O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə47/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya vositalari. Tarbiya vositalari tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moddiy, ma’naviy, madaniy obyekt va predmetlar majmuidir.

Umumiy holda tarbiya vositalari deganda, oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari, milliy va tarixiy qahramonlar, adabiyot va san’at, zamonaviy qahramonlar, xarizmatik liderlar va boshqalar nazarda tutiladi. Shuningdek nomoddiy va moddiy predmetlar hamda obyektlar ham tarbiya vositalaridir.
Tarbiya metodlarini bilish, to‘g‘ri tanlash va qo‘llash pedagogik mahoratni egallaganligi ko‘rsatkichidir. Xususan, tarbiya metodlari bir nechta asosda tanlanadi:

    • Tarbiya maqsadi va vazifalariga qarab;

    • Tarbiya mazmuniga qarab;

    • Tarbiya vositalariga qarab;

    • Tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga qarab;

    • Tarbiya vaqtiga qarab;

Shuningdek, yuqorida ta’kidlanganidek, tarbiya metodlarini tanlash tarbiyachining salohiyati va tajribasiga ham bog‘liq.

  1. Tarbiyaviy ishlar va tadbirlarning mazmuni. Shaxs sogʼlom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda oʼqishga intilish hissini takomillashtirish bilan cheklanib boʼlmaydi. Ular ongida kasb - hunar va mehnat koʼnikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan oʼz vatani va xalqiga nisbatan

sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda boʼlish tuygʼusini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim.
Darsdan tashqari taʼlimni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmogʼini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh, qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot texnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz taʼlim muassasalaridan tashqari taʼlimni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yoʼnalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Shuning bilan birga bu, bir joyda toʼxtab turuvchi jarayon emas. Ushbu «Talablar» barcha oʼquv maskanlaridan tashqari taʼlim muassasalari oʼquv - tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qoʼllanmalar, oʼquv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat boʼlib hizmat qiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin