O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Uloqtirish va ilib olish mashqlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə53/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

10.1.4. Uloqtirish va ilib olish mashqlari
Bu guruhdagi mashqlar chaqqonlikni, tezkorlikni, egiluv- chanlik va chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi va oyoq, gavda va ayniqsa, qo'l va yelka bo'g'imi mushaklarini rivojlantiradi. Bu mashqlarni bajarganda harakat uyg'unligi takomillashadi, chunki buyumlarni muayyan masofaga va ma'lum nishonga otish uchun mushaklar yuqori darajada sezgir bo'lishi zarur. Buyumlarni uloq­tirish harakat uyg'unligi bo'yicha, ilib olishga nisbatan birmuncha oson bo'ladi, chunki ilib olish harakatida bir qancha vazifalar bir vaqtda hal qilinishi kerak. Ilib olish vaqtida uchib kelayotgan buyumning yo'nalishi, tezligi, hajmi aniqlab olinishi zarur. Shunga ko'ra, ilib olish usuli belgilanadi. Ilib olishda buyumning og'irligi ham aniqlab olinishi kerak, chunki bu bilan organizmning qan- chalik kuch ishlatishi lozimligi belgilanadi.
Pol yoki devordan qaytib sakraydigan rezina yoki futbol to'pla- rini ilib olishda shug'ullanuvchi yana uning tarangligini ham aniqlab olishi kerak, chunki uning uchish balandligi shunga bog'liq bo'ladi. Bu guruhdagi mashqlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida keng qo'llaniladi. Uloqtirish va ilib olish uchun buyum sifatida katta va kichik to'plar, to'ldirma to'plar, tayoqchalardan foydalaniladi.
Uloqtirish va ilib olishning asosiy mashqlari: uzoqlikka uloqtirish, nishonga uloqtirish, yuqoriga otish va ilib olish, oshirib uloqtirish.
Uzoqqa uloqtirish.
Bu guruhdagi mashqlar yengil atletika mash­g'ulotlarida qo'llaniladi. Gimnastika darslarida bu mashqlar maxsus o'rganilmaydi va kam qo'llaniladi.
Nishonga uloqtirish. Zalda uloqtiriladigan buyumlar sifatida kich- kina va katta to'plar hamda nishon sifatida fanerdan yasalgan moslamalar yoki devorga chizilgan doiralar, gimnastika halqalari

11-361

161



oldinga otish; o'tirish holatidan orqaga dumalab, to'pni oyoqlar bilan orqaga otish (139-rasm) (oyoqlarni bukib bajarish mum­

kin); shuning o'zini yotib, gavdani


\


tez to'g'rilab va gavdani ko'tarib, to'pni oyoqlar bilan oldinga- yuqoriga uloqtirish.

139-rasm.

O'rgatish usuli. Uloqtirish va ilib olish mashqlarini o'rgatishda yaxlit o'rgatish usuli va yordamchi mashqlar usuli qo'llaniladi. O'quvchilarni o'ng qo'l bilan ham, chap qo'l bilan ham bir xilda uloqtirishga o'rgatish lozim.
Ilib olish ancha murakkab harakat bo'lgani uchun, eng awalo, to'pni to'g'ri ilib olish texnikasini o'zlashtirish kerak.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari quyidagi usullar orqali murakkablashtiriladi:

    1. uloqtiriladigan buyumlarning hajmi va og'irligini o'zgar- tirish;

    2. bir vaqtda uloqtiriladigan buyumlarning sonini oshirish;

    3. uloqtirish masofasini uzaytirish;

    4. uloqtirish va ilib olishni qo'l, oyoq, gavdaning qo'shimcha harakatlari (muvozanat saqlash, emaklab o'tish, yugurish) bilan birga bajarish;

    5. dastlabki holatlarni o'zgartirish (o'tirib, yotib, tizzada turib);

    6. uloqtirish va ilib olishni qo'l, oyoq va gavdaning qo'shimcha harakatlari (o'tirish, qarsak chalish, burilish, sakrash va engashish) bilan birga bajarish;

    7. uloqtirish va ilib olishni bir qo'l bilan bajarish.

Yukni ko'tarish va ko'tarib yurish mashqlari kuchni, chidam- lilikni, chaqqonlikni va egiluvchanlik — jismoniy sifatlarni tar- biyalash va rivojlantirish, shuningdek, mashqlarni bajarish jarayo- nida kuchni tejashga yordam beradi. Ushbu mashqlar nafas olishga, yurak-qon tomiri, qon aylanish tarmoqlari organlariga ijobiy ta'sir etadi, shuning uchun ham bolalar o'quv guruhlari mashg'ulotlarida ulardan juda ehtiyotlik bilan foydalanishi darkor.
Yukni ko'tarish, ko'tarib yurish mashqlari estafeta va to'siqlarni zabt etish shaklida ko'p o'tkaziladi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin