O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


G‘arb uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə23/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146
Укув кулланма 2022

G‘arb uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.


G’arbda hamma fanlarning toji deb - teologiya (din aqidalari) hisoblanar edi. Shuning
uchun ham, o‘rta asrlarda beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi. Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya’ni 1 cherkovga qarashli), monastir maktabi va bosh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang‘ich diniy maktablar bo‘lib, unda o‘g‘il bolalar o‘qir edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o‘qish va yozishni o‘rganadilar. Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani sababli shu nom bilan yuritiladi. “Monastir” maktablarida o‘qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Monastir maktablarining quyida prixod maktabida o‘qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida aytilgan “7 ta erkin san’at”, ya’ni grammatika, ritorika, dialektika, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
Bosh cherkov yoki yepiskop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din ishlari boshqarmasi joylashgan bo‘lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy yepiskop turar edi. Shuning uchun bu maktablarning bosh cherkov yoki yepiskop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham faqat o‘g‘il bolalar o‘qir edilar. Bosh cherkov maktablarida odatda yuqorida ko‘rsatilgan 7 ta fanning hammasi o‘qitilib, bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan - teologiya (din aqidalari) ham o‘qitilar edi.
Bu maktablarda qattiq intizom o‘rnatilar edi. o‘quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda o‘quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish kabilar).
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning xotin- qizlari yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda tabaqasiga mansub oilalarda tug‘ilgan qiz bolalar odatda xotin - qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birikitilgan ruhoniylar qo‘l ostidagi uylarda tarbiya olardilar.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib to‘la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni ritsarlarga oid fazilatdan tashkil topdi. Bular quyidagilardan iborat: ot minib yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o‘ynashni bilish, she’r to‘qish va qo‘shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o‘rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog‘i zarur bo‘lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir; ritsar otliq askar, qilich va nayza esa o‘sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilishi jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o‘stirish uchun talab qilinardi.
G‘arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o‘sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O‘sha vaqtda ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu sababli sexda birlashgan hunarmandlar va gildiyalarda birlashgan savdo ishlab turgan
cherkovga qarashli diniy maktablar, sex maktablari va gildiya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi xarajatidagi maktablarga aylandi. Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari tegishli sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to‘lab o‘qilar edi.
Cherkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo‘lgan xat savod va hisob malakalarini egallashga ko‘proq etibor berilardi. Ba’zi maktablarda esa grammatika, ritorika va geometriya o‘qitilar edi. Gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi - G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi.
Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil kilindi. XIV - XV asrlarga kelib, universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. O‘rta asr universitetlari odatda to‘rtta fakul’tetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti, yuridik, meditsina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakulteti talabalari yukorida aytilgan triviumga, kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o‘qish muddati 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi.
Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592-yil mart oyida Chexoslovakiyaning Ugorskiy Brod degan joyida tegirmonchi oilasida tug‘iladi. Uning oilasi ruhoniy “Chex qardoshlari” jamoasiga tegishli bo‘lib, o‘zlarini Yan Tusning davomchisi deb hisoblar edilar. Yan Tus katolik cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulxanda yoqib o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni maqsad qilib oladi.
Masalan: 1631-yil “Tillar va xamma fanlarning ochiq eshigi”, 1632-yilda “Buyuk didaktika”, 1632-yilda maktabgacha tarbiya masalalariga bag‘ishlab, “Ona maktabi”, 1648-yilda “Xislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari” nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya darsligida u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi.
Komenskiy shuningdek o‘zini pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchasini ilgari suradi. Masalan: Bog‘bon daraxtlarini parvarish qiladi, uning o‘sish xususiyatlarini hisobga oladi. O‘qituvchi ham bolani tarbiyalash bilan undagi xususiyatni hisobga oladi. Bog‘bon o‘sish qonuniyatini hisobga olsa, o‘qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo‘ysunadi, o‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab sekinlik bilan amalga oshadi deydi.
Komenskiy bolani yosh xususiyatlarini tabiiylik prinsipiga amal qilib davrlarga bo‘ladi.

  1. Tug‘ilgandan 6 yoshgacha. Ona maktabi - bunda bolani mehnatga o‘rgatish, o‘z- o‘ziga xizmat qilishiga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy - tarbiyaning asoslarini

to‘g‘rilik, xaqqoniylik, mehnatni sevish va hokazolarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.

  1. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o‘quvchi eslashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozishi, boshlang‘ich maktab ko‘nikmasini hosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiat, fanlarini o‘rganishi kerak bo‘ladi.

  2. 12-18 yoshgacha gimnaziya. Bunda bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirish kerak, klassik tillar, tibbiyot bilimlari, axloq, xudogo‘ylik fanlari o‘qitilishi kerak.

  3. 18-24 yoshgacha universitet, Akademiya. Bu o‘quv yurtlari o‘quvchining irodasi, kishi shaxsini bir butun o‘stirishi kerak. Shunday qilib yuqoridagi biz ko‘rib o‘tgan to‘rt maktab Komenskiyning qarashicha o‘quvchilarni o‘ylashga mehnat qilishga, masalalarni mustaqil yecha bilishga, so‘zlashga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o‘rgatishi kerak deydi.

Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida maktabda o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyilga amal qilishni tavsiya etadi.

  1. Onglilik va faollik tamoyil

  2. Ko‘rsatmalilik tamoyili;

  3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;

  4. Mashq qilish, bilim va malakalarini puxta egallash tamoyillari.

Komenskiyning yana katta xizmatlaridan biri sinf dars tizimini ishlab chiqqanligidir. U sinf darsligini ishlab chiqib, o‘qituvchi butun sinf bilan jamoa bo‘lib ish olib borishini, ya`ni sinf dars tizimida o‘qitishni tavsiya etadi. Dars vaqtida o‘tgan darsni qaytarish yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko‘rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. o‘qituvchi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida faol qatnashishlarini taminlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini aytadi.
U axloqiy tarbiya vazifalariga kamtarlik, pokizalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmat qilishni, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni kiritadi. U axloqiy tarbiya vositalariga: ota - ona, o‘qituvchi namunasi, o‘rtoqlarini namunasi, bolalarga yo‘l yo‘riq ko‘rsatish, ular bilan suhbatlar o‘tkazish, bolalarni yaxshi xulqqa o‘rgatishda mashqlar o‘tgazish, yalqovlik, intizomsizlikka qarshi kuzatishni kiritadi.
Uning darsliklari ko‘p tillar, jumladan rus tiliga tarjima etiladi. Komenskiyning yozgan asarlari 150 yildan ortiq bashlang‘ich talim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Uning pedagogaka sohasida yaratgan darsliklari hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda.
A.S.Makarenko rus pedagogikasida ta’lim-tarbiya izchilligini bayon qilib, bolalarda mustaqil fikrlashni hosil qilishga muhim ahamiyat berar edi. U mustaqil fikrlashni tarbiyalash ishidagi muhim qonuniyatni aniqladi: Kishi qancha yosh bo‘lsa, unda mustaqil fikrlash shunchalik tez o‘rnashib qoladi va shunchalik tez barham topadi, mustaqil fikrlash qanchalik eskirsa, ularni yo‘qotish shunchalik qiyin bo‘ladi.
Makarenko bolalarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashga doir bir qator maslahatlarni ilgari surdi. U shunday degan edi. Mustaqil fikrlanshni biror bir harakatni takrorlash bilan mustahkam o‘rnashib qoladi; mustaqil fikrlashning mustahkam o‘rnashib qolishida shoshish kerak emas, bir yo‘la bir necha fikrlarni mustahkamlash - bir malakani ikkinchisi bilan yo‘qotishdir; egallangan qimmatli fikrlashdan tez-tez foydalanish kerak. Makarenko tarbiyada hech bir narsa kattalar namunasidek kuchli ta’sir etmasligini, bunda tarbiyachilarning tez-tez almashinib turishi zararligini isbotlab berdi.
Mashxur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, “rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi” Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824-yilning 19- fevralida Tula shahrida tug‘ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So‘ngra Novgorod- Seversk gimnaziyasiga o‘qishga kirib, uni 1840-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O‘sha yili Moskva dorilfununining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi va o‘sha davrning mashxur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida talim oldi.
K.D.Ushinskiy-pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijtimoiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi. 1848-yilda uning birinchi ilmiy ishi-“Kameral fanlarni o‘qitish haqida” degan asari nashr kilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o‘kuv yurtlaridagi mavjud o‘qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O‘qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o‘rtaga qo‘yib, ularni qanday hal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Ushinskiy 1857-yildan boshlab “Tarbiya jurnali” (“Jurnal dlya vospitaniya”) da, so‘ngra “Xalq maorifi jurnali”da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860- yilda u “Xalq maorifi jurnali”ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861-yilda o‘zining “Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”) nomli o‘qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayoq ikki marta chop etildi.
Ushinskiyning pedagogik faoliyatiga soya soluvchi (1862-yil) imzosiz xat uni o‘z ishini to‘xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go‘yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi deb, ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o‘z vatanidan ketishga majbur bo‘ldi. U xorijiy mamlakatlarda yurgan davrida o‘zining butun kuch-g‘ayratini ta’lim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop ettirishga yo‘naltirdi. Natijada, 1861- yilda uning I va II o‘quv yillari uchun “Ona tili” darsligi nashr etildi va unga “Muallimlar uchun qo‘llanma” degan uslubiy asari e’lon qilindi. 1870-yilda esa III o‘quv yili uchun xam “Ona tili” darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan “Kishi - tarbiya asoschisi sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”) nomli asari ayrim jildlarga bo‘linib nashr qilina boshlandi. 1867-yilda bu asarning 1-jildi, 1869-yilda 2-jildi bosilib chiqdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, K. D. Ushinskiy o‘qituvchining mehnati va uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta’sirini yuqori baholadi. Ushinskiy Rossiyada o‘qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi bor ishlab chiqdi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin