O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


MAVZU: PEDAGOGIKA FANI VA ILMIY TADQIQOD METODLARI



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Укув кулланма 2022

MAVZU: PEDAGOGIKA FANI VA ILMIY TADQIQOD METODLARI.




Reja:


    1. Pedagogika – ijtimoiy fan sifatida.

    2. Pedagogikaning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari.

    3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

    4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Tayanch iboralar!


Pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, ijtimoiy tarbiya, bilim, ko‘nikma, malaka. Ma’lumot, rivojlanish, shakllanish, shaxs, tarbiya, ta’lim, ilmiy tadqiqot metodlari, suhbat, kuzatish, eksperimet-tajriba, anketa-so‘rovnoma, test, matematika- kibernetika



  1. Pedagogika – ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida o’qitish va tarbiyalashning mohiyatini tushunish, qonuniyatlarini ochib berish va shu orqali inson va jamiyat manfaatlari uchun ta’lim –tarbiya jarayonlariga chuqur ta’sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta’lim sohasidagi bilmlarni, pedagogik faoliyatga aloqador tamoyillarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogic faoliyatga tayyorlaydi.

Pedagogika (yunoncha “peydo” - bola, “goges” yetaklayman) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Shu o’rinda, A.Avloniy ham mazkur tushunchaga “Bola tarbiyasining fani”, ya’ni “Pedagogiya” deya ta’rif beradi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya g‘oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo‘lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo‘lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (o‘simlik mevalari, ildizlarini terish,
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokrit, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar yetakchi o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalar ilgari surildi.
Sobiq Sho‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida “Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish”
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganadi.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin