O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish ularni to‘g‘ri yo‘naltirishni nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish ta’lim jarayonining
qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.
Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat, faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Dostları ilə paylaş: |