O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə48/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
Укув кулланма 2022

To’garaklar. Taʼlim muassasalarining toʼgarak qatnashchilari ongida yuksak maʼnaviy a hloqiy fazilatlar mujassamlashgan boʼlishi kerak. Taʼlim muassasalari toʼgarak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning eng soʼnggi yutuqlaridan habardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim oʼrin tutadi. Toʼgarak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan boʼlishi, ular Davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. Oʼquvchilar qaysi toʼgarakka qatnashishidan qatʼiy nazar shu kasb yoki hunar toʼgʼrisida boshlangʼich koʼnikmalarga ega boʼlishi lozim.
Toʼgarak qatnashchilarining qiziqishiga, hohishiga asoslangan holda quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha talablar qoʼyilishi kerak:

  1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.

  2. Estetik taʼlim.

  1. Ekologik taʼlim yoʼnalishi boʼyicha.

  2. Oʼquvchilarni maʼnaviy, axloqiy yoʼnalish boʼyicha.

  3. Huquqiy taʼlim yoʼnalishi boʼyicha.

  4. Texnik ijodkorlik yoʼnalishi boʼyicha.

  5. Iqtidorli va isteʼdodli yoshlar.

  6. Iqtisodiy taʼlim.

Toʼgarak aʼzolari ushbu dasta, toʼgarak va klublarda sanʼatni sevishga, ardoqlashga, sanʼat orqali goʼzallikni kura bilishga, shu goʼzallik orqali uz ona yurtini ulugʼlashga, undagi goʼzallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.
Estetik yoʼnalish boʼyicha tahsil olgan toʼgarak aʼzolari quyidagilarni bilishi

lozim:

- raqs sanʼatining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;


-kuy tinglash, uning mohiyatini tushunib paqs harakatlari orqali ifodalashni;
-turli millat va elatlar raqslari harakatlarini, uni ijro etishni;
-doiraning yaratilish tarixini, uning keksa namoyandalari ijodiy yoʼlini, doirani

ushlash qoidalarini.

Shuningdek, estetik taʼlim tasviriy va halq amaliy sanʼati yoʼnalishlaridagi toʼgaraklar mashgʼulotla­ri orqali ham oʼquvchilar qalbiga singdiriladi. Bu oʼrinda oʼquvchilar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy sanʼat», «haykaltaroshlik”,
«Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yogʼoch oʼymakorligi», «Ganch oʼymakorligi», «Yosh taʼmirlovchilar» toʼgaraklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi.
Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan toʼgaraklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, tarbiyalanuvchilarni oʼsimlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. Toʼgarak aʼzolarida oʼsimlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi toʼgʼrisida tasavvur hosil qilish, toʼgarak aʼzolari oʼquv bilim yurtilarida yer maydonlarida va tirik tabiat burchagida oʼsimlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, yaxshi hosil olish mumkinligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
Toʼgarak aʼzolariga birinchi oʼquv yili oxirida quyidagi talablar qoʼyilishi

lozim:

-jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega boʼlishi;


-jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan oʼzaro bogʼliqligini;
-yoz, kuz, qish va bahorning harakterli belgilarini;
-yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va ularning

turlarini;
-oʼsimlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urugʼlarini;
-oʼt - oʼsimliklar, daraxtlar nomini;
-meva va manzarali dara htlarni aa ularning bir biridan farqlarini
-uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va xususiyatlarini;
-tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, maʼruza qilishni bilishilari kerak.
Taʼlim muassasalaridan tashqari taʼlimning barcha yoʼnalishlari va toʼgaraklaridagi oʼquvchilarning maʼnaviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarixiy anʼanalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi.
Taʼlim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va toʼgaraklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komilinson tarbiyasi aks etishi lozim. Oʼquvchilarda Vatanga muhabbat tuygʼusini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tari hi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi oʼrni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch toʼgʼpisida maʼlumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qaygʼurish iymon-eʼtiqod ramzi ekanligi oʼqtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi:

-iqtidorli shaxslar va isteʼdodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan oʼtkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;
- yoshlar ittifoqi jamgʼarmalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
-oʼquv bilim yurtlaridan tashqari Taʼlim muassasalarida yoshlar isteʼdodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;
-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar boʼyicha olimpiadalar, tanlovlar, koʼrgazmalar, turli bayramlar, oʼquvchilar ijodkorligi kabi tadbirlarni oʼtkazish.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin