chiqish yoki oyoqlar bilan tayanish uchun tugunlari bor arqonga tirmashib chiqish, keyin esa odatdagi sharoitda tirmashib chiqish.
Algoritmik topshiriqlar berish usuli (IV bobga qaralsin). Oddiy osilishda tirmashib chiqishning nafas olish oiganlariga katta yuklama berishini hisobga olib, ayniqsa, bolalar mashg'ulotlarida, bu

160

mashqlarga o'ta ehtiyotlik bilan o'tish zarur, aralash osilish va tayanishlarda tirmashib chiqish usullaridan keng foydalanish kerak, chunki ularni o'tganda fiziologik yuklamani boshqarish ancha oson bo'ladi. Bu mashqlar juda qiziqarli. Ularni o'yin va musobaqa shaklida o'tish tavsiya etiladi, bu esa talabalarning qiziqishini yanada orttiradi.
Odatda, tirmashib chiqish mashqlari gimnastika darsining asosiy qismida o'tiladi. Bunda, ayniqsa, tirmashib chiqish mashqlari juda ham balandlikda bajarilgan vaqtda muhofaza qilish zarur.
Barcha amaliy mashqlar kabi, tirmashib chiqish mashqlari ham ko'proq ochiq joylarda o'tilgani ma'qul.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin