O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya turlari va mazmuni



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə51/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya turlari va mazmuni. Shaxs dunyoqarashini shakllantirishda ma’naviy- axloqiy tarbiyaning ro’li. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma’naviy- axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi.


Ahloqiy tarbiyaning asosi ahloq va ahloqiy me’yorlardir
Ahloq - (lotincha “moralis” - xulq-atvor) ijtimoiy munosabatlarni, shaxs xatti- harakatini tartibga soluvchi, jamiyat tomonidan tan olinib, rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari yig‘indisi. Axloqiy meyorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’lim-tarbiya jarayonida singdirib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong va faoliyat ko‘nikmalari, axloqiy madaniyat shakllanishida ko‘rinadi.

Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim- tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.


Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma’lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin