Shaxsda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Unda ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar namoyon bo‘ladi.
Dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’yektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim ahamiyatga ega. Shaxs dunyoqarashida ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuv va qadriyatlari, axloqiy tamoyillar aks etadi. Dunyoqarashning boyib borishi shaxsiy sifat va fazilatlarni boyitadi, barqarorlashtiradi. Ezgu g‘oyalardan tarkib topgan dunyoqarash shaxs ijobiy fazilatlarinig boyitadi.
Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash uzluksiz, izchil ravishda mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirish, hayotiy tajribani orttirish asosida shakllanadi. Shunga ko‘ra shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
Aqliy tarbiyaning shaxs ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmunida ham bilimli, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Malakali kadr bo‘lib yetishish ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir.
Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:
Dostları ilə paylaş: |