Bu ikki guruhni hisobga olish, birinchidan, gimnastika
mashqlarining tasnifini tuzishga; ikkinchidan, har bir mashqning
murakkabligini aniqlashga imkoniyat beradi. Hamma gimnastika mashqlari ikki guruhga bo'linadi. I. Statik kuch ishlatiladigan mashqlar (harakatsiz — turg'un
holatda).
fasini o'zgartirish, u yoki bu yordamchi to'siqlarni qo'llash mumkin). Turli jihozlarni ko'tarish malakasi ortib borishiga qarab, yukla- mani asta-sekin oshirib borish mumkin. Buning uchun jihozlarni ko'tarib o'tish masofasini, shu masofaning o'tish tezligi va yuklama og'irligini o'zgartirish, turli estafetalar o'tkazish va maxsus topshi- riqlar berish zarur. Yordamchi yoki tayyorlovchi mashqlar sifatida to'ldirma to'plar bilan bajariladigan mashqlarni tavsiya etish mumkin. Quyi sinflarda to'ldirma to'pni ko'tarish va ko'tarib yurish, doirada, sherengada, kolonnada turli dastlabki holatlardan, ularni o'quvchilar bir-biriga uzatish uchun foydalanishi mumkin. Ko'tariladigan buyumlarni goh o'ng, goh chap qo'ltiq (yelka)da navbatma-navbat ko'tarish, orqada ko'tarishni esa oldida ko'tarish bilan almashtirib bajarish kerak. Jihozlarni bosh ustida ko'tarib yurish qomatni shakllantirish uchun zarur vosita hisoblanadi. Jihozlarni yonboshida, yelkada ko'tarish qomatdagi nuqsonlarni tuzatishning asosiy vositasi bo'lib, buni bolalik yoshida amalga oshirish juda muhimdir. 10.1.6. Emaklab o'tish mashqlari Bu mashqlarning mazmuni — aralash tayanish holatida siljish- dan iborat. Emaklab o'tish mashqlari odamning harakat apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish tizimlariga katta touch beradi. Shuning uchun ular tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik jismoniy sifatlarini tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Emaklab o'tish mashqlari akrobatika yo'lakchasida yoki erkin mashqlar gilamida o'rgatiladi va o'tiladi. O'zlashtirilgan mashqlarni boshqa mashqlar, masalan, sakrash, oshib o'tish va h.k.lar bilan birga qo'shib, to'siqlardan oshib o'tish shaklida o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Asosiy mashqlar:
To'rt oyoqlab emaklab o'tish.
Yarimcho'kkalab emaklab o'tish (153-яrasm).
153-rasm. 166
II. Siltanish mashqlari (harakatda bajariladigan mashqlar).
Statik kuch ishlatiladigan mashqlar, o'z navbatid^, ikki guruhga
bo'linadi: 1.Xususiy statik mashqlar— bu gimnastning jihozda mashq
bajarayotgan vaqtidagi (osilish va tayanishda) tinch turib qolish
holatidir. Bu guruhchadagi mashqlarga osilish, tayanish, ko'p-
kurashning hamma jihozlarida burchak yasab tayanish; yakka-
cho'pda, qo'shpoyada, halqalarda burchak yasab osilish; yakka-
cho'pda va halqada orqaga gorizontal osilish kiradi. Bu mashqlarning murakkablik darajasi yuqori. Masalan, osilish
mashqlarini bajaruvchi shug'ullanishni endigina boshlagan va hatto,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ham bajarishi mumkin, ammo
orqada gorizontal osilishni esa malakali gimnastgina bajara oladi. Bu mashqlarning murakkabligi ikki omilga binoan aniqlanadi:
mushaklarning ishga solish darajasi;
turli holatda muvozanat ushlab turishning qiyinligi.
Mushaklarni kerakligicha ishlatish darajasi, yelka o'qiga tushadigan og'irlikka nisbatan kuch vaqti mexanik tushunchasi
bilan chambarchas bog'liqdir. Bu munosabat shunday ifodalanadiki,
agar bir xil vazndagi ikki gimnast bir xil mashq bajarsa, unda
mashqni bajarish baland gimnast uchun qiyinroq bo'ladi. Muvozanatni saqlay olish qiyinligi turg'un va noturg'un muvo-
zanat mexanik tushunchasi bilan bog'liq. Bu yerda biz faqat hamma
tayanishlar noturg'un holatlardan iborat va shu sababli, ularni
saqlab turish uchun mushaklarga qo'shimcha kuch ishlatishni talab
qiladi.