O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə2/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Укув кулланма 2022

MUNDARIJA


I. KIRISH……………………………………………………………………….

  1. MASHG’ULOT MATERIALLARI……………………………………......

  1. mavzu: Pedagogika fani predmeti va ilmiy tadqiqod metodlari…………………...

  2. mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari……………………….........

  3. mavzu: Antik davrdan VII asrgacha va Sharq uyg’onish davrida tarbiya, ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyoti…………………………………………………………..

  4. mavzu: XIV asrdan XX asrning 90 yillarigacha bo’lgan davrda maktab, pedagogik fikrlar rivoji va ta’lim tizimi…………………………………………………..

  5. mavzu: Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda va O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi………………………………………………………………………………………

  6. mavzu :Tarbiya jarayoni mohiyati va prinsiplari………………………………….

  7. mavzu: Tarbiya metodlari va vositalari……………………………………………

  8. mavzu: Tarbiya turlari va vazifalari……………………………………………….

  9. mavzu: O’quvchilar jamoasi – pedagogik jarayonning asosiy shakli……………..

  10. mavzu: Oila - shaxs tarbiyasining sub’ekti sifatida………………………………

  11. mavzu: Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida……………………………………

  12. mavzu: Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari………………………………..

  13. mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari…………………………………………...

  14. mavzu: Korreksion (maxsus) pedagogika………………………………………..

15-mavzu: Ta’lim menejmenti……………………………………………………….
16-mavzu: Pedagogik mahorat asoslari……………………………………………...

  1. MUSTAQIL TA’LIM MATERIALLARI…………………………………

IV. GLOSSARIY…………………………………………………………………
V. ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………………………………

K I R I SH


Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar eng avvalo taʼlim sohasiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu esa pedagogika fanining rivoji, taraqqiyoti uchun keng yoʼl ochib berilayotganligidan dalolatdir. Zamonaviy oʼzbek pedagogikasi milliy ruhiyat va an’analar bilan dunyo tarbiyashunosligining yutuqlarini mohirona uygʼunlashtirgan holda olib borilmoqda. Globallashuv jarayonlarida pedagogikaning oʼrni qanday boʼladi? Bu savol bugungi kun pedagog olimlarining kun tartibidagi vazifasi hisoblanadi. Bugungi kun oʼzbek pedagogikasida har tomonlama yetuk, barkamol avlodni shakllantirish masalasi bosh vazifa sifatida belgilab olingan. Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Bu taʼrif uning eng dastlabkisi boʼlsa, bugungi kunda uning maʼno –mazmuni ham oʼziga xos ravishda takomillashib bormoqda. Pedagogika – grekcha so‘z bo‘lib "peydogogos" – bola yetaklovchi manosini anglatadi. Insonlarning marifiy va manaviy barkamollikka munosabatlarini o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri hayotga boshlash sanati) fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no talim, rivojlanish, malumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishni o‘zida mujassamlashtiradi.


Tarbiya haqidagi g‘oyalar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida asoslab berilgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida taraqqiy etib bordi.
Maʼrifatparvar bobokalonlarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida etibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogahiylar inson tarbiyasiga oid salmoqli asarlar yaratib keldilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston taʼlimi tarixida tom maʼnoda inqilobni boshlab bergan jadid maʼrifatparvarlari Mahmudxoʼja Behbudiy, Аbdulqodir Shakuriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon singari ulug‘ olimlar milliy pedagogikani zamon talablari bilan boyitib yangi choʼqqiga koʼtaraoldilar.
Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilar oldiga qo‘yiladigan yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi, zamonaviy pedagogika fanining mohiyatini tashkil etadi. Bugungi kun talabi milliy maktab modelini yaratish, milliy talim tizimi mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari asosida tashkil etish vazifasi ham kun tartibidan oʼrin olgan.
O‘zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan pedagogika fani o‘qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida o‘rin tutadi va ixtisosga yo‘naltiruvchi fan hisoblanadi.
Mazkur o‘quv fani o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odat va ananalari, xalq pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo‘lajak o‘qituvchini zamonaviy sharoitda
yosh avlodni tarbiyalash, shaxsini kamol toptirish, etiqod va maslaklarini shakllantirish, manaviy- axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.
Shu maʼnoda pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari: Pedagogika fanining nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga O‘rta Osiyo va jahon marifatparvar, mutafakkir olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o‘qitishning qoida va umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogikaning milliy asoslari: Pedagogikaning milliy asosi talim masalalarini har bir millatning milliy me’rosi bilan umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlarni bog‘lagan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o‘ziga xos me’ros va qadriyatlariga suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarining milliy asosda yosh avlodga yetkazish mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi pedagogika fani xaqli ravishda tabiatni oliy mahsuli - insonning manaviy-marifiy shakllanishi, uning shaxs sifatida rivojlanishi va mustaqil fikr yurituvchi komil inson bo‘lib yetishishi yo‘lidagi qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fan sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topishi lozim.
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalari asosida taraqqiy etadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, inson ongi taraqqiy etmay turib ijtimoiy hayotning hech bir sohasiga oʼzgarish kiritib boʼlmaydi. Pedagogika fani ham jamiyat va insonlar tafakkuridagi oʼzgarishlar bilan xamohang ravishda takomillashib boradi. Bu jarayon oʼz-oʼzidan insonni yangicha, mustaqil fikrlashga undaydi. Bugungi kun mutaxassisi o‘zligini anglashi, manaviy-intellektual yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun pedagogika asoslaridan yetarli xabardor bo‘lishi shart.

  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin