O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Pedagogik kuzatish metodi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə6/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Укув кулланма 2022

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qoʼllash jarayonida, taʼlim muassasalarining oʼquv-tarbiya ishlari jarayonini oʼrganish asosida tadqiq etilayotgan muammoli holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qoʼlga kiritilgan koʼrsatkichlar oʼrtasidagi farq toʼgʼrisidagi maʼlumotga ega boʼlinadi. Pedagogik kuzatish murakkab va oʼziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qoʼlga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish taʼlim-tarbiya sifatini oshirish, oʼquvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yoʼl qoʼymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yoʼlga qoʼyish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab oʼrganish;

  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega boʼlingan maʼlumotlarni boyitish, mavjud holatga toʼgʼri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subʼektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda oʼtkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari toʼla-toʼkis namoyon bo`lishiga erishish muhimdir. Uning samarali boʼlishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq.Maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;

    1. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

    2. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;

    3. suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;

    4. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;

    5. suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

    6. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

    7. olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.

Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:

  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

  2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy»,

«qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

  1. anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; ari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin