O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ta’lim funksiyalari. “Funksiya”



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə85/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146
Укув кулланма 2022

Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi:

ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.



Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.


Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.

Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutq, fikrlash, sensorli- harakatli va hissiy-irodaviy sohalarning rivojlanishi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish, birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish (analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni o‘rgatish, natijalarni tekshirish malakasini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.


Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik ob’yektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.

Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, barcha o‘quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin